I bob. Kesim va uning ifodalanishi



Yüklə 69,91 Kb.
səhifə4/7
tarix26.11.2023
ölçüsü69,91 Kb.
#135104
1   2   3   4   5   6   7
Kesim va uning ifodalanishi-hozir.org

1.2.Kesimning ifodalanishi.
Kesimning ega bilan moslashuvi (koordinatsiya). Ikki sostavli gaplarda ega va kesim moslashadi. Bu shaxs-son affikslari fe`llari fe`lning ham grammatik jihatdan moslashadi: Qishloq xo`jaligi xodimlari paxtadan mo`l hosil olish uchun kurashmoqdalar.
Ega va kesim faqat mantiq jihatdan moslashadi: Barcha to`planadi.
Ega va kesimning shakliy jihatdan moslashuvi quyidagi xususiyatlar bilan harakatlanadi:
Gap kesimli fe`l bo`lganda:
  • Ega I va II shaxs olmoshlari bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs-sonda moslashadi: Men o`qidim. Siz o`qidingiz.


  • Ega III shaxsini ko`rsatuvchi olmosh bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs-sonda moslashadi, lekin ba`zan sonda moslashmasligi ham mumkin: Zulfiya o`qiydi. Talabalar sportla g`olib chiqdilar. O`quvchilar keldi.


2) Kesim ot kesim bo`lganda:


3) Tilimiz grammatik qurilishdagi mikrosistemalar to`g`ri anglash va baholashga erishish.
Gapda ega mutlaq xokim. U o`z sostavidagi ikkinchi darajali bo`laklarga ham, kesimga ham xokim. Kesim esa faqat o`z sostavidagi ikkinchi darajali bo`laklarga xokim.
Ega va kesimni bosh bo`laklar deb, to`ldiruvchi, aniqlovchi va xolni ikkinchi darajali bo`laklar deb ko`rsatilishi ularning biri xokim, ikkinchi tobeligidan emas, balki ularning o`ziga xos grammatik xususiyatlaridandir. Bu xususiyat gap bo`laklarining nutqidagi funksiyalari asosida kelib chiqadi.
Ikkinchi darajali bo`laklarsiz alohida, to`liq gap to`liq gap tashkil eta olmaydi, ular gapda bosh bo`laklarga bog`liq xolda qatnashadi: Nizomjon onasining gaplarini chin yurakdan eshitib utirardi (S.Ahmad).
Demak, ikkinchi darajali bo`laklar bir-birlarining ma`nosini bevosita izoxlab, to`ldirib, shular orqali gapdagi bosh bo`lak ma`nosini to`ldirishga ko`maklashadi.
Gapning ikkinchi darajali bo`laklarini ajratishda ularning ob`ektiv xoli tushunchalarni ifodalash asos qilib olinadi, bu tushunchalar turli grammatik shakllar orqali ifodalanadi. To`ldiruvchilarning ifodalanishida morfologik asos bo`lib xizmat qiluvchi so`zlar tushum, jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari shaklidagi ot va otlashgan so`zlar sanaladi: egilgan boshni qilich kesmas (maqol). Yaxshiga yondosh, yomondan qoch (maqol).
Aniqlovchilarning ifodalanishida morfologik asos bo`lib sifat, sifatdosh va boshqa so`zlar xizmat qiladi: uning ziyrak, qo`ng`ir ko`zlarida xorgilik bor edi (S.Anorboyev).
Xollar, asosan, ravish va ravishdoshlar bilan ifodalanadi: U uychan ko`zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi (S.Nazar).
Demak, bevosita bosh bo`lakka, o`rni bilan bir-birga bog`langan bo`lakni, izohlovchi, aniqlashtiruvchi sintaktik kategoriyalar ikkinchi darajali bo`laklar deb yuritiladi. Ikkinchi darajali bo`laklar to`ldiruvchi, aniqlovchi va xoldan iborat.
To`ldiruvchi va uning ifodalanishi. To`ldiruvchi gapning ikkinchi darajali bo`laklaridan bo`lib, u harakatni o`z ustiga olgan ob`ekt yoki predmetni ifodalaydi va o`z xokim komponentiga tobelanish yo`li bilan bog`lanadi.
To`ldiruvchi predmetni ifoda qilish jihatidan egaga o`xshaydi. Lekin ega xokim xolatdagi predmetni, fikr predmetni, to`ldiruvchi esa tobe xolatdagi predmetni harakat ob`ektini bildiradi. Bu xol ularning grammatik shaklida ham ko`riladi: ega bosh kelishik shaklida, to`ldiruvchi esa tushum, jo`nalish, chiqish, o`rin-payt kelishiklari keladi. O`z xokim komponentiga tobelanish yo`li bilan bog`lanib, shut obe omponent orqali anglashilgan harakat ta`siriga berilgan, shu harakatni o`z ustiga olgan, ob`ekt yoki predmet to`ldiruvchi deb aytiladi.
To`ldiruvchi ko`pincha kesimga bog`lanadi. Ba`zan ega aniqlovchi, biror boshqa to`ldiruvchiga bog`lanib kelishi ham mumkin. Bu ega, aniqlovchi,to`ldiruvchi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalanganda yuz beradi.
To`ldiruvchilar quyidagicha ifodalanadi:
Ot bilan: Toshga yomg`ir qor qilmaydi (“Sharq yulduzi”).
Olmosh bilan: Odamning odami yurt ishida, xalq ishida o`zi ko`rsatadi (“Xalq so`zi”).
Sifat bilan: Mardni mehnat yengolmas (maqol).
Son bilan: Bugungi navbatchilik ikkovimizga topshirildi (“Sharq yulduzi”).
Harakat nomi bilan: Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq (maqol).
Ravish bilan: Ko`pdan quyon qochib qutilmas (maqol).
Undov so`zlar bilan: Ana shunda men g`alaba urasini eshitdim (M.Sholoxov).
Yordamchi, tashkiliy so`zlar bilan: -Xay, mayli lekinini ham ko`rish kerak. (“Sharq yulduzi”).
Bir butun xolda qo`llanadigan konstruksiyalar bilan: O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yig`ilishiga deputatlar kelib yetdi. (“Xalq so`zi”).
Ajralmas frazeologik birikmalar bilan: Kishilar orasiga qora ip tashlashdan hazar qiling...-dedi Mirhaydar (Oybek).
To`ldiruvchilar, o`zlari bog`lanib kelayotgan gap bo`lagi bilan aloqaga kirish usuliga ko`ra, vositasiz va vositali to`ldiruvchilarga bo`linadi.
Vositasiz to`ldiruvchilar. Xokim bo`lakda ifoda qilingan harakatni bevosita o`ziga qabul qilganpredmetni bildiruvchi to`ldiruvchilar vositasiz to`ldiruvchilar deyiladi.
Vositasiz to`ldiruvchilar ob`ektli (utimli) fe`l bilan bog`lanib, tushum kelishigi shakldagi so`zlar bilan ifodalanadi va kimni? nimani? va nimani? so`roqlarga javob bo`ladi: Tog`lar shaxarni o`rab turganga o`xshaydi (Yashin).
Vositasiz to`ldiruvchi belgisiz va belgili holatda bo`ladi.
Xokim bo`lak ifodalangan harakat aniq ob`ektga emas umuman shu turdagi ob`ektlarga utish tushunchasi ifodalansa, vositasiz to`ldiruvchi belgisiz qo`llanadi:
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g`azal yozadi,
Kuychilari o`qiydi yalla,
Juvonlari aytadi alla (H.Olimjon).
Vositasiz to`ldiruvchi o`timli ish-harakat ma`nosini turli so`zlarga ergashib, ular orqali ifodalangan ma`nolarga aniqlik kiritadi va to`ldiradi.
  • Harakat yuzaga keluvchi ob`ekti ifodalaydi: Tog` bag`rini tutun qoplaydi (X.G`ulom). Xusayn Bayqaro Tepalikni uzoqdan ko`radi (Oybek).


  • Harakat ta`sirida o`z belgi-xususiyatini o`zgartirgan predmetni ko`rsatadi: Dasturxonchi qizlar dasturxonni ayvoni taomlar, shirinliklar bilan bezab tashladilar (Oybek).


  • Harakat ta`sirida o`zining makonidagi o`zgartirgan predmetni ko`rsatadi: Sufi qo`liga tushib qolgan qayroqni uloqtirib yubordi (A.Qaxxor).


  • Sub`ektning eshitish sezgisida bevosita ta`sir qilgan ob`ektni ifodalaydi: Tuya minib uzoqni ko`zla (maqol). Men bu zo`r maktabning maqtovini ko`p eshitgan edim (A.Qaxxor).


  • Sub`ektning ob`ektiv borliqqa (shaxs, predmet yoki voqea-xodisaga) munosabati ifodalaydi: Seni esga olib gullar ochildi (Zulfiya). Men bu yigitni keyinchalik tanidim (A.Qaxxor).


  • Xokim so`zdan ifodalangan xis-tuyg`u, psixologiko`zgarish (xolat)ni yugaza keltirgan shax syoki predmetni ko`rsatadi: Yosh bolaning tili har qanaqaligi ko`nglini eritadi (A.Qaxxor).


  • So`zlovchining tinglovchiga ijodiy yoki salbiy munosabatiga ifodalovchi predmet yoki shaxsni ifodalaydi: Qutbedin bola bechorani xush urishdi (A.Qaxxor).


  • Vositasiz to`ldiruvchi chekish kelishigi shaklida qo`llanadi, bunday vaqtda ish-harakatning ta`siri ob`ektga to`la ravishda o`tmasdan, uning bir qismigina o`tganligi ko`rsatadi: Sen menga osmondagi gaplardan emas, yerdagi haqiqatni gapir (P.Tursun).


Vositali to`ldiruvchi. O`zx okim bo`lagiga bog`lanib, shu bo`lak orqali ifodalangan harakatning yuzaga kelishida qurol-vosita vazifasini vositali to`ldiruvchi bajaradi.


Vositali to`ldiruvchilar vositali kelishik shaklidagi so`zlar va ko`makchili konstruksiyalar bilan ifodalanadi hamda ularning so`roqlariga javob beradi. Vositali to`ldiruvchilar o`tisiz fe`liga bog`lanib keladi. Kelishikli to`ldiruvchilar, qaysi kelishik shaklida kelishiga qarab, turli xil ma`nolarni ifodalaydi:
1) Jo`nalish kelishigi shaklidagi vositali to`ldiruvchilar quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
Suyu`ekt harakati yo`nalgan o`rin ob`ektini ko`rsatadi: Men baxorda Qattortolga borgan edim (A.Qaxxor).
Harakatni bajarilishida vosita bo`lgan predmetni ko`rsatadi: Safar bo`zchi sandal ko`rpasiga uraniboq o`tirdi (A.Qaxxor). Kelin kattakon doka ro`molga burkangan (A.Qaxxor).
Harakat vosita ta`sir qilgan predmet-ob`ektni ifodalaydi: Mahdum yostiqqa bexol suyandi (A.Qodiriy).
Harakat atalgan ob`ektni ko`rsatadi: Mirzayev shoshib qolib bir kunning o`zida Latofatga ikkita xat yozdi (A.Qaxxor).
Harakatning maqsad ob`ektini ko`rsatadi: O`rtada ikki laganda palov quyilib, Gulshan bilan yetti qiz oshga o`tirdilar (A.Qodiriy).
Tenglik evaz ma`nosidagi ob`ektni ifodalaydi. Ba`zan sut, qaymoqni donga alishar edik (A.Qaxxor).
Biror predmetga o`xshatilgan predmet-ob`ektni ifodalaydi: bu garamlar xudi cho`l o`rtasida bodrab chiqqan azamat qo`ziqoinga o`xshab ketadi (S.Ahmad).
Xolatni, psixik o`zgarishlarni yuzaga keltirilgan, ko`zlangan ob`ektni ifodalaydi: Mahdum bu xolga ortiq chidab turolmadi. (A.Qodiriy).
Sub`ekt harakati qaratilgan predmet-ob`ektni ko`rsatadi: Ra`no onasiga o`pka aralash kulib qaradi (A.Qodiriy).
So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni ko`rsatadi: Siddiqjon O`rmonjonga minnatdorchilik bildirdi (A.Qaxxor).
2. O`rin-payt kelishigidagi vositali to`ldiruvchilar quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
  • Xolat yuzaga chiqqan o`rinni-ob`ektni ko`rsatadi: Nilufarning ko`zlarida quvonch aralash bir hayrat porladi. (O.Yoqubov)


  • Harakatning bajarilish paytini bildiradi: Saida uyga kech soat o`n birlarda qaytdi (A. Qaxxor).


  • Harakatning bajarilishida vosita bo`lgan ob`ektni ko`rsatadi: Chol kechga qolgan yo`lovchilarni daryodan shu qayiqda o`tkazib quydi (G`.G`ulom)


  • Harakat va holatning yuzaga chiqishida vosita bo`lgan ob`ektni ifodalaydi:


Bobolar mehnatda xorgandir deya,


Aziz nabiralar, uylarsiz beshak (A.Oripov).
  • Harakat yoki xolatning qay jihatdan yuzaga chiqishini ifodalaydi: Mayxo`rlikka, kurashda, ot chopishda, o`q o`zishda yigitlari bilan do`st tutinishiga ulgurdi (Oybek)


  • Harakatning xolatini bildiradi: Faqat tabassumda yashardi olam... (A.Oripov)


  • Harakatning bajarilish maqsadini bildiradi: u anxor buyida jinday yozilish, yuragini qoplab olgan qora dudni jinday tarqatish umidida kelgan edi. (O.Yoqubov)


  • Chiqish kelishigi vositali to`ldiruvchilar quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:


  • Haraktaning boshlanishi, chiqish, yo`nalish o`rnini ko`rsatadi: Nilufar tez yurib mehmonxonadan chiqdi. (O.Yoqubov).


  • Harakatning chiqish ob`ektini bildiradi: Ahmadjon hozircha xat yozishdan voz kechdi (A.Qaxxor)


  • Harakatning vosita ob`ektini ifodalaydi: qo`sh tumshug`idan ilinar (Maqol)


  • Harakatning bajarilishida vosita bo`lgan shaxsni ko`rsatadi: Xikmat buva xatni nevarasidan berib yubordi (A.Qaxxor)


  • Harakatning manba-ob`ektini ko`rsatadi. Mehnatdan do`st ortar, g`iybatdan dushman (Maqol).


  • Harakatning bajarilish paytini bildiradi: Oyim bizlarning yoshlikdan ishga o`rgatganlar (M.Alaviya)


  • Harakat ob`ektning o`lchovini-miqdorini ko`rsatadi: Bir-ikki piyoladan choy ichdilar (O.Xusanov)


  • Harakatning chog`ishtirish ob`ektini ko`rsatadi: Nevara degan o`z bolangdan ham shirin bo`lar ekan (“Sharq yulduzi”).


  • Harakatning ro`y berishi uchun sababchi bo`lgan ob`ektni ko`rsatadi: Qalandarov mashq va ashuladan mazmun bo`ldi (A.Qaxxor)


  • Harakatning qay tarzda bajarilishini bildiradi: Jon-dildan ishlaymiz, chunki qalbingiz, ezgu umid bilan sevgiga to`liq (Zulfiya)


Ko`makchili to`ldiruvchilar, qaysi ko`makchi bilan kelishiga qarab, harakatning kim yoki nima haqida ekanligini, atash, maqsad, sabab, birgalik kabi ma`nolarni ifoda etadi: Sultonmurod Iskandar Zulqarnayn to`g`risida latifa suyladi (Oybek). Shuni balkim, jon uchun jon olamiz, shuni balkim, tukamiz qon uchun qon (H.Olimjon). Qobil bobo yor-do`stlari bilan kengashdi (A.Qaxxor). Anvar o`z istiqbolini yolg`iz muxabbat orqali ko`rar edi. (A.Qodiriy).


To`ldiruvchilar tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab bo`ladilar. Bir so`z bilan ifodalanib, bir sodda tushunchani anglatadigan to`ldiruvchi sodda to`ldiruvchi sanaladi% Yaxshiga yondash, yomondan qoch (maqol).
Ikki va undan ortiq so`zlarning tobelanish munosabatidan tashkil topib, bir murakkab tushuncha anglatsa, murakkab to`ldiruvchi sanaladi: mardikor olish voqeasidan xalq nafratlanadi (Oybek).
Aniqlovchi va uning ifodalanishi. Predmet belgisi, qarashligini ifoda qiluvchi gap bo`lagi aniqlovchi deyiladi. Bu o`rnida belgi tushunchasi keng ma`noda qo`llab, sifat-rang-tus, xususiyat, maza, shakl, xajm, miqdor-daraja ma`nolarini ifoda qiladi: ko`k daftar, shirin ovqat, katta bino, g`ayratli bola, ko`p gap.
Aniqlovchilar otga bog`lanadi. Aniqlovchi ot aniqlanmish sanaladi. Aniqlovchilar otga bog`lanadi. Aniqlovchi anglatgan ma`nolarga ko`ra, sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarga bo`linadi.
Sifatlovchi bog`lanib kelgan bo`lak sifatlanmish hisoblanadi.
Sifatlovchilar quyidagicha ifodalanadi:
  • Sifat bilan: Anhorning bog`dan chiqib ketadigan tomoni yam-yashil maysazor (S.Zunnunova).


  • Son bilan: erkin uchta mevali daraxt o`tkazdi (“Sharq yulduzlari”).


  • Olmosh bilan: Qancha odam kelibdi? (A.Qaxxor).


  • Ravish bilan: Qat`iyat va temirdek iroda bilan qarshi turingiz (Yashin)


  • Ot bilan: Oq oltinni oltin qo`llar yetishtiradi (“Sharq yulduzlari”).


Ishchilarning temir, po`lat qo`llari eng yuksak tog`larning bargini yoradi (H.Olimjon).


  • Sifatdosh bilan: Aytilgan gap-otilgan o`q (maqol). Porlagan yuz, yashnagan ko`z, botir qiz! (H.Olimjon). ba`zan sifatdoshlar o`ziga oid so`zlar bilan kengayib sifatdosh oborot xosil qiladilar. Bular yoyiq sifatlovchilardir: qator binolar mag`rur shaxar buyniga taqilgan marjonga uxshaydi. (R.Fayziy)


  • Oliy so`z birikmasi shakldagi konstruksiyalar bilan: bizga beshxonali uy berildi (“Sharq yulduzlari”).


Predmetning qarashligini ko`rsatib, kimning, nimaning, qaysi? Qanday? kabi so`roqlarga javob bergan aniqlovchi qaratqichli aniqlovchi deb ataladi. Qaratqich vazifasida qo`llanuvchi so`z qaratqich kelishigi shaklida, karatqich egalik shaklida bo`ladi: tog`ning havosi, Navoiyning g`azali.


Qaratqichli aniqlovchilar grammatik va semantik jihatdan belgili va belgisiz bo`lishi mumkin: Artilgan, tozalangan sari semiz otlarning badanlari yarqiraydi (Oybek). Vadamiz bir yerga qaror topdi (G`.G`ulom).
Belgisiz qaratqichli anglovchilar sifatlovchi aniqlovchilarga yaqin turadi va aniqlanmishni jins, tur, xoslik nuqtai nazaridan aniqlaydi:
Dang`illama klub va choyxona binolarini shu kezlarda alohida bezatilgan (R.Fayziy).
Qaratqich aniqlovchili birkmalarida, ba`zan qaratqich komponent qo`llamaydi. Yo`lga solar, turar qo`limdan, boshimdadir sening xayoling, yuraklardagi yonar surating, go`zalligining, guling, jamoling (H.Olimjon).
Qaratqichli aniqlovchilar quyidagi so`zlar bilan ifodalanadi:
  • Ot bilan: Yo`lchi mehmonlarning otlarini qoziqlarga temir qoziqlarga qantarib bog`ladi (Oybek).


  • Olmosh bilan: Mening kelayotganimni bir necha kishilar ko`rgan edi (G`.G`ulom)


  • Otlashgan sifat bilan: Yomonning yaxshisi bo`lguncha, yomonnig yaxshisi bo`l (maqol).


  • Otlashgan son bilan: Do`stim, uning yarim besh bo`lar (“Sharq yulduzi”).


  • Otlashgan sifat bilan: Ishlaganning yuzi yogug` bo`ladi (S.Ahmad).


Aniqlovchilar tuzilishi jihatidan sodda va murakkab bo`ladilar: Ulug` jang kunidir (G`.G`ulom). Samadiy yulduzni benarvon uradigan yigit deb maqtanadi (A.Muxtor).


Izoohlovchi. Izoxlovchi biror predmetga boshqa nom berish, uni boshqacha atash yo`li Bilan aniqlaydi. Izoxlovchi aniqlab kelgan bo`lak izohlanmish deb ataladi. Izoxlovchi va izoxlanmish bitishuv yo`li bilan aloqaga kirishib, izohlovchili birikmani hosil qiladi. Bunda har ikki bo`lak, asosan, ot bilan ifodalanadi. Izohlovchilar quyidagi ma`nolarni anglatadi:
  • Unvonni: professor A.N.Kanonov atoqli olimdir (“Sharq yulduzi”).


  • Mashg`ulot, kasb, amalni: Hovliga bosh buxgalter Sulaymon Sodiqovich kirib keldi (“Sharq yulduzi”). Yo`lchi o`z do`sti Qoratoy bilan hangomalashib o`tirar edi (Oybek).


  • Qarindoshlik va shunga uxshatilgan beligini: To`xta xola uzoqdan kelayotgan ikki kishining qorasini ko`rdi (I.Raxim).


  • Jinsi: Uzoqda qiz bolalarning ashulasi yangradi (R.Fayziy).


  • Laqabni: Ayvon pastida Soli sovuq bilan Juman pismiq qo`l qovushtirib turardi (M.Ismoiliy).


  • Taxallusni: Otaqo`zi o`g`li Rahmatilla-Uyg`un yirik o`zbek adibidir (“Sharq yulduzi”).


  • O`xshashlikni: Ozodlikka olib chiqdi yurtboshi-quyosh (“Xalq so`zi”).


So`zning ikki holatda izohlovchi bilan izohlanmish orasiga tire qo`yiladi.


  • Ba`zan izohlovchi birdan ortiq bo`ladi: Qadam tashlayotgan ogyoqlar, ozodlik qadamlari, ildamlanmoqda (“Xalq so`zi”).


Xol va uning ifodalanishi. Xoll ikkinchi darajali bo`laklarning eng muraakabidir. Xol harakat-xolatni qanday xolda, qanday vaziyatda, qayusulda, qachon, qaerda, nima uchun, nima maqsadda, qanday shart bilan bajarilishi, bajarilish miqdori, darajasi, belgilarni ko`rsatadi; sub`ekt, predtkt va ob`ekt munosabatlarini reallashtiradi, ularning ob`ektiv borliqqa munosabatini belgilaydi.


To`ldiruvchiga nisbatan xolning qo`llanish doirasi ancha keng. Har qanday yig`iq gapning xolning u yoki bu turini qo`shish bilan yoyiq gapga aylantirish mumkin. Lekin to`ldiruvchi yordamida kengaytirib bo`lmaydi. Masalan: konsenrt juda kech tamom bo`ldi (A.Qaxxor). Kengayish aniqlovchilar yordamida ham amalga oshiradi.
Xol boshqaruv yo`li bilan xokim bo`lakka ergashadi. Xolning boshqarilishi kelishikli, ko`makchili va aralash vositalar bilan amalga oshiriladi: Tol tagiga yelpinib dam oldi (Oybek). Men siz kabi bo`lishni istar edim (Ayniy).
Xol semantik-sintaktik qurilishi jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi: ravish xoli, o`rin xoli, payt xoli, sabab xoll, maqsad xol, daraja-miqdor xoli, shart va to`siqsizlik xoli. Ayrim ishlarda xolning olti turii boshqalarida o`n uch turi ajraladi.ii
1. Ravish xoli harakat yoki xolatning qanday xolda, qanday kayfiyatda bajarilishini, bajarilish sifatini ko`rsatadi va qanday qanday, qanday qilib, qanday xolda, qanday ravishda, qanday tarzda kabi so`roqlarga javob beradi.
Ravish holi semantik-sintaktik xususiyatlarga ko`ra quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
  • Harakatning bajarilish xolatini ko`rsatadi: Daraxtlarning yashil chodiri ostida u yoq-bu yoqni asta kezdi (Oybek).


  • Harakatni bajarishda sub`ektning qanday ruxiy qiyofada bo`lganligini ko`rsatadi: Solix Mahmud kulimsiragan kuyi daxlizda yurib berdi (A.Qodiriy).


  • Harakat yo xolatni bajarilish sifatini anglatadi: Gulchehra atlas kuylagini olovday yondirib daraxtlar orasida go`yo uyinga tushganday yengil, nozik yo`rg`alar edi (Oybek).


  • Harakat-xolatning belgisini tasvirlab ko`rsatadi: Domla g`azabidan qalt-qalt titrab yana vaysadi. Yuragim qinidan chiqquday gup-gup uradi (Oybek).


  • Harakat yo xolatning qanday usulda, qanday yo`l bilan bjarilishini ko`rsatadi: Kampir g`azablanibdi, uklok bilan urib itning oyog`ini sindiribdi (O`zbek xalq ertaklari).


  • Bir predmet harakatning ikkinchi bir predmet harakatiga o`xshashligini ko`rsatadi, shu o`xshashlik zaminida harakat-xolatning belgisi aniqlanadi: Manzura yosh qizchalarday yuguradi, qax-qax uradi (A.Muxtor).


2. O`rin xoli predmetning o`rnini ko`rsatish bilan birga predmet xolatining yuz berish o`rnini, predmet harakatiga mos bo`lgan turli o`rin ma`nolarini ifodalaydi. O`rin xoli voqelikka nisbatan urin ma`nosini quyidagicha ifodalaydi:


    • O`rin xoli o`rin kelishigida kelib, predmetning turish joylashish o`rnini bildiradi: eshik tagida, devor buylarida turishibdi. (A.Muxtor).


    • Predmet xolatining yuz berish o`rnini ko`rsatadi. Ariq buyida cho`zilib ulagan (Oybek).


    • Perdmet chiqish, harakatning boshlanish o`rnini ko`rsatadi: Sal o`tmay Shirinoy daladan qaytib keldi (Oybek).


    • Predmet harakatining yo`nalish o`rnini ko`taradi: Arslonqul o`z to`dasi turgan chodirga bordi (Oybek). Zangori osmonga tutashgan tog` cho`qqilariga qadar ajoyib boy manzaralar ochilar edi (Oybek).


O`rin xoli bosh, o`rin chiqish kelishigi va ko`makchiligi va ko`makchilar bilan birga qo`llaniladi. U ega, kesim, to`ldiruvchi va xolning boshqa turlariga ergashishi mumkin.


3.Payt xoli harakat yoki xolatning sodir bo`lish paytini ko`rsatadi va qachon, qachondan beri, qachondan boshlab kabi so`roqlarga javob bo`ladi.
Payt xoli zamon ma`nosiga aniqlik kiritishda bir xil xususiyatga ega emas. Shunga ko`ra, quyidagi xolatlarda payt munosabatlarini anglatadi:
  • Harakat xolat voqeaning yuz berish vaqtini ko`rsatadi: otryad tongda qishloq shurosi oldida saf tortdi. (G`.G`ulom).


  • Harakat xolatning boshlanish paytini ko`rsatadi: B bakaterakni va undagi laylak uyasini bu yerning qariyalari ham bolaligidan biladi (A.Muxtor).


  • Payt chegarasini ko`rsatadi: Jo`raxon zalni anchagina tinchitolmadi (A.Muxtor).


  • Harakat va xolatning boshlanish va tugash paytini ko`rsatadi: ular soat birdan ikkigacha dam olishda olishdi (“Sharq yulduzi”).


  • Harakat-xolatning boshqa harakat va xolatdan oldin bo`lish yoki bo`lmasligini ko`rsatadi: To`qqiz yil burun mana shu bozor ko`chada, mana shu bozor ko`chada, mana shu o`zimiz o`tirgan imorat derazasining tagida katta mojaro bo`lgan (A.Muxtor).


  • Harakat-xolatning hamma vaqt takrorlanib turishini ko`rsatiladi: Onasi bilan ertayu kech dalada timiskilanib yuradi (X.G`ulom).


4. Maqsad xoli so`zlovchining qanday maqsadda ish tutishi, harakat-xolatning ular tomonidan nima uchun qilinayotganligini ko`rsatadi va nega, nimaga, kim uchun, nima deb, nima maqsadda, qanday maqsadda kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Maqsad xoli ko`pincha maqsadida, umidida, niyatida, uchun ko`makchilari bilan birga kelgan harakat nomi, maqsad ravishi, ravishdoshning –gali affisi shakli va jo`nalish kelishigidagi ayrim so`zlar bilan ifodalanadi.


Maqsad xoli ikki ko`rinishda ega:
  • Aniq maqsad xollari: Bu gal o`z o`quvchilarning Oysha xolaning yoniga olib kelish uchun ruxsat keldi (S.Zunnunova).


  • Noaniq maqsad xollari: ular atayin aylanma yo`ldan yurdilar (A.Muxtor).


5. Sabab ish-harakat yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab xoli ish-harakatning yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab xollari uchun, sabali, tufayli yordamchilari bilan birga kelgan sifatdosh, sabab ravishlari, chiqish kelishigidagi so`zlar va ravishdorlar bilan ifodalanadi. Sabab xollari nima uchun, nima sababdan so`roqlariga javob bo`ladi.


Sabab xoli semantik tomonidan bir necha ko`rinishlarga ega:
Harakatni bajaruvchi shaxsning biror ishi shu harakatning yuzaga kelishmasligiga sabab bo`ladi: Bu gapning tarixini bilganligi uchun Siroj ham kulib yubordi (S.Zunnunova).
  • Harakatning bajarilish-bajarilmasligiga boshqa birovning harakati sabab buladi: U singlisi tufayli juda baxtiyor edi (A.Muxtor)


Predmet harakatining yuzaga kelishi uchun shu predmet biror xususiyatning sabab bo`lishini ko`rsatadi: Qishloq bir oz pastlikka bo`lganidan daraxtzor biror boqqa o`xshab guj bo`lib ko`riladi (S.Zunnunova).


Bir predmet harakatning yuzaga kelishi uchun boshqa bir predmet harakatining sabab bo`lishini ko`rsatadi: urush tufayli korxona ro`zg`ori birmuncha oqsab qoldi (“Sharq yulduzi”).
  • Harakat-xolatning kim tufayli, nima sabali bo`lish-bo`lmasligini aniq ko`rsatmaydi: Bu odam o`sha vaqtda uchundir Gulnora ishlayotgan idoraning hisobiga turardi (S.Zunnunova).


6. Miqdor xoli ish-harakatning bijarilish miqdorini bildiradi va qancha, necha marta so`roqlarga javob bo`ladi. Miqdor xoli maktab grammatikasida ravish xoli tarkibiga kiritiladi.iii Oliy o`quv yurti darsligida miqdor daraja xoli deb o`rganilsa-da, kam material berilgan.iv A.N.Kononov uni o`lchov va daraja xoli deb nimaga ajratadi. Biz uni miqdor xoli deb atadik va shu tushuncha doirasida uni boshqa guruhlarga bo`lib o`rganishi lozim topdik.


Miqdor hol semantik jihatidan quyidagi ko`rinishlarga ega:
  • Sinov-o`lchov belgilarni ifodalovchi so`z xoll bo`lib kelib, u miqdor anglatishi jihatidan rial va nisbiy miqdorni anglatadi: u ikki hovuch tutni ozgina tikdi-yu, yana bir hovuch terib, juvonga o`girildi (A.Qaxxor).


  • Harakat va xolatning miqdor belgisini darajalab ko`rsatadi va aniqlaydi: Yormat shaxardan piyoda qaytib, o`lgiday charchagani uchun otlarga Yo`lchi qaradi (Oybek).


  • Harakat yo holatning qaytarilishini, takrorlanishini ko`rsatadi: Bashorat onasining yuzlaridan, ko`zlaridan qayta-qayta o`pdi (A.Muxtor).


  • Harakat yo holatning og`irligi narx-navo, uzoq-yaqinlik, uzun-qisqalikka oid miqdor belgilarini kuchaytirib ko`rsatadi: Nagan ham biram yarashib turibdiki (X.G`ulom).


7. To`siqsizlik xoli, ma`lum bir harakatning bajarilishida to`siq, zudlik bo`lishiga qaramay, shu harakatning bajarilishini anglatadi: to`siqsizlik xoli nimaga qaramasdan, nimaga qaramay, nima demay so`roqlarga javob bo`ladi. To`siqsizlik xoli mazmunan ikki xil bo`ladi:


  • Ichki to`siqsizlikni ko`rsatadi, bunda kesimdan anglashilgan harakat bir shaxs, predmetga tegishli bo`ladi: Men xoxlasam – xoxlamasam, otin oyiga qatnashishim shart edi (S.Ayniy).


  • Tashqi to`siqsizlikni bildiruvchi xoll biror shaxs, biror predmet xususiyatining bajarilishiga to`siq bo`la olmasligini ko`rsatadi: Oysulton juda charchadi, shunga qaramay, yana shunga yurgisi kela berdi (B.Kerboboyev).


8. Shart holi harakat ifodalaydigan bo`lakka bog`lanib, shu bo`lak orqali anglashilgan harakatning sodir bo`lishidagi sharoitni ko`rsatadi va xokim bo`lakka- SA aafiksi yordamida bog`lanadi: Borsam, injenerni boshlab kelaman (Oybek). Shart xolli gaplarda sub`ektning bajarilishi mo`ljallangan. Biroq hali yuzaga keladigan ikki xil harakat indeyasi bo`ladi. Bulardan biri xol-yordamchi harakat, ikkinchisi xol bog`langan so`z-asosiy harakat orqali anglashiladi. Asosiy harakatning yuzaga kelish-kelmasligi yordamchi harakatning bajarilish-bajarilmasligiga bog`liq. Sirni sizga aytib berganimni bilib qolishsa o`ldirishadi (X.G`ulom). Meni ko`rsa toyginam xursand bo`lib kishnaydi. (Z.Diyor).



Yüklə 69,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin