Rejalashtirish jarayonining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida uning bosqichlarini bayon etish zarur. Rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat:
Vazifalarni belgilash
Qo’llanilishi mumkin bo’lgan harakatlarni izlab topish
Muqobil yo’llar xaqida ma’lumot olish va natijalarni baholash
Harakatlar yo’nalishini tanlash
Uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish
Xaqiqiy natijalar monitoringi
Rejadan chetga chiqish bilan bogliq bo’lgan masalalar yechimi
Vazifalarni belgilash Rejalashtirishning dastlabki bosqichi kompaniyadan maqsad va vazifalarni belgilashni talab etadi va unga muvofiq ish tutadi. Maqsadlar quyidagilar nuqtai nazaridan aniqlanadi:
iqtisodiy maqsadlar
biznes turi
sotiladigan tovarlar / xizmatlar
xizmat ko’rsatilayotgan bozorlar
bozor ulushi
rejalashtirilgan daromad
daromad, aktivlar, va sotish hajmi o’sishining talab qilingan me’yori
Qo’llanilishi mumkin bo’lgan harakatlarni izlab topishda quyidagilar bilan bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan strategiyalar ishlab chiqilishi lozim:
mavjud bo’lgan mahsulot uchun yangi bozorlarni tashkil qilish va rivojlantirish;
mavjud bo’lgan bozorlar uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqish;
yangi mahsulotlar uchun yangi bozorlarni tashkil qilish va rivojlantirish.
Muqobil yo’llar xaqida ma’lumot olish va natijalarni baholash Bu ma’lumotlar yig’ish bosqichidir
Harakatlar yo’nalishini tanlash qaror qabul qilinganidan keyin mazkur qarorlarga asoslangan uzoq muddatli qarorlar ishlab chiqiladi.
Uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish Mazkur bosqichda uzoq muddatli rejalashtirishdan yillik byudjet tuzishga o’tish uchun yo’l beriladi. Byudjet strategik rejalar bilan boshqaruv qarorlarini qa-bul qilish jarayonida ularni amalga oshirilishini bog’laydi. Byudjet uzoq muddatli rejalashtirish jarayonining ajralmas qismi sifatida qaralishi lozim.