I bob. Muammoning ilmiy nazariy asoslari


Maqsad: kattalikni farqlash darajasi, ko'rgazma-harakatli tafakkurning shakllanganligini tekshirish. Jihoz



Yüklə 205 Kb.
səhifə7/12
tarix01.02.2023
ölçüsü205 Kb.
#122857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
aqli zaif bolalar

Maqsad: kattalikni farqlash darajasi, ko'rgazma-harakatli tafakkurning shakllanganligini tekshirish.
Jihoz: shakllar andozasi chuqur o'yilgan taxta (4 variantli)
va shu chuqurchalarga to'g'ri keladigan shakllar.
O'tkazish usuli: bolaga shakllar joylashtirilgan taxta ko'rsatiladi va ko'zining oldida taxta shunday ag'dariladiki, ichidagi shakllar stolning o'rtasiga tushiriladi. Ko'rsatma beriladi: a) so'z orqali «Kara, menda xar xil shaklli taxta bor». «Men shakllarni to'kaman, sen esa joyiga solasan» yoki b) imo-ishora orqali (eshitishi va nutqi buzilgan bolalarga).
Agar bola topshiriqni tushunmasa va bajarishga kirishmasa, unda eksperement o'tkazuvchining o'zi 1-2 shakllarini solib ko'rsatib berishi kerak. Noo'rin harakatlarda yana yordam ko'rsatiladi: «Bu shaklni qaerga qo'yish kerakligini ko'rib ol». Agar samara bermasa, unda bolaning diqqatini taxtadagi shakllar-ga va qo'lidagi shaklga qaratiladi. Bola noo'rin harakatlarda davom etsa, unda chamalab, solib ko'rish taklif etiladi.

  1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar idrok xususiyatini tekshirish "Kesma rasmlarni birlashtirish"

Maqsad: idrokning rivojlanish darajasini, ko'ruv-fazoviy analiz va sintezini, ko'rgazma-harakatli tafakkurning shakllanganligini tekshirish.
Jihoz: to'liq va kesma rasmlarning to'plami. Rasmlar 3 taga, 4 qismga kesilgan.
O'tkazish usuli: eksperement o'tkazuvchi kesma rasm qismlarini ko'rsatib, unda qanday predmet tasvirlanganligini aytmaydi, ko'rsatma beriladi: a) so'z - ishorali shaklda: «rasmni to'liq qilib yig'ib ber» yoki b) imo-ishorali. Agar bola topshiriqni tushunmasa, to'liq rasm shakli ko'rsatiladi va ko'rsatma takrorlanadi yoki taxlanib va yana rasm qismlarga ajratiladi.
Agar bu yordam samarasiz bo'lsa, bolaga rasm qismlaridan to'liq rasmni yig'ish ketma-ketligi taxminiy yo'naltirish orqali o'rgatiladi. SHundan so'ng boladan ushbu rasmni yana bir bor yig'ib berish so'raladi va boshqa variant taklif etiladi.

  1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar diqqat xususiyatini tekshirish

"Yetishmaydigan qismlarni aniqlash"
Maqsad: Ixtiyoriy diqqatni tekshirishga mo'ljallangan bo'lib, ko'ruv-fazoviy analiz va sintezning shakllanganlik darajasini, diqqat va ishlash qobiliyatining xususiyatlari, maqsadga va topshiriqning shartiga muvofiq harakat qilishi qobiliyati, o'rgatilishi aniqlanadi.

Yüklə 205 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin