I BOB. MUAMMONING ILMIY NAZARIY ASOSLARI 1.1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruhiyatining ilmiy pedagogik, psixologik, metodik manbaalarda yoritilishi Ma'lumki har bir fan o'zining yuzaga kelish, rivojlanish, taraqqiy qilish tarixiga, qonuniyatlariga ega. Shu singari aqli zaif bolalar psixologiyasi fani ham ma'lum rivojlanish tarixiga ega. Aqli zaif bolalarni o'rganishning mumkinligi va zarurligi, ularni o'qitish,tarbiyalash kerakligi, tibbiyot, xususan psixiatriyaning rivoji bilan uzviy bog'liq. 18 asr ohirlari 19 asr boshlarida aqli zaif bolalarni davolash, tarbiyalash, o'qitishga oid ma'lum ijobiy qarashlar yuzaga keldi va shakllana boshladi.
Inson ruxiyatini o'rganish nixoyatda murakkab. Diagnostika ishlari uchun, yordamchi maktablarni butlash uchun bolalar ruxiyatini o'rganish juda zarur
hisoblanadi, chunki yordamchi maktablardagi ta'lim-tarbiyani samarali olib borish uchun bu boradigi ma'lumotlar kerak. Inson ruxiyatini atroflicha o'rganish kishidan har tomonlama bilim va malakalar bo'lishi talab etilishi bilan bir qatorda bilim, yetarlicha hayotiy tajriba ham talab etiladi.
Aqli zaif bola ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlarini bilish asosida ular bilan olib boriladigan o'quv tarbiyaviy ishlar mazmun-mohiyati belgilanadi. Aqli zaif bolalarning shaxsiy hujjatlari bilan tanisha borib, o'qituvchi, tarbiyachi bolaning kasallik tarixi, kasallik qoldirgan asorat xususiyatlarini tahlil qiladi.
Aqli zaif bolalarni o'rganish yuzasidan ko'plab olimlar tomonidan izlanish va o'rganishlar olib borilgan. Bu borada L.S.Vigotskiy, T.A.Vlasova, L.V.Zankov, G.E.Suxaryova, M.S.Pevzner, L.S.Rubinshteyn kabi yetuk psixolog va olimlarning olib borgan izlanishlari, tadqiqodlari va ular tomonidan yaratilgan metodikalaridan hozirgi kunda keng foydalanib kelinmoqda. Olimlar tomonidan aqli zaif o'quvchilarning idrok, tafakkur, xotira, diqqat, nutq kabi psixologik xususiyatlari atroflicha o'rganilgan.
Fazoviy buzilishlar aqli zaif bolalarda kuzatiladigan eng ko'p tarqalgan va eng ko'p uchraydigan nuqsonlardan biridir. T.N.Belovinaning ta'kidlashicha, fazoni idrok etish har xil nuqsonli a'zolarning turli hil intermodal aloqalariga asoslanadi. Fazoda komponentning to'liqligi ko'zga ta'sir etayotgan turli funktsichlarga bog'liq: uning o'tkirligiga, pertseptiv maydoniga, ko'z o'lchagichga, negaki aqli zaif bolalar bu darajagi yetmaydi.
Aqli zaif bolalarga xos bo'lgan uyatchanlik va xarakatlar koordinatsiyasining kamligi, bolaga nisbatan yaqinda turgan narsalar bilan ko'rib tanishishning shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Aqli zaif bolalarga maqsadsiz xarakatlanish va ortda qolishlari xos bo'ladi.
Maktabgacha bo'lgan davrda ruxiyat xususiyatlari fazoviy idrok qilish shakllanishining barcha bosqichlarida muhim bo'lib, u aqli zaif bolalarda kam ifodalangan. T.N.Golovina va I.A.Groshenkov tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki aqli zaif bolalar ob'ektlarning tasvirlashganda, ularning kattaligini sezilarli kattalashtirib yuboradilar, ularni chapga yoki o'ngga surib yuboradilar. T.N.Golovina aqli zaif o'quvchilar umumiylikni differentsatsiyalashda, alohida va birgalikda, tekshiruvni davom ettirishda, shakllarni ajratishda qiynalishadi, ularga flagmentarlik, idrok etishning kambag'alligi, analiz jarayonlarining sust yo'nalganligi va taqqoslanmaslikka xos - deb ta'kidlaydi. M.Soloev, E.S.Beyn, K.I.Veresotskaya, E.A.Evlaxova kabi olimlar tomonidan aqli zaif o'quvchilar orasida ko'ruv idroki bo'yicha o'tkazilgan tadqiqodlar ko'pgina muxim daliliy faktlarni beradi. Bu ilk oligifrenopsixologik tekshiruvlar bo'lib, ular keyingi ishlarga asos solgan. 60-80 yillar tadqiqodchilari jumladan, T.N.Golovina, I.A.Groshenkov, Z.A.Apatskaya, I.I.Budnitskaya, N.I.Stadnekolar aqli zaif o'quvchilarning idrok qilish muammosiga yangicha yondoshadilar. Ular o'z diqqatlarini ko'ruv idroki xususiyatlarini yuzaga chiqarishga, o'quvchilarda rang ajratishni rivojlantirishga fazoviy analiz va fazoviy orientirlashga, syujetli rasmlarni tushunishga qaratishadi. Bu yangicha yondashuv o'quvchilar bilan maxsus pedagogik ishlarni tashkillashtirishni va o'z oldiga idrok qilishning nuqsonlarini korrektsiyalashni maqsad qilgandi.
R.B.Kaffemanas idrok etishning qiyinlashishi, bilish faoliyatining yetarli emasligi barcha oligofren bolalarda uchrab, ularning ko'rgazmali -obraz fikrlashi qiyinlashadi deb o'ylaydi.
Tafakkurning ko'rgazmali - harakat formasi aqli zif bolalar uchun nisbatan qulaydir. Lekin vazifalarni bajarishda qiyinchilik yuzaga keladi. Masalan, aqli zaif bolalarga "Kesma rasm" va "Segen doskasi"ni to'ldirish qiyinchilik tug'diradi. Ularni predmetlar bilan xarakatlari impulsiv xarakterga ega, bu xarakatlar fikrlash vazifasiga bog'liq bo'ladi.
Aqli zaif bolalar tafakkurini taxlil qilib, bu jarayonni streotipligi, qiyin xarakatliligi va umuman to'liq egiluvchan emasligini ta'kidlash joiz. Shuning uchun mavjud bilim va malakalarni yangi sharoitda qo'llash aqli zaif bolalarda qiyinchilik tug'diradi vazifalarni xato bajarishga olib keladi.
Maktabgacha va maktab yoshidagi aqli zaif bolalar xotirasini rivojlantirish maqsadida tadqiqodchilar bir qancha ishlarni taklif etadilar: bular asosan qo'l barmoqlari bilan ishlash, ishlash vaqtida boladan nima qilayotganini so'rab olish, uni taxlil etish va qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga joylashtirishdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar xotirasini bir muncha rivojlantirish uchun mayda qo'l motorikasidan foydalanish samarali natija beradi. Mayda qo'l motorikalarining rivojlanishi ularning nutqiy nuqsonlarini va bilish jarayonlarini rivojlantiradi.
Hozirgi kunda tadqiqodlar shuni ko'rsatadiki, aqli zaif bolalar xotirasi mexanik rivojlanmagan. Chunki mexanik xotira rivojlanishi uchun ham analiz- sintez malakalari yaxshi shakllangan bo'lishi kerak. Ularda esa bu jarayon bir muncha orqada qolgan.
Tadqiqodlarga qaraganda aqli zaif bolalar xotirasi 11-12 yoshda bir oz rivojlanar ekan. 13-14 yoshlarda esa aqli zaif bolalar mustaqil ravishda mantiqiy tushunchalardan foydalanishlari mumkin, 15 yoshlarda esa aqli zaif bolalar materialni eslab qolish qobiliyati normal bolalarga yaqanlashadi. Bu shundan dalolat beradiki, aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan ishlar o'z vaqtida to'g'ri va aniq yo'lga qo'yilsa, bu ularning rivojlanishiga yordam beradi. Psixologlar aqli zaif o'quvchilar diqqatining rivojlanishida muhim buzilishlarni belgilaydi. O.E.Freyerovning ma'lumotlariga ko'ra aqliy rivojlanish kamchiliklariga ega ko'pgina o'quvchilar o'z diqqat e'tiborini bir joyga to'play olmaydi. Bu bajarilayotgan faoliyatdan chalg'ishda va diqqatni boshqa predmetlarga o'tib ketishida namoyon bo'ladi.
L.V.Zankov, L.R.Luriya, M.S.Pevzner, G.E.Suxaryova va boshqalar diqqat buzilishlarini aqli zaiflikning o'ziga xos belgilaridan biri deb xisoblaydilar. Korrektsion psixologiyada diqqatni o'rganishga bag'ishlangan bir qancha ishlar mavjud. Ularga I.L.Baskakova, S.V.Liepin, S.A.Sagdullaev tomonlaridan
bajarilgan tadqiqodlar kiradi.
S.V.Liepin tadqiqodlarida turli nuqson tuzilishi bilan tavsiflanadigan aqli zaif o'quvchilarda diqqat xususiyatlarida sezilarli farqlar aniqlangan, bu tadqiqodlarda aqli zaif o'quvchilar diqqatining turg'unligi, xajmi va taqsimlanishi atroflicha o'rganilgan.
Fikrlash o'quvchilarning nutqi va tafakkurining o'sishida muhim vositadir. Tafakkur va nutq bir-biri bilan uzviy ravishda bog'lani keladi. Bola nutqining normal rivojlanishi, unga yangi tushunchalarni o'zlashtirib olisha, tevarak atrof haqidagi bilim va tasavvurlarni kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
B.N.Pinskiy ta'kidlashicha, aqli zaif bolalar o'zlarining normal tengdoshlariga mustaqil holda yoki o'qituvchining ozgina ko'magi bilan bajara oladigan vazifalarni uddalashlari uchun propedevtik va korrektsion tarbiyaviy tadbirlarga muxtojdirlar. Nutqni o'z vaqtida to'g'ri egallash bolaga atrofini o'rab turgan odamlar bilan erkin muomila qilish imkonini beradi, o'z nutqini boshqarishga ko'maklashadi va maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonini ancha yengillashtiradi.
G.A.Kainning tadqiqodlariga ko'ra yordamchi maktab o'quvchilarining ko'pchiligi tutilib gapirishning u yoki bu formasiga duchor bo'ladi. Aqli zaif bolalar tilning lug'aviy boyligini egallashda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladilar. Ular qo'llaydigan so'zlar zaxirasi normaga tenglashtirib bo'lmaydigan darajada tordir.
M.P.Feofanovning tadqiqodlariga ko'ra aqli zaif bolalarning nutqiga oid qo'shimchalar normal intelektdagi bolalarnikiga nisbatan ikki barobar kam bo'lishi aniqlangan. Yordamchi maktab o'quvchilarining nutqida qo'shma gaplar odatda iptidoiy ko'rinishda, oddiy bog'lanishda uchraydi.
A.R.Luriya, N.P.Paramanova O.K.Tixomirovlar o'tkazgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, aqli zaif bola o'zining xarakatlariga qo'llanma bo'la oluvchi umumiy qoidalarni mustaqil ifodalab berishga qodir emas.
Rus psixologi A.R.Luriya "Nutq tovushlarini idrok etishda nutqiy oqimdan signalli, fonematik belgilar ajraladi va nutq tovushlarini diffeoegsatsiya qilish ushbu maxsus belgilarni kuchaytirishni hamda muhim bo'lmagan, tasodifiy, fonematik ahamiyatga ega bo'lmaganlardan ajratish asosida amalga oshadi" - deb ta'kidlagan edi.
Nutq nuqsonlarining aqli zaif bola umumiy ruhiy taraqqiyotiga salbiy ta'siri J.I.SHif qo'llanmasida atroflicha, chuqur tahlil qilib berilgan. Unda e'tirof etilishicha, aqli zaif bolalar bilan normal bola orasidagi farq ularning faol nutqlarida ko'zga tashlanar ekan. Aqli zaif bolalar o'z nutqlarida sifat, fe'l, bog'lovchilardan juda kam foydalanar ekanlar.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ko'pincha bir so'zdan iborat gaplar qo'llaydilar. Bu "gap-so'zlarda" bayon etilayotgan fikr ajratilmagan bo'ladi.
S.N.Rojdestvenskiyning ta'kidlashicha "So'zdagi tovushlarni farqlamasdan, ularni ajratmasdan, bolalarni o'qish va yozishga keyinchalik to'g'ri yozishga o'rgatish mumkin emas". aqli zaif bolalarda o'z kuchiga ishonch xosil qilmasdan turib, yordamchi maktablar o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erisha olmaydi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda bog'langan nutq shakllanmagan bo'ladi. Ular dialoglarda ishtirok eta olmaydilar. Aqli zaif bolaga eshitilishi bo'yicha o'xshash fonemalarni ajratish va so'zning tovush tahlilidagi qiyinchiliklardan namoyon bo'ladigan fonetiko-fonematik buzilishlar xosdir.
Aqli zaif bolalarda fonematik eshitishning yomonligi, turli talaffuz kamchiliklari bolalarni yozish va o'qish faoliyatlariga ta'sir qilmay qolmaydi. Bu bolalar shaklan o'xshash xarflarni bir-biri bilan almashtirib yozadilar.
G.A.Kashening ma'lumotlariga ko'ra, yordamchi maktab 1-sinf o'quvchilarining 65%, 2-sinf o'quvchilarining 60 % da u yoki bu darajada ifodalangan talaffuz nuqsonlari kuzatiladi.
G.L.Vigotskiy aqli zaif 1-2 sinf o'quvchilari lug'atida asosan ot va fe'llar ustunlik qiladi, deb ta'kidlab o'tgan.
G.M.Dulnevning esa aqli zaif bolalar o'z nutqlarida sifatdan ham foydalanadilar, deb aytgan.
Aqzi zaif bolalar tomonidan predmetlarning sifatlarini nomlashda ham so'zlarni o'rinsiz keng ma'noda tushunish va qo'llash hollari kuzatiladi. Masalan, "katta" so'zi orqali aqli zaif bolalarni ob'ektni faqatgina katta - kichikligini emas, balqi og'irligi, uzunligi, qalinligi, balandligi kabilarni ifodalaydilar.
Hozirgi kunda Rossiyava chet el davlatlarida ham juda ko'plab olimlar tomonidan aqli zaif bolalar psixologiyasi, ularning ijtimoiylashuvi, jamiyatdagi o'rni, ularning o'ziga xos xususiyatlari, qo'zg'aluvchanlik qobiliyatlariularni ta'limga jalb etish va o'qitishni tashkil etish yuzasida ko'plab izlanishlar va tadqiqot ishlari olib borilmoqda (E.T.Loginova, A.R.Maller, S.T.Zabramnaya, V.V.Lebedinskiy, I.V.Timofeyeva, M.I.Kuzmitskaya, A.I.Osadchix, N.F.Dementyeva va boshqalar).
Olimlar olib borgab ilmiy tajribalarining ko„rsatishicha, aqli zaif bolalar potensial rivojlanish imkoniyatlariga ega bo„lar ekan. Aqli zaif bolalarning ruhiy taraqqiyot xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari haqida ularning bilim egallash xususiyatlarini bilmaslik, defektologlar uchun kundalik ishlarida katta qiyinchilik, tushunmovchiliklarga olib keladi.