BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR RUHIYATINI PSIXOLOGIK TEKSHIRISH Maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologik tekshirish tamoyillari va metodlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologik tekshirishning maqsadi - bolaning ruhiy rivojlanishi, hamda psixik funktsiyalarining holatiga baho berishdir.
Psixolog bolada tekshiruv o'tkazayotganda u bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, eksperementlar vaqtida bolani kayfiyatini ko'tarib, uni maqtab yaxshi so'zlarni aytishi kerak.
Ruhiyatni o'rganish atroflicha amalga oshirilishi kerak. Aqli zaif bolalar shaxsini psixologik, pedagogik, tibbiy o'rganish umumiy tarzda amalga oshirilgandagina yagona bir hulosaga kelish mumkin. Barcha ruxiy jarayonlarni o'rganish jarayonida ob'ektivlik, dinamiklik, analitik-sintetik, atroflilik, individual yondoshish printsiplariga rioya qilishimiz darkor. Ob'ektivlik deganda, aqli zaif bolalar ruxiyatini o'rganish ishlari real sharoitda, hayot jarayonida olib borilishi tushuniladi.
Dinamiklik esa, aqli zaif bola, o'quvchini o'rganish uning rivojlanishida, taraqqiyotida amalga oshiriladi.
Analitik-sintetik printsipda esa, ruxiy jarayonlar, holatlar atroflicha, xar tomonlama bog'liqlik holatida taxliliy o'rganishni nazarda tutadi.
Komplekslik printsipi esa, aqli zaif bolalarni o'rganishda pedagogik, psixologik, tibbiy, logopedik tekshirishlarni birga olib borishni tushunamiz.
Individual yondoshish printsipi esa, bolani o'rganish vaqtida qatiy tarzda shaxsning individual xususiyatlarini inobatga olishni tushunamiz. Usul tanlash har bir tekshirishning maqsadidan, vazifalaridan kelib chiqadi. Ammo, barcha usullarda yuqorida qayd etib o'tilgan printsiplarga amal qilish lozim. Aqli zaif bola ruxiyatini o'rganayotgan oligofrenopedagog o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yishi kerak:
Bola ruxiyatining rivojlanish xususiyatlarini aniqlash;
Aqli zaif bola ruxiyatidagi ijobiy tomonlarini topish;
Aqli zaif bola bilan olib boriladigan korrektsion, ta'lim-tarbiyaviy ishlarning
samarali, maxsuldor sharoitlarini belgilab olish.
Psixologik va pedagogik tekshirishning asosiy metodi: hujjatlarni o'rganish, bola bilan suhbatlashish, uning ota-onasi bilan ham suhbat o'tkazish, bolani kuzatish va test o'tkazishdan iborat.