II BOB. Psixologik maslahatning asosiy bosqichlari 2.1. Psixologik maslahat o'tkazishning asosiy bosqichlari Psixologik maslahat butun jarayoni boshidan-oxirigacha maslahatlar asosiy bosqichlari ketma-ketligidan iborat bo'lishi mumkin. Maslahatlar davomida ulardan har biri o'ziga zarur, alohida bir masalani hal qiladi va o'ziga xos xususiyatga ega.
Psixologik maslahat o'tkazishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
l.Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda psixolog-maslahatchi
qayd etish jurnalidagi dastlabki yozuvlar hamda uchinchi shaxslardan, masalan, maslahat o'tkazishga buyurtma qabul qilgan psixologik maslahat xodimidan mijozto'g'risidagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqadi. Ishning bu bosqichida psixolog-maslahatchi bundan tashqari ushbu bobning awalgi bo'limida aytib o'tilgan barcha ishlarni bajarib, o'zi ham psixologik maslahat o'tkazishga tayyorlanadi.
Yo'naltirish bosqichi.Bu bosqichda psixolog-maslahatchi mijoz bilan tanishadi va birgalikda ishlarga tayyorlanadi. Mijoz ham o'zi tomonidan shunday qiladi. Agarda maslahat o'tkazish uchun boshqa barcha tayyorgarlikiar amalga oshirilgan bo'lsa, bu bosqich o'rtacha 5—7 daqiqa vaqt talab etadi.
Diagnostik bosqich.Ushbu bosqichda psixolog-maslahatchi mijozning muammolarini tinglaydi va uni tahlil qilish asosida mijozning muammosini tushunib, aniqlab oladi. Ushbu bosqichning asosiy mazmuni mijozning o'zi va o'z muammosi to'g'risidagi ma'lumotlari hamda mijozning muammosini aniqlash va uni hal etishning to'g'ri yo'lini topish uchun mijozni psixodiagnostik tekshiruvdan o'tkazishdan iborat bo'ladi. Psixologik maslahat o'tkazish uchun aniq vaqtni belgilash ancha qiyin, chunki vaqtni belgilashda ko'p narsa mijozning muammosi va uning individual xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Aslida bu vaqt psixologik testlar o'tkazishdan tashqari, kamida bir soatni tashkil etadi. Ba'zida psixologik maslahatning bu bosqichi 4 soatdan 6-8 soatgacha vaqt talab etishi mumkin bo'ladi.