2.4. Bolani tarbiyasidagi sodir boʼlayotgan salbiy oʼzgarishlarni oʼrganib chiqish Tarbiyasi “qiyin” bolalarning psixologik rivojlanishini meʼyorlashtirishga yoʼnaltirilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Shuningdek tarbiya tizimida yoshlarni salbiy odatlardan xalos etish, axloqiy fazilatli boʼlib kamol topishida oilaviy tarbiyadagi asosiy koʼmakchi, shaxsiy oʼrnak va namuna boʼla olish oʼqituvchitarbiyachilarning pedagogik munosabat va mahoratlariga bevosita bogʼliqdir. Аynan yoshlar tarbiyasida xarakterli tomonlardan biri sifatida tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlovchi muhim
omillardan biri ham pedagogik mahoratdir.
Buning uchun tarbiyachining pedagogik 1 Umarov B.M. Oʼzbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik muammolari. Monografiya. mahorati mehribon bolalar hamkorligida, oʼquv-tarbiya jarayonidagi faol hamkorligi, bolalarning qaygʼu-xasrati, gʼami va omadsizligiga hamdard boʼlishda, muomala madaniyatida, oʼqituvchining ruhiy holatida (samimiylik, xayrixohligi, oliyjanobligi) hamda jamoa bilan ishlashda vaziyatni ijobiy tomonga sanʼatkorona yoʼnaltirishda namoyon boʼladi.
Demak, tarbiya inson uchun kurash demakdir. Bolaning qanday boʼlishi - bu shaxsiy ish
boʼmay, balki jamoatchilikni qiziqtirgan muammodir. Shu boisdan, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi bolalar tarbiyasida asosiy hal qiluvchi boʼgʼin boʼlib, bunda tarbiyachilarning bir maqsadga yoʼnaltirilgan tarbiyaviy ishlari muammoni ijobiy hal etuvchi omil hisoblanadi. Oilaviy tarbiyaga doir ishlar quyidagi sharoitlarda bajarilsa, bola tarbiyasidagi buzulishlarning oldi olinadi hamda tarbiya samaradorligi yanada oshadi:
1. Аvvalo oiladagi sogʼlom muhit, tarbiya birdamligi, sof milliy tarbiya anʼanalariga tayanish zarur.
2. Maktab oʼzining barcha taʼsirlari majmuini oilaviy tarbiya jarayoniga izchil yoʼnaltirish kerak.
2. Oʼqituvchilar jamoasi oila bilan oʼzaro hamkorligi davrida oʼzlarining axloqiy-pedagogik tarbiyaviy talablarini toʼgʼri tashkil etish.
3. Tarbiyasi qiyin bolaga alohida munosabat, eʼtibor va individual yondashuv zarur. Аyniqsa uning yaqinlari tomonidan ularga nisbatan qoʼllanilayotgan qattiqul, qoʼpol va adolatsiz munosabatlariga barham berish.
XULOSA Har qanday fan, jumladan bolalar psixologiyasi ham ilmiy tushunchalar majmuasidan tarkib topgan. Bolalar psixologiyasining asosiy va markaziy muammosi bolaning psixik jihatdan o‘sishi, unga xos xusussiyat va qonuniyatlarini yoritib berishdan iboratdir. Bu muammoni to‘g‘ri xal etish bolalar psixologiyasining fan sifatida yanada taraqqiy etishi uchun ham, o‘sayotgan avlodni komil inson qilib tarbiyalash amaliyoti uchun ham muhim ahamiyatga egadir.
Xali psixologiya fani, jumladan bolalar psixologiyasi paydo bo‘lmasdan avval bolani ruxiy taraqqiyoti haqidagi masalalarga katta e’tibor berilgan edi. Bolaning rivojlanishi haqidagi fikrlar juda sodda bo‘lishiga qaramay, ular bola taraqqiyoti haqida muhim ahamiyat kasb etar edi. O‘tgan ajdodlarimiz bolalar psixologiyasidagi muammolarni izchil va atroflicha o‘rganmagan bo‘lsalar ham, lekin ularning o‘z asarlarida o‘zining qimmatli fikrlarini bayon qilganlar.
Ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlari uzoq o‘tmishga, ko‘p asrlik tarixga, boy madaniy merosga ega edilar. O‘rta Osiyoni markazida joylashgan O‘zbekiston Sharqning eng qadimiy, madaniy uchoqlaridan biri bo‘lib, u jahon fani tarixiga munosib hissa qo‘shgan. Xorazmlik olim al Xorazmiy nomi «algoritm» degan termin orqali, Yevropada Alfrachanus nomi bilan mahshur bo‘lgan olim Ahmad al Farg‘oniy «Astronomiya asoslari» asari bilan bizgacha yetib keldi. Abu Rayhon Beruniy ijdodida «Tana va Rux» ga oid hodisalar talqin qilindi. U odamlar o‘z tabiati jihatidan birbiridan farq qilishini, bu farq uning mijozi, fe’l atvori va tabiiy xususiyatlarida namoyon bo‘lishini ta’kidladi. U inson hayotini biologik va irsiy omillar bilan bog‘laydi.