I bob. Tarbiya psixologiyasi



Yüklə 72,8 Kb.
səhifə2/12
tarix16.10.2023
ölçüsü72,8 Kb.
#130462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
«TARBIYASI QIYIN» BOLALAR PSIXOLOGIYASI

Kurs ishining maqsadi: «Tarbiyasi qiyin» bolalar psixologiyasini o`rganish.
Kurs ishining vazifalari: «Tarbiyasi qiyin» bolalar psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning asosiy yo’nalishi, shaxs shakillanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart–sharoitlari, tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar, mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari, o’smirlarning tarbiyasi qiyinlik belgilari va ular bilan ishlash tadbirlari
Kurs ishining obyekti: «Tarbiyasi qiyin» bolalar psixologiyasi bilan shug`ullanishda ijtimoiy psixologik vazifalarni o`rganish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: «Tarbiyasi qiyin» bolalar psixologiyasi bo`yicha bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy psixologikning o`rni va vazifalarni o`rganishning shakl, metod vositalari mazmuni
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishiga kirish, II BOB, beshta bo`lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar


I BOB. TARBIYA PSIXOLOGIYASI
1.Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning asosiy yo’nalishi sifatida.
Xalq urf-odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘stlik-birodarlik his-tuyg‘ularini rivojlantiradi. Bular o‘z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o‘taydi. Mustaqil jamiyatning baxt-saodati yo‘lida halol mehnat qilish: jamiyat boyligini saqlash va ko‘paytirish yo‘lida har bir kishining tinmay g‘amxo‘rlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda xalollik va rostguylik, ahloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik, milliy va irkiy adovatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayonining muhim hislatlaridir. Tarbiya jarayonida g‘amxo‘rlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g‘amxo‘r ota-onaga ko‘proq taqlid qiladilar. G‘amxur ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlamaganda bola o‘z hatti-harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi. Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g‘amxo‘rlik bilan bir qatorda yaxshi ko‘rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni - tushuntirishni, muhokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og‘zaki tanbex berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharxlash mumkin:
1. Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushunmoq lozim. Uning ehtiyojlari strukturasini aniqlash kerak.
2. Ijobiy emotsiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmok kerak. Ong ham, iroda ham motivlar iyerarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir ehtiyojning o‘rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin.
3.Shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va tarbiyachidan muloqotni ham, hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan qurollantirishni kutadi. Arastu aytganidek: «Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa».

Yüklə 72,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin