Elektr qurilmalarida avariya, ya’ni qisqa tutashuv, ortiqcha yuklanish holatlariga yo’l qo’ymaslik kerak. Buning uchun:
elektr qurilmalarini me’yoriy hujjatlarga asosan mavjud xonalarga va hududlarga mos qilib to’g’ri tanlash va ularni o’rnatish;
elektr qurilmalarini ularning pasportidagi yoki ustki qismida yozilgan zavod ko’rsatkichlariga qarab ishlatish;
bir tarmoqqa mo’ljallangandan ko’p katta quvvatli iste’molchilarni ulamaslik;
nosoz yoki qo’lbola elektr qurilmalaridan, elektr isitkichlardan, vaqtinchalik elektr simlaridan foydalanmaslik;
bilar-bilmas elektr qurilmalarini ta’mirlab ishlatish,
elektr qurilmalarini uzoq muddatga nazoratsiz qoldirmaslik;
elektr qurilmalarini doimiy ko’rikdan va sinovdan o’tkazish;
doimiy profilaktika ishlarini olib borish;
himoya apparatlarini, ya’ni saqlagichlar va avtomatlarni doimo ishchi holatda ushlab turish va h.z.
Tayanch so’z va iboralar: Yong’in, yong’in nazorati, yong’indan saklash xizmati, yong’in xavfsizligi, yong’in xavfsizligi talablari, yong’in xavfsizligi talablarining buzulishi, yong’in-texnik maxsuloti, yong’inga karshi rejim, yong’inga qarshi aloxida rejim, yong’inlar profilaktikasini tashkillashtirish, yonish jarayonlari, elektr qurilmalarining yong’in xavfsizligi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.O’zbekiston Respublikasi hududida yong’in xavfsizligi sohasidagi munosabatlar qaysi me’yoriy hujjat asosida tartibga solinadi? 2.“Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi O’RQ-226-sonli qonunining mazmun- mohiyati nimadan iborat? 3.“Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasida yong’in tushunchasiga qanday ta’rif berilgan? 4.Yonish holatining asosiy o’ziga xosligi nimada?