I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Gazgolder parki va alohida turgan gazgolder belgilangan qoidalarga muvofiq birlamchi yong’in o’chirish vositalari bilan ta’minlanishi lozim



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə129/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Gazgolder parki va alohida turgan gazgolder belgilangan qoidalarga muvofiq birlamchi yong’in o’chirish vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) asosiy omborxonalari, loyihaga muvofiq, aholi yashash joylardan tashqarida shamolga teskari tomonda joylashishi lozim.
Ushbu omborxonalarning kirish joylarida ogohlantiruvchi yozuvlar bo’lishi shart.
Omborxonalar uchun KTZM saqlash va tarqatish tartibi hamda yong’in chiqqan holatlardagi harakatlar to’g’risidagi yo’riqnoma ishlab chiqilgan bo’lishi lozim. Yo’riqnoma yong’indan saqlash xizmati bilan kelishilgan holda bo’lishi lozim.
Bazaviy omborlarda KTZMlarni saqlashni bir-biridan yong’inga qarshi uzilishlar masofasida joylashgan va o’z navbatida bir-biridan to’liq ajratilgan seksiya yoki bo’lmalarga bo’lingan bir nechta binolarda alohida - alohida qilib joylashtirish zarur. Har bir bo’lma yelvizakli shamollatishga ega bo’lishi lozim.
Bir-biri bilan o’zaro ta’sirga kirishuvchi KTZMlarni (sianli birikmalar va kislotalar, sianli birikmalar va xlorpikrin va b.) bitta xonada saqlashga yo’l qo’yilmaydi. Ko’rsatilgan KTZMlarni bitta omborxonaning butunlay bir-biridan ajratilgan, binoning qarama-qarshi tomonidan mustaqil kirish yo’liga ega bo’lgan bo’lmalarida (seksiyalarida), saqlashga ruxsat etiladi.
Tayanch so’z va iboralar: Yong’in xavfi, modda va materiallarning agregat holati, alangalanish, konsentratsion chegaralar, yonmaydigan moddalar, qiyin yonuvchan moddalar, yonuvchan moddalar, yengil alangalanuvchi suyuqliklar, yonuvchi suyuqliklar, yonuvchi gazlar, gaz balloni, gagolder, rezervuar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Moddalarning yong’in xavfini qanday baholanadi?
2.Yong’in xavfi bo’yicha umumiy ko’rsatkich sifatida qanday omillar hisobga olinadi?
3.Yong’in xavfi bo’yicha modda va materiallar qanday turlarga bo’linadi?
4.Yonmaydigan moddalar deb qanday moddalarga aytiladi?

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin