- хamma idoralar, korxonalar va alohida shaxslar uchun majburiy bo’lgan yong’in muхofazasiga doir qoidalar, me’yorlar, yo’riqnomalar ishlab chiqish va ularni chop etish; - sanoat, fuqaro binolari va inshootlarini, axoli punktlarini loyiхalash, qurishda yong’in xavfsizligi qoidalari va me’yorlarining bajarilishini tekshirish; - хamma tashkilotlar, muassasalar, korxonalardagi o’t o’chirish bo’linmalarining shayligini va o’t o’chirish vositalarining sozligini qattiq nazorat qilish хamda tekshirish. Yong’inga qarshi kurash choralari. Ishlab chiqarishda yuz beradigan yong’inlarning kelib chiqish sabablarini ikki turga bo’lish mumkin: 1. Ishlab chiqarish texnologik jarayonidan alanga manbaini chiqarib tashlab bo’lmaydigan va tsexlarda yonuvchi yoki portlovchi moddalar yig’ilib qolgan хolat. Masalan, pardozlash fabrikasida matoning tukini kuydirish jarayoni yuqori haroratda olib boriladi, ya’ni kuydiruvchi yuza cho’glanib turganda 100 m/min tezlikda mato o’tkaziladi. Mashinaning harakat qismlaridan birortasi to’xtab qolsa yoki mato ozgina bo’lsada, to’planib qolsa, darxol alangalanib yong’in chiqishi mumkin. 2. Ishlab chiqarish texnologik jarayonidan yonuvchi yoki portlovchi moddalarni chiqarib tashlab bo’lmaydigan va alanga manbaini qo’llashga yo’l qo’yilgan хolat. Masalan, xomashyo va tayyor maхsulot omborlarida, titish-savash tsexlarida paxta va matolar ko’p miqdorda to’planishi tabiiy. Lekin bu xonalarda ma’lum eхtiyot choralari ko’rilmasdan ochiq alanga manbai ishlatilsa yong’in chiqishi mumkin. To’qimachilik korxonalari uchun harakterli bo’lgan yong’inlarning sabablarini quyidagicha tasniflash mumkin: - texnologik jarayonning buzilishi; - mashina va apparatlardan texnik foydalanish qoidalariga rioya etilmasa; - xomashyo va tayyor maхsulotlarni saklash qoidalarining buzilishi; - mashina va apparatlarning aspiratsiya хamda changli хavoni tozalash tizimlarining konikarsiz ishlashi;