I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə202/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Bosib qolish xolatlarida - ko’pincha tana sohalarining turli jismlar (sim, truba, armatura va boshqa jismlar) bilan jarohatlanishi kuzatiladi. Bunday xolatlarda yot jismlarni tanadan chiqarib olish kerak emas, chunki kuchli qon ketishi mumkin. Shuning uchun shikastlanganlarni yot jismlar bilan transportirovka qilish yoki bu jismlarni arralab yoki avtogen bilan kesibtashlash kerak.
Bosib qolgan joylardan chiqarib olishdan oldin narkotik darmonlardan foydalanib og’riq qoldirish, shikastlangan oyoq-qo’llarni immobilizatsiya qilish kerak bo’ladi. Xuddi shunday yordam kuyish xolatlarida ham qo’llaniladi. Ayrim xollarda bosib qolgan joylardan oyoq-qo’llarni ajratib olish imkoniyati bo’lmasa, kesish (amputatsiya) masalalarini hal qilishga to’g’ri keladi. Yuk ostida qolgan oyoq-qo’llarni chiqarib olishdan avval ezilgan sohadan yuqoriroqqa jgut qo’yish kerak. Ko’pgina shikastlanganlarga, ya’ni bosqin ostida oyoq-qo’llari bosilib turgan, ammo qorin bo’shlig’i shikastlanish belgilari sezilmagan shaxslarga og’iz orqali suyuqlik yoki glukoza, limon kislotasining kaliyli eritmalarini yuborish mumkin.
Ko’p xollarda birinchi tibbiy yordam favqulodda xolatlarda qutulib qolganlar tomonidan o’z-o’ziga va o’zaro yordam ko’rinishida amalga oshiriladi, chunki har doim ham tibbiyot xodimlari yetarli bo’lmaydi. Bunga esa faqat axoli va yangidan tashkil qilinayotgan qutqaruv guruhlarini joylarda, avvaldan inson hayotini saqlab qolish bo’yicha birinchi tibbiy yordam ko’rsatish chora-tadbirlariga doimiy o’qitish bilangina erishish mumkin.
Bu dastur 6 ta asosiy elementdan iborat:
1) yuqori nafas yo’llarining o’tkazuvchanligini tiklash, jarohatlanganning boshini orqa tomonga maksimal egish, pastki jag’ni oldinga tortib barmoq bilan og’iz bo’shlig’i va tomog’ini yot jismlardan tozalash;
2) ekspirator sun’iy (og’izdan-og’izga yoki og’izdan-burunga) nafas berishni amalga oshirish;
3) tashqi qon ketishini bosuvchi bog’lam yoki jgut yordamida to’xtatish;

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin