6. Tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda xolatlarda axoli harakati.
Tabiiy ofatlar insoniyat boshiga og’ir kulfatlar soluvchi, ekologik muhitda, xalq xo’jaligiga beqiyos zarar yetkazuvchi xodisalar hisoblanib, har yili mamlakatimizning turli hududlarida turli shakllarda sodir bo’lib turadi. Masalan: Farg’ona vodiysi viloyatlarida sel kelishi, Xorazm va Toshkent viloyatlari hududlarida suv toshqini , Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida esa chang-to’zonli shamollar. Tabiiy ofatlar mamlakat miqiyosida ayniqsa xodisa ro’y bergan rayonlar uchun katta fojeadir. Tabiiy ofatlar natijasida mamlakatning iqtisodi oqsab qoladi, sababi ishlab chiqarish korxonalari ishdan chiqadi. Moddiy boyliklar yo’q bo’lib ketadi va eng achinarlisi odamlar halok bo’ladilar, uylari, mol - mulklari vayronaga aylanadi. Tabiiy ofatlardan zarar ko’rgan odamlar soni ko’p bo’lishi, shkastlar darajasi turli xil bo’lishi mumkin. Odamlar, eng ko’proq suv toshqinlaridan (40%), bo’ronlardan(20%), yer qimirlashi va qurg’oqchilikdan (15%) aziyat chekadilar. Qolgan 10% i esa tabiiy ofatlarning boshqa turlariga to’g’ri keladi. FV lar oqibatlari turli - tuman bo’lishi mumkin. Ular FV larning turiga, harakteriga va tarqalish hajmiga bog’liqdir. Shikastlanish o’chog’i shakli xavfli omil tabiatiga qarab doira shaklida – yer qimirlaganda, portlaganda, toshma shaklida - bo’ron, to’fon, suv toshqini, sel oqimi, vulqon oqimlari va boshqalar, noaniq shaklda - Yong’in, yer siljishi sifatida nomoyon bo’ladi. FV larda Himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baxolay olish, keltrib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatni bilib, uning oqibatlarini oldindan aytib berish mumkin. O’z vaqtida va aniq aytilgan ma’lumot samarali himoya uchun o’ta muhimdir. 3. Zilzila kuchi 2 xil o’lchov birligida o’lchanadi. Ballarda
2 Magnitudada Dunyoning juda ko’p davlatlarida yer silkinishi kuchi 12 balli xalqaro o’lchov birligida o’lchanadi. Ball – yer yuzasining tebranma harakat darajasini ko’rsatadi. Silkinishi kuchini ballarda o’lchashda “seysmograf” lardan foydalanib, tog’ jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi. Ya’ni yozib olingan “seysmagrammalar”orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu asosida seysmik to’lqin tezlanishini quydagi fo’rmula orqali hisoblab chiqarish mumkin. bunda