I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə302/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

1. Xabar berish usuli:



















ovozli (sirena, to’la ovoz signali va boshq.)

+

+

x

x

x

nutqli (maxsus matnlarni uzatish)





+

+

+

yorug’likli:



















a) yorug’likli pripiraydigan ko’rsatkichlar

x

x

x

x

x

b) “Chiqish” yorug’likli xabarlovchilari

x

+

+

+

+

v) harakat yo’nalishini statik ko’rsatkichlari



x

x

+

x

g) harakat yo’nalishini dinamik ko’rsatkichlari







x

+

2. Binoni yong’in haqida xabar berish hududlariga bo’linishi





x

+

+

3. Xabar berish hududlarining dispetcherlik- yong’in o’chirish posti xonasi bilan qarama- qarshi aloqasi





x

+

+

4. Har bir xabar berish hududidan evakuatsiyani boshqarishni bir nechta variantlarini amalga oshirishning imkoni







x

+

5. Yong’inda odamlar xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan binoning barcha tizimlarini,









+




XBEBTning tavsifi

Ko ‘rsatilgan tavsiflarning XBEBTning har xil turlarida mavjudligi

1

2

3

4

5

bitta dispetcherlik-yong’in o’chirish posti orqali, muvofiqlashtirilgan tarzda boshqarish
















Izoh: 1. + talab etiladi; * yo ‘l qo ‘yiladi; - talab etilmaydi.

  1. Alohida xabar berish hududlarida 3-5 turdagi XBEBT uchun ovozli xabar berish usulidan foydalanishga yo ‘l qo ‘yiladi.

  2. Qulog’i og’ir va qiyin eshitadigan odamlar mavjud bo’lgan (ishlaydigan, yashaydigan, bo’sh vaqtlarini o ‘tkazadigan) binolarda, yorug’likli yoki yorug ‘likli pripiraydigan xabarlovchilarni qo ‘llash talab etiladi.

  3. 3-5 turdagi XBEBT avtomatlashtirilgan tizimlarga tegishli.



XBEB tizimlari bilan jihozlash me’yorlari va talablari ШН^ 2.04.09-2007 "Бино ва иншоотларнинг ёнгин автоматикаси"ш 11-ilovasida, ШН^ 2.08.02-09* «Жамоат бинолари ва иншоотлари»ш^ 56-ilovasida va Ёнгин хавфсизлиги коидалари (ЁХ^) 01-97ning 3-ilovasida keltirilgan.
Yong’in xabarlovchisi bu - yong’in haqida odamlarga ommaviy xabar berish uchun mo’ljallangan moslamadir. Beradigan signallarining turiga qarab xabarlovchilar quyidagi ko’rsatilganlarga bo’linadi:

  1. yorug’likli;

  2. ovozli;

v) nutqli;
g) birga qo’shilgan.
Ovozli va nutqli xabarlovchilarning soni ularning joylashtirilishi va quvvati, odamlar doimo yoki vaqtinchalik bo’ladigan barcha joylarida ovozning yetarli balandligini va o’qilayotgan matnning eshitilishini ta’minlab berishi kerak. Ovozli xabar berish signallari boshqa ovozli signallardan ohangi bo’yicha farq qilishi kerak.
Xabar berish tizimini boshqarish radiouzel xonasidan mahalliy bo’lishi va dispetcher xonasidan yoki sutka davomida odam bo’ladigan boshqa xonadan distansion ravishda bo’lishi kerak.
Radiouzel xonasi binoning pastki qavatlarida zina kataklariga kiraverishda joylashgan bo’lishi kerak. Radiouzelning eshigi yong’inga qarshi bo’lishi va olovga bardoshlilik chegarasi 0,6 soatga teng bo’lishi zarur. Xonani pardozlashda yonuvchan materiallar ishlatilmasligi kerak.
Quyida xabar berish matnining namunasi keltirilgan.
"Diqqat! Xurmatli mehmonlar!
Mehmonxona ma’muriyati binoda yong’in sodir bo’lganligi haqida xabar beradi. Sizlardan, zina kataklari orqali binoning birinchi qavatiga tushishingizni so’raymiz. Koridorlar orqali harakatlanganingizda "Chiqish" degan yorug’likli ko’rsatkichlariga amal qiling. Mehmonxona xizmatchilarining ko’rsatmalarini bajarishingizni iltimos qilamiz. Bolalarga, qariyalar, ayollar va nogironlarga yordam bering. Evakuatsiyaning zarurligi haqida qo’shnilarni ogohlantiring!".
Yong’in bo’layotgan qavatdagilarga xabar berish matni (mustaqil tarzda evakuatsiya qlishning imkoni yo’qligida).
"Diqqat! Xurmatli mehmonlar!
Mehmonxona ma’muriyati binoda yong’in sodir bo’lganligi haqida xabar beradi. Sizlardan, osoyishtalik saqlashingizni, eshiklarni mahkam bekitishingizni va xonalarni tark etmasligingizni so’raymiz. Yong’inni bartaraf etish bo’yicha yong’in o’chiruvchilar muvaffaqiyatli ishlashmoqda. Bizning ko’rsatmamizni olgunga qadar, mustaqil harakatlarni bajarishga urinmang".
Lift hollari uchun xabar berish matni:
"Diqqat! Hurmatli mehmonlar!
Mehmonxona ma’muriyatining ko’rsatmasiga binoan, barcha liftlar pastki qavat holiga yo’naltirilgan. Yong’in yuz berganligi haqida xabar tushdi. Sizlardan, zina kataklari orqali binoning birinchi qavatiga tushishingizni so’raymiz. Zina kataklariga qarab harakatlanganingizda "Chiqish" degan yorug’likli ko’rsatkichlariga amal qiling.
O’zbekiston Respublikasida mavjud bo’lgan xorijliklar mehmonxonasida xabar berish matni o’zbek, rus, ingliz va nemes tillarida o’qilishi kerak.
3.Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
Tinchlik sharoitida eng ko’p uchraydigan baxtsiz hodisalarga: mexanik jarohat, kuyish, issiq va oftob urish, sovuq urish va umumiy muzlash, cho’kish va yer bosib qolishi tufayli bo’g’ilish, is gazidan zaharlanish, elektrdan jarohatlanish va chaqmoqdan shikastlanish kiradi.
Bu holatlarda birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifalari shikastlanganlar hayotini eng zarur chora-tadbirlar bilan saqlab qolish, ularning azoblanishini kamaytirish, kelib chiqishi mumkin bo’lgan asoratlarning oldini olish hamda kasallik va jarohat kechuvini yengillashtirishdan iborat. Birinchi tibbiy yordamni voqea sodir bo’lgan joyda shikastlanganning o’zi (o’z-o’ziga yordam) yoki boshqa kishi (o’zaro yordam) hamda maxsus o’rgatilgan shaxslar ko’rsatadi. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda tezlik bilan shikastlovchi manba (faktor)ni aniqlash, uni yo’qotish, har bir jarohatda tavsiya ilinadigan tibbiy yordam choralarini qo’ll ash, vrachni chaqirish yoki jarohatlanganni yaqin tibbiyot muassasasiga olib borish kerak. Ba’zi hollar (kuchli qon ketishb, og’ir suyak sinishlari, hushini yo’qotish, nafas olish va yurak faoliyatining to’xtashi va boshqalar)da shikastlanganlarga shu joining o’zida tezlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatmay turib, ularni tashish (transportirovka qilish) mutlaqo mumkin emas. Bunday hollarda reanimatsiya chora-tadbirlari kerak bo’ladi.
Reanimatsiya (jonlantirish) o’layotgan kishini hayotga qaytarishga, uning organ va to’qimalarida qaytmas o’zgarishlarning oldini olishga qaratilgan, zudlik bilan amalga oshiriladigan chora- tadbirlar majmuidir. Bunda, birinchi navbatda, shikastlanganlarning nafas olishi va qon aylanishini tiklashga va ushlab turishga erishiladi. Reanimatsiyaning murakkab bo’lmagan choralari (sun’iy nafas oldirish, bilvosita yurak massaji) har bir kishiga ma’lum. Shu bilan bir qatorda, ko’pgina hollarda shikastlanganlar qon to’xtatish, og’riq azobidan qutulish, suyagi singan qo’l-oyoqni harakatsizlantirish, yara, kuygan va sovuq urgan yuzalarni infeksiyadan himoyalash kabi har bir kishi amalga oshirishi mumkin bo’lgan yordamlarga muhtoj bo’ladilar. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish voqea sodir bo’lgandan so’ng, iloji boricha erta muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Kuchli qon ketishb, elektrdan shikastlanish, cho’kish, bo’g’ilish, yurak faoliyatining to’xtashi va boshqa qator holatlarda birinchi tibbiy yordam zudlik bilan, kechiktirmay ko’rsatilishi lozim.
Agar bir paytda bir necha kishi jarohat olsa, ko’rsatiladigan yordam muddati va ketma-ketligi aniqlanadi. Bolalarga va shoshilinch yordamga muhtoj kishilarga kerakli yordam birinchi navbatda ko’rsatiladi. Ko’p sonli va qo’shimcha jarohat olgan kishilarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda amalga oshiriladigan choratadbirlarning ketma-ketligi aniqlanishi kerak. Avval shikastlangan odam hayotini saqlab qolishga imkon beradigan yoki birinchi tibbiy yordamning keyingi chora-tadbirlarini qo’llash uchun shart bo’lgan usul-amallar bajariladi. Chunonchi, son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon ketib turganda, birinchi navbatda, hayot uchun xavfli bo’lgan qon ketishini to’xtatish, so’ngra jarohatga steril bog’lam qo’yish va undan keyingina oyoqni qimirlatmaydigan qilib bog’lashga kirishish kerak. Singan joyni hech qimirlamaydigan qilib qo’yish uchun esa maxsusshina bog’lash yoki qo’l ostidagi vositalardan foydalanish lozim Birinchi tibbiy yordamning hamma usul-amallarini ehtiyot bo’lib va avaylab bajarish lozim.
Qo’pol harakatlar qilinadigan bo’lsa, bu shikastlangan kishiga zarar qilishi va uning ahvolini yomonlashtirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, balki ikki yoki bir necha kishi ko’rsatadigan bo’lsa, u holda kelishib ish ko’rish kerak. Bunda yordam ko’rsatayotganlarning biri boshliq bo’lib, birinchi tibbiy yordamning barcha usul-amallari bajarilishiga rahbarlik qilib turishi lozim. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish sharoitida tashxis masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki o’z vaqtida va to’g’ri qo’yilgan tashxis kasallik yoki shikastlanish turini aniqlashga va shu asosda zarur yordam ko’rsatish tadbirlarining ketma- ketligi rejasini tuzishga imkon yaratadi. Tashhis kasallik yoki jarohatning sub’yektiv va ob’yektiv belgilarini aniqlash asosida qo’yiladi. Sub’yektiv belgilarga bemor yoki jarohatlanganning shikoyatlari (agar uning hushi joyida bo’lsa) kiradi. Ob’yektiv belgilarga esa kasallik va jarohatning tashqi belgilari yoki muayyan usuldagi yondashuv orqali aniqlanadigan, masalan, pulsni (tomir urishini) o’lchash, nafas olish va chiqarishning miqdori, reflekslar va boshqa belgilar kiradi. Kasallik yoki shikastlanishning ob’yektiv va sub’yektiv belgilari umumiy va shu holat uchun xos bo’lishi mumkin. Shu tufayli bu belgilarni aniqlash va taxmin qilish yo’li bilan dastlabki tashhisni qo’yish mumkin. Tashhis asosida esa zarur yordam turi ham aniqlanadi.
Birinchi yordam vositalari. Tez tibbiy yordam ko’rsatishda birinchi yordam vositalari qo’llaniladi. Ular tabel va qo’l ostidagi vositalarga bo’linadi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin