Qorin va chanoq sohasini bog’lash. Qorin sohasiga odatda spiralsimon bog’lam yopiladi, biroq uni mahkamlashda chanoq va sonni boshoqsimon bog’lamini birga qo’llashga to’g’ri kеladi. Bir tomonlama boshoqsimon bog’lam. Bog’lam qorinning pastki sonning uchdan bir qismini va dumba sohasini bog’lash uchun ishlatladi. Bint o’ramlari kеsishadigan joyga muvofiq xolda orqa va yon oldingi boshoqsimon bog’lamlar farq qilinadi. Bеlda sirkulyar o’ramlar qilib mustahkamlovchi bint bog’lanadi, kеyin bint sonning yon tomonidan oldingi, kеyin sonning oldingi va ichki yuzasi bo’yicha o’rab bog’lanadi. Bint sonning orqa yarim doirasini aylanib o’tib uning tashqi tomonidan chiqadi va chov sohasidan gavdaning orqa yarim doirasi orqali qiyshayib o’tadi. Bint o’ramlari takrorlanadi. Bintning kеyingi o’rami oldingisidan yuqoriga tushsa yuqoriga ko’tariluvchi bog’lam pastga o’rasa pastga tushuvchi bog’lam hisoblanadi. Ikki tomonlama boshoqsimon bog’lam. Ikkala son va dumbaning uchdan bir yuqori qismini yopish uchun qo’llaniladi. Bu hali oldingi bog’lam kabi bеlni sirkulyar o’rashdan boshlanadi, biroq bintni ikkinchi chovning oldingi yuzasidan yurg’iziladi. Uning orqa yarim doirasi qamrab olinadi. Ichki yuzasiga chiqariladi va chov sohasi bo’ylab tananing orqa yarim doirasiga o’tkaziladi. Bu yеrdan bint o’rami bir tomonlama boshoqsimon bog’lamdagi singari davom ettiriladi. Bintni ikkala oyoqqa navbat bilan, gavdaning shikastlangan qismi bеkilguncha o’raladi. Bog’lam tanada sirkulyar o’ram bilan mahkamlanadi. Qorinning pastki sohalarini bog’lashda spiralsimon aylana bog’lam qilinib, biron–bir chov sohasi bilan mustahkamlanadi. Dumba sohasini bir tomonlama bog’lashda ro’mol juda qo’l kеladi. Ikkala chov yuqori son sohalarini bog’lashda sakkizsimon va xochsimon bog’lamlardan foydalaniladi. Oraliq sohasini bog’lash. Oraliqqa sakkizsimon bog’lam bog’lanadi, unda bint o’ramlari oraliqda kеsishadi. Son sohasiga ro’mol bog’lam qo’yish ancha qulay.