I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Jaroxatlar asoratlarining oldini olish



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə317/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Jaroxatlar asoratlarining oldini olish. Har qanday jaroxat, hatto eng kichkinasi ham shikastlangan odamning hayoti uchun xavf tug’diradi. U har xil mikroblar yuqtiradigan manba bo’lib qolishi mumkin. ba’zi jaroxatlar esa bir talay qon ketib qolishiga sabab boiadi. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish mahalida ana shu asoratlar oldini olishning asosiy yo’li jaroxatga imkoni boricha ertaroq steril bog’lam qo’yib bog’lash, jaroxatga qo’l urish, uni ustidagi har qanday narsalar, kiyim-kechak parchalarini olib tashlash zarur, jaroxatni berkitish uchun sterillanmagan materialni ishlatish mumkin emas. Jaroxat iarga infeksiya yuqishiga qarshi kurashda aseptika va antiseptika usullari qo’llanishi maqsadga muvofiq.
Aseptika va antiseptika to’g’risida tushuncha. Aseptika-jaroxatga mikroblar tushishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida ko’riladigan chora-tadbirlardir, ya’ni u jaroxat infeksiyasining oldini olish, profilaktika usuli hisoblanadi. Jaroxatga uriladigan narsalarning hammasi steril (mikroblardan xoli) bo’lishi kerak, degan oddiy qoidani qo’llash bilan unga erishiladi. Jaroxatga qo’l urish, undagi narsalar, kiyim-kechak parchalarini yulib tashlash, jaroxatni bekitish uchun unga sterillanmagan materialni ishlatish mumkin emas.
Antiseptika deb jaroxatdagi mikroblar sonini kamaytirish yoki ularni yo’q qilishga qaratilagan chora-tadbirlarga aytiladi. Mexanik, fizik. kimyoviy va bilogik antiseptika usullari mavjud.
Mexanik antiseptika jaroxatlarni birinchi jarrohlik obrabotkadan o’tkazishdan iborat. Fizik antiseptika- mikroblarning yashab qolishi uchun jaroxatda noqulay sharoit yuzaga keltiradigan usullarni tatbiq etishdan iborat, yani jaroxatni quritish. unga drenaj qo’yish va jaroxat suvi, selining oqib chiqib turishini vitaminlash chorasi ko’riladi. Chunki quyosh nuri va sun’iy ultrabinafsha nur mikroblarni o’Idiradi.
Kimyoviy antiseptika mikroblarga qarshi har xil don vositalarini ishlatishga asoslangan. Bunday vositalar qatoriga yod, etil spirti. xloramin. kaliy permanganat eritmasi va boshqalar kiradi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin