I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


To’qimalarning shikastlanishi harakteri va chuqurligiga ko’ra 4 darajaga bo’linadi



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə329/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

To’qimalarning shikastlanishi harakteri va chuqurligiga ko’ra 4 darajaga bo’linadi:
Kuyishning 1-darajasi: Terining picha qizarishi va shishishi bilan ifodalanadi. Kuyishning bu darajasida teri kapilyarlari kengayadi va ularning o’tkazuvchanligi oshishi hisobiga qonning suyuq qismi atrofidagi to’qimalarga chiqadi. Bu 2-3 kun davom etadi, keyin epidermis ko’chib tushadi.
Kuyishning 2-darajasi pufaklar paydo bo’lishi bilan harakterlanadi. Pufaklar kuyishdan bir necha minut o’tkach paydo bo’lishi mumkin, terining yuza qatlami qavati jonsizlanadi, pufak yorilganda terining tiniq-qizil so’rgichsimon qavati ko’rinadi. Kuyish asoratsiz o’tganda 4-6 kunga kelib pufakdagi suyuqlik surilib ketadi.
Kuyishning 3 darajasi - terining barcha ichki qavatlarining jonsizlanishi bilan harakterlanadi. Kuygan yuzada to’q rangli po’stloq paydo bo’ladi. Po’stloq oqsillar koagulyatsiyasi (ivishi) va aylanishini tuxtashi hisobiga vujudga keladi. Kuyishning bu darajasida po’stloq ko’chgandan keyin u yer ikkilamchi chandiqli bo’lib bitadi.
Kuyishning 4-darajasi - teridan tashqari birmuncha ichkarida joylashgan to’qimalar (teri osti to’qimasi, mushaklar, suyaklar)ning jonsizlanishi kuzatiladi. Bu juda sekinlik bilan bitib, katta chandiqlar xosil bo’ladi. To’qimalarning ayrim joylari ko’chib, hatto oyoq- qo’llar o’z-o’zidan uzilib tushishi mumkin. Kuyishning klinikasi kuygan yuzaning darajasi va maydoniga bog’liq. Gavdaning 30% va undan ko’prog’i kuysa, kuyish kasalligi kelib chiqadi va bunda bemor o’lishi ham mumkin.
Kuyishda birinchi yordam ko’rsatish: Yordamning asosiy maqsadi termik omil ta’sirini yo’qotishdir, kuyishda aseptik bog’lam qo’yiladi, og’riqsizlantiruvchi dori yoki narktiklar yuboriladi, gavdaning shikastlangan qismi immobilizatsiya qilinadi va shok profilaktikasi o’tkaziladi. Agar havo sovuq bo’lsa bemor issiq qilib o’rab qo’yiladi va davolash muassasasiga olib boriladi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin