TABIIY VA IS GAZLARI BILAN BOG’LIQ SODIR BO’LISHI MUMKIN BO’LGAN ZAHARLANISH XOLATLARINI OLDINI OLISH VA JAROHATLANGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH
TABIIY VA IS GAZLARI BILAN BOG’LIQ SODIR BO’LISHI MUMKIN BO’LGAN ZAHARLANISH XOLATLARINI OLDINI OLISH VA JAROHATLANGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH.
Reja: 1.Tabiiy va is gazlari bilan bоg`liq bo`lgan zaharlanish hоlatlari haqida umumiy ma’lumotlar. 2. Nosoz, nostandart, qo’lbola yasalgan isitish va gaz moslamalari. 3. Tabiiy va is gazlari bilan bоg`liq bo`lgan zaharlanish hоlatlari yuzaga kelganda yordam berish.
Ma’lumki, qish mavsumida ob-havoning sovushi natijasida axoli o’rtasida yalpi isitish moslamalaridan foydalanish boshlanadi. Turli xildagi yonilg’i mahsulotlarini ishlatish vaqtida xavfsizlik va texnika qoidalariga rioya qilmaslik natijasida, yoqilg’ilarning chala yonishi oqibatida is tegishi – is gazidan zaharlanish kabi inson hayoti va salomatligi uchun xavf tug’diruvchi xolatlar yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa xozirgi kunda bozor va tijorat do’konlarida sifat sertifikatlari mavjud bo’lmagan ravishda sotilayotgan qo’lbola yasalgan nostandart gaz, elektr uskunalarini axolimiz tomonidan o’zlari tushunmagan xolda narxi arzon bo’lganligi sababli kundalik turmush tarzida foydalanish maqsadida sotib olmoqdalar. Kundalik turmush tarzida isitish moslamalaridan noto’g’ri foydalanishda, isitish moslmasidagi yonilg’i to’la yonib bo’lmasidan mo’ri qopqog’i berkitib qo’yilganda, mo’ri yaxshi tutun tortmaganda, engil avtomobillarda motorni ishlatib qo’yib eshik derazalarni yopib uxlaganda is tegishi mumkin. Ishlab chiqarish binolarida is tegishining oldini olish uchun ish hududidagi is gazining konsentratsiyasi 20 mg/m3 dan oshmasligi lozim. Is tegishi xususiyati – is gazining havodagi konsentratsiyasiga, uning odamga qanchalik uzoq ta’sir etishi va is tekkan kishining individual ta’sirchanligiga bog’liq. Is gazi (CO)-rangsiz zaharli bo’g’uvchan gaz. Ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan gazda ko’p miqdordais gazi bo’ladi. Is gazining nafas yo’llari orqali organizmga kirib, qizil qon tanachalaridagi gemoglabin bilan birikishidan karboksigemoglabinning faoliyati buziladi. Bu modda kislorodni biriktira olmaydi, natijada odam to’qima va hujayralarida, birinchi galda nerv hujayralarida kislorod yetishmovchiligi kelib chiqadi. Natijada to’qima va hujayralarning nafas olishi va organizm barcha organlarining faoliyati buziladi.