jomadon, sumkaga solingan portlovchi moddaning xavfli maydoni 350-400 metr;
avtomobilga qo’yilgan portlovchi moddaning xavfli maydoni 50300 metr;
"o’lim belbog’i"ning xavfli maydoni 50-300 metr.
Terrorchilar tomonidan keng qqllanilayotgan qurollardan biri tuproq ostida portlatiladigan mina va fugaslar hisoblanadi. Fugas yoki mina tipidagi portlovchi moddalarni mina izlovchi jixozlar yordamida topish mumkin emas. Chunki bunday tipdagi portlovchi qurilma plastik materiallardan yasalgan bo’lib, uni faqat saperlarning mahsus tayoqchasi yordamida aniqlash mumkin. Buni aniqlash jarayoni o’ta xavfli bo’lib, kichik bir hato ham inson hayotiga xavf solishi ehtimoli juda yuqori.
terroristik harakatlar qonun ustivor bo’lmagan, o’zaro jipslashmagan, rivojlanish darajasi ancha past bo’lgan hududlarda shakllanadi;
birinchi bo’lib o’zi shakllangan, birlashgan hududni o’z tasarrufiga olishga harakat qiladi;
s) o’ziga rivojlangan mamlakatlarda xomiy izlashga harakat qiladi va har qanday xomiy yordamini rad etmaydi; tarqibotni har qanday usullardan: reklamalardan, matbuot, materiallaridan, og’zaki tashviqotlardan, turli mish - mishlardan va yolg’on gaplar tarqatishdan o’z maqsadlari uchun samarali foydalanishga urinadilar.;
ular o’zini portlatib yuboradigan (kamekadze) lar guruhini tayyorlaydi va o’z harakatlarini bilvosita amalga oshiradi;
ular xozirgi kunda fan, tehnika va tehnologiyalar yutuqlaridan foydalanib, terrorizmni "global" muammolarga aylantirishga urinadilar;
g) ular o’zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga olish yoki nazoratda ushlab turgan xolatda keng jamoatchilikni qo’rqitish, vahimaga solish, bo’ysudirish maqsadida ko’proq kuchli rivojlangan mamlakatlarda terroristik harakatlarni amalga oshiradilar va bu bilan o’zlarini namoyish etishga urinadilar. (masalan, Saudiya Arabistonning "Al - Qoida", Iordaniyaning "Xamas", Ispaniyaning "Eta" terroristik ayirmachilik guruhlarining harakatlarini aytish mumkin). Ayni paytda terrorizmning ham muhim jihatlari mavjud. Bu hususiyatlar hususida AQSH davlat departamentining 1999 yildagi global terrorizm to’g’risidagi ma’ruzasida ko’rsatib o’tilgan.Bular quyidagilardan iborat: