yahshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan xalqaro jinoiy uyushmaga aylanishi. Bularni mahalliy xomiy davlatlar qo’llab - quvvatlab turadilar
yahshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan xalqaro jinoiy uyushmaga aylanishi. Bularni mahalliy xomiy davlatlar qo’llab - quvvatlab turadilar;
siyosiy terrordan diniy yoki g’oyaviy asoslari ustun bo’lgan terrorizmga aylanishi;
terrorizm markazining Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, hususan, Afg’onistonga ko’chishi, terroristik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz harakat qilishi mumkin bo’lgan mintaqalardan joy qidirishi;
moliyalashtirishning hususiy xomiylar, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy savdo - sotiq kabi manbaalaridan foydalanishi kabi hususiyatlari ko’rsatib o’tilgan.
Bularning ichida xalqaro terrorizmning eng asosiy va xavfli hususiyatlaridan biri, "zo’rlik - davlatni qulatvuchi va xokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi, parokandalikka olib keladi" - degan g’oyaga asoslanib harakat qilishdir. Bunda siyosiy masalalarni zo’rlik yo’li bilan hal qilishga harakat qilinadi. Bu haqda, amerikalik mutahassis B. Jenkins "Terrorizm eng avvalo, qurbonlardan ko’ra, guvohlarga qaratilgan va vahima uyg’otishga yo’naltirilgan zo’rlik" deb baxolaydi. Boshqa bir amerikalik siyasatshunos J. Lonsning ta’rifiga ko’ra, terrorizm bevosita qurbonlardan ko’ra ko’proq odamlar fikriga ta’sir o’tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir. Demak, har bir Terrorchilik hurujining maqsadi - davlat to’ntarishini amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishga asoslanadi. Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari. Xalqaro terrorizm -bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizmdir. Bu odamlarning behuda halok bo’lishiga olib keluvchi, davlatlar va ularni rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o’rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va qilmishlar yig’indisidir. Xalqaro terrorizm XX asrning 60 - 70 yillariga kelib o’zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o’z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko’rsata boshladi. Xalqaro Terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obro’ga ega bo’lgan siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug’ullana boshladilar. 80 yillarga kelib xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.