I. D. Boboev X. O. Abdullayev a. Sh. Otajonov amaliy algologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlari uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma Toshkent – 2021



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/77
tarix04.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#138076
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Amaliy algologiya Amaliy mashg\'ulot

 
4. 
4.1. 
Mustaxkamlash va baholash bosqichi 
Berilgan ma‘lumotlarni talabalar tomonidan o‘zlashtirilganligi aniqlash 
uchun quyidagi savollar beriladi 
-
Mikrоsuvo‘tlarni davriy o‘stirish 
 
-
Mikrооrganizmlarni dоimiy ko‘paytirish
 
-
Uzluksiz o‘stirish tizimlarining klassifikasiysi
 
O‘qituvchi 
15 minut
 
5. 
5.1. 
5.2. 
5.3. 
O‟quv mashg‟ulotini yakunlash bosqichi: 
Talabalar bilimi tahlil qilinadi 
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi 
O‘qituvchi o‘z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o‘zgartirishlar kiritadi
 
O‘qituvchi 
10 minut
 
 
Ishni bajarish tartibi. 
Mikrоsuvo‟tlarni davriy o‟stirish
Ekiladigan materiallar olishda, ko‘pincha 
davriy o‘stirish usulidan foydalaniladi. Buning mohiyti shundan iboratki, 
mikrоsuvo‘tlarning o‘sish davrida tashqaridan qo‘shimsha ozuqa moddalari 
qo‘shib borilmaydi, shuningdek olib tashlanmaydi ham. Bunday sharoitda 
mikrоsuvo‘tlar ma‘lum rivojlanish siklini bosib o‘tgan holda o‘sadi va ko‘paydi. 
Rivojlanish sikli fazalar va davrlar almashinuvi bilan belgilanadi. Fazalarning birin 
ketin almashinish jarayonlari chizmalarda ifodalanishi mumkin. Agar, ekilgan 
vaqtda idishdagi hujayralar soni aniqlansa, ma‘lum bir vaqtda ma‘lum miqdordagi 
hujayralar soni paydo bo‘ladi. Hujayra sonini (yoki ularning umumiy og‘irligini) 


94 
abssisaga, o‘tgan vaqtni esa ordinataga qo‘yib chizma chizilsa, mikrоsuvo‘tlarning 
qanday ko‘payganligi to‘g‘risidagi axborot olinadi (1-diogramma). 
Mikrоsuvo‟tlarni davriy ustirish 
chizmasi. 
х – biomassa miqdori ( 1 ml dagi 
mikrob hujayralar miqdori); 
t- vaqt, soat;
I – lag-faza;
II – tez rivojlanish fazasi;
III – eksponilsial faza;
IV – sekin rivojlanish fazasi;
V – statsionar faza;
VI – nobud bo‘lish fazasi. 
Ushbu qiyshiq shiziqni mikrоsuvo‘tlarni o‘sish qiyshiq chizig‘i deyiladi va u 
bir nesha faza va davrlarga bo‘linadi.
I- faza
- Dastlabki yoki birinchi faza lag faza yoki moslashuv fazasi deb 
ataladi. Bu faza muxitga mikrоsuvo‘ti tashlangandan, mikrоsuvo‘tlarni ko‘payish 
davri boshlangangacha davom etadi. Bu davr ichida mikrоsuvo‘tlar yangi muhitga, 
ya‘ni sharoitga moslashadi (adaptasiya).
Ushbu fazaning tuzilishi mikrоsuvo‘tlarning fiziologik o‘sish xosligiga, ekuv 
va ozuqa muhitining tarkibi va sifatiga, hamda o‘stirish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bu sharoitlar qanchalik farq qilsa (mikrob oldin o‘sib turgan sharoitdan), hamda 
qanchalik ekuv materiallarini miqdori ko‘p bo‘lsa, bu fazaning o‘sish davri 
shunchalik qisqa bo‘ladi. Hujayra tashqarisida unchalik o‘zgarish kuzatilmasa 
ham, hujayra ishidagi biokimyoviy jarayonlarda o‘zgarish bo‘lib o‘tadi.
Hujayrada ribosomalar soni va oqsil miqdori ko‘paydi, fermentlar tizimi 
faollashadi. Dastlabki davrda mikrob populysiylari ko‘paymagan holda hujayra 
hajmi kengaydi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin