94
abssisaga, o‘tgan vaqtni esa ordinataga qo‘yib chizma chizilsa, mikrоsuvo‘tlarning
qanday ko‘payganligi to‘g‘risidagi axborot olinadi (1-diogramma).
Mikrоsuvo‟tlarni davriy ustirish
chizmasi.
х – biomassa miqdori ( 1
ml dagi
mikrob hujayralar miqdori);
t- vaqt, soat;
I – lag-faza;
II – tez rivojlanish fazasi;
III – eksponilsial faza;
IV – sekin rivojlanish fazasi;
V – statsionar faza;
VI – nobud bo‘lish fazasi.
Ushbu qiyshiq shiziqni mikrоsuvo‘tlarni o‘sish qiyshiq chizig‘i deyiladi va u
bir nesha faza va davrlarga bo‘linadi.
I- faza
- Dastlabki yoki birinchi faza lag faza
yoki moslashuv fazasi deb
ataladi. Bu faza muxitga mikrоsuvo‘ti tashlangandan, mikrоsuvo‘tlarni ko‘payish
davri boshlangangacha davom etadi. Bu davr ichida mikrоsuvo‘tlar yangi muhitga,
ya‘ni sharoitga moslashadi (adaptasiya).
Ushbu fazaning tuzilishi mikrоsuvo‘tlarning fiziologik o‘sish xosligiga, ekuv
va ozuqa muhitining tarkibi va sifatiga, hamda o‘stirish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Bu sharoitlar qanchalik farq qilsa (mikrob oldin o‘sib turgan sharoitdan),
hamda
qanchalik ekuv materiallarini miqdori ko‘p bo‘lsa, bu fazaning o‘sish davri
shunchalik qisqa bo‘ladi. Hujayra tashqarisida unchalik o‘zgarish kuzatilmasa
ham, hujayra ishidagi biokimyoviy jarayonlarda o‘zgarish bo‘lib o‘tadi.
Hujayrada ribosomalar soni va oqsil miqdori ko‘paydi,
fermentlar tizimi
faollashadi. Dastlabki davrda mikrob populysiylari ko‘paymagan holda hujayra
hajmi kengaydi.
Dostları ilə paylaş: