I. D. Boboev X. O. Abdullayev a. Sh. Otajonov amaliy algologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlari uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma Toshkent – 2021



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/77
tarix04.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#138076
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Amaliy algologiya Amaliy mashg\'ulot

II- faza
o‘sishning tezlanish yoki o‘tish davri deb ataladi. Bu fazada 
hujayraning bo‘linishi boshlanadi, hujayrada nuklein kislotalari, oqsil miqdori 
(DNK, RNK) oshadi va hujayra hajmi kengaydi. Hujayra sathining uni hajmiga 
nisbati ma‘lum darajaga yetganda, hujayra bo‘linishi boshlanadi, oqibatda 
mikrоsuvo‘tlar soni va uni o‘sishi ortib boradi. Bu faza unchalik uzoq davom 
etmaydi.
III- faza
- hujayra sonining o‘ta faol ko‘payish fazasi. Bu faza eksponensial 
yoki lagorifmik faza ham deb ataladi. Bu faza mikrоsuvo‘tlar butunlay moslashib 
olgandan keyin, uning rivojlanishi va ko‘payishi ozuqa muhitidagi moddalarni 
kamayishiga hamda hosil bo‘ladigan moddalar miqdorini oshib borishiga e‘tiborsiz 
vaqtda sodir bo‘ladi. Mikrоsuvo‘tlarning o‘sish jarayonlarini o‘rganilganda 
o‘sishni absolyut va solishtirma tezligini farqiga yetish kerak. 


95 
IV - faza
- o‘sishning sekinlashuv fazasi yoki o‘sish tezligining susayishi. Bu 
fazada eksponensial fazadan farqli o‘laroq, hujayralar har xil bo‘lib qoladilar. 
Bunga asosiy sabab turli xil noxush faktorlar ta‘siri (ozuqa moddalar miqdorining 
kamayishi, metabolitlar miqdorining ko‘payishi va x.k.) ortib boradi. Bularning 
barchasi nafaqat o‘sish tezligining pasayishiga, balki hujayralarning barbod 
bo‘lishiga, hatto lizisga (erib ketish) olib keladi. 
V - faza
- stasionar faza. Bu fazada mikrоsuvo‘tlarning biomassa hosil qilish 
qobiliyti deyrli to‘xtaydi. 
Shuni ham aytib o‘tish lozimki, ba‘zi bir (ko‘p bo‘lmagan) mikrоsuvo‘tlarni 
ko‘payishi sekin davom etganligi sababli, bu fazada ham o‘ta sekinlik bilan 
biomassaning to‘planishi kuzatilishi mumkin. Ammo, ko‘payish bilan o‘lish 
jarayonlari tabora bir birlariga yaqinlashib borganligi sababli yuqoridagi tenglama 
o‘z o‘rnini topadi. O‘sishning stasionar fazasiga etgan mikrоsuvo‘tlar eng ko‘p 
miqdorda biomassa yoki hujayra to‘plagan bo‘ladi. Bu ko‘rsatkishlar hosildorlik 
deb ataladi. Amaliyot nuqtai nazaridan, iqtisodiy koeffisent degan ibora katta 
ahamiyt kasb etadi. Bu ko‘rsatkich hosil bo‘lgan mikrоsuvo‘tlar og‘irligi bilan 
ishlatilgan substratlar miqdorini solishtirish imkonini beradi:
Stasionar fazaga hujayralarning xilma xilligi xarakterlidir. Bu davrda bir 
necha ko‘payishga imkoniyt bor hujayralar qatori, ko‘payish xususiytini 
yo‘qotgan, ammo hozircha tirik, shuningdek o‘lik va lizisga ushragan hujayralar 
mavjud bo‘ladi.
VI - faza
-o‘lish yoki qirilish fazasi ham deb ataladi. Bu faza, o‘layotgan 
hujayralar soni, ko‘payishga qodir hujayralar sonidan ortgan davrdan boshlanadi. 
Hujayra yashashi uchun sharoit yo‘q, barcha zaxiradagi moddalar ishlatilib 
bo‘lingan bo‘ladi. Mikrоsuvo‘tlarni davriy ko‘paytirish usuli, keyingi asosiy 
fermentasiya qaysi usulda olib borilishidan qat‘iy nazar ekuv materiallari 
tayyorlash uchun keng qo‘llaniladi. Doimiy ko‘paytirishning afzalliklaridan qat‘iy 
nazar, ko‘pgina sanoat jarayonlari hanuzgacha davriy ko‘paytirish usulida olib 
boriladi. Bunga asosiy sabab mikrоsuvo‘tlarni xususiytlarini o‘ta murakkab va tez 
o‘zgaruvshanligidir. Shuning uchun ham mikroorganizmlarning ko‘payishi va 
rivojlanish fazalarini yaxshi tahlil qilish, ular ishtirokidagi texnologik jarayonlarni 
muvaffaqiytli olib borishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin