2.2. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MILLIY MADANIYATNI YANA-DA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yana-da rivojlantirish, yangi Oʻzbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targʻib etish, xalq ogʻzaki ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini yana-da ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini taʼminlash, madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan:
birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ–4038-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yana-da rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsepsiya) va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi;
ikkinchidan, madaniyat va sanʼat tashkilotlarining “doʻstlar klublari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha mutlaqo yangicha samarali tizim yaratildi;
uchinchidan, muzeylar renovatsiya dasturi qabul qilindi, oʻzbek xalqining koʻhna va betakror sanʼati namunasi boʻlgan “Xorazm lazgisi” YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritildi;
toʻrtinchidan, madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish boʻyicha milliy maktab, shuningdek, xalq cholgʻulari, milliy raqs, maqom yoʻnalishlarida respublika koʻrik-tanlovlari qayta tiklandi;
beshinchidan, mamlakatimizda muntazam ravishda oʻtkaziladigan Xalqaro maqom sanʼati anjumani, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor sanʼati festivali hamda “Raqs sehri” xalqaro festivali tashkil etilib, oʻzbek mumtoz va folklor sanʼatining noyob namunalari va anʼanalarini hamda madaniy muloqotni yana-da rivojlantirish boʻyicha samarali tizim yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, Konsepsiyani amalga oshirish, sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashning yaxlit tizimi yaratilmagan.
Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, buning uchun respublikaning barcha hududlarida teatr, muzey, koʻchma sirk vahayvonot bogʻlari faoliyatini doimiy ravishda yoʻlga qoʻyish dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.
Yuqoridagi vazifalarni samarali amalga oshirish, madaniyat
va sanʼat sohasidagi islohotlarni jadal davom ettirish, madaniyat organlari va muassasalari faoliyatini yana-da takomillashtirish, shuningdek, 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: |