5.1.3.1-chizma.
Iqtisodiy axborotlarning tasnifi
www.sies.uz
Page 80 of 356
81
Iqtisodiy axborotlar
Іududiy
shakllanishi
bo‘yicha
Shakllanish stadiyalari
bo‘yicha
haraka-ti
bo‘yicha
Mazmu-ni
bo‘yicha
Rasmiylashti-rish
shakllari bo‘yicha
(hisobot turlari)
Ichki
Birlamchi (to‘g‘ridan-
to‘g‘ri kuzatiladigan)
Kirish
Nazariy
Tezkor
Tashqi
Ikkilamchi (hisobotlar,
statistik ma’lumotlar)
Chiqish
Stra-tegik
Statistika
Kon’yukturaviy
(holatni
bildiruvchi)
Buxgalteriya hisobi
Tezkor
Tanlab olingan (kuzatish
yo‘li bilan)
Rejalar, normativ
va normalar
Muddatga
Іisobotlar
5.1.4. Iqtisodiy axborotlar tarkibida statistikaning ahamiyati
Jamiyatda hodisalar va jarayonlarni son ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi
axborotni ahamiyati nihoyatda yuqori ekanligini hamma ham tushunib, unga
www.sies.uz
Page 81 of 356
82
e’tibor bera olmaydi.
Іayotda nama’lum narsalar ko‘p. Bizni qamrab olgan atrof-muhitni o‘rganish
uchun statistik fikrlashni ahamiyati katta. Statistik savodxonlik bozor iqtisodiyoti
sharoitida nafaqat boshqaruv apparati xodimlari uchun, vaholanki u har bir jamiyat
a’zosi uchun ham zaruriyatdir. Masalan: oila byudjetini hisob-kitobini oling,
daromadi va harajatalrini har bir oila har kuni hisob-kitobini olib boradi. Bunda
oddiy arifmetika emas, statistik hisob-kitob ishlatiladi.
Statistika tarixi insoniyat taraqqiyoti bilan bog‘liq. Eramizdan oldin 2238
yilda hitoyda aholi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar bizgacha
yetib kelgan.
Bibliyani Moisey to‘g‘risidagi 4-kitobida «Chislo», ya’ni «Son» bo‘limida
qurol-yaroq ishlata biladigan erkaklarni hisoblaganligi to‘g‘risida ma’lumot
beriladi.
Umuman «Statistika» qadimda italiyancha “Stato” yoki “Stati” so‘zidan
olingan bo‘lib «davlat» mazmunini bildirgan. Shu sababli davlat siyosatini,
umuman siyosatchilarni “Statista” deb atashgan.
Keyinchalik XVII asrlarga kelib Statistika fani vujudga kelgan. Statistikani
iqtisodiyotni boshqarishdagi ahamiyati juda katta, ayniqsa hozirgi kunda, bozor
iqtisodiyoti shakllanib borayotgan davrda.
Bejiz emaski, respublikamizda mustaqillikni boshlang‘ich davrida bozor
iqtisodiyotini shakllantirishni huquqiy asoslarini yaratish davrida, Respublika
Konstitutsiyasi (1991 y.), «Mulk to‘g‘risida»gi qonun (1990 y.), «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar (1991 y.)
qatorida O‘zbekiston Respubilkasi Oliy Kengashining 28 sentyabr 1993 yil XIII
sessiyasida «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Ushbu «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi qonunda mamlakatimizda
rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy holatini belgilovchi yagona statistika tizimini
vujudga keltirish, uni faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari,
vazifalari va mas’uliyatlari belgilab qo‘yilgan.
1993 yilgacha respublikada Sobiq Sovet ittifoqini «Xalq xo‘jaligi balansi»
www.sies.uz
Page 82 of 356
83
(XXB) hisobot va statistika ko‘rsatkichlar tizimi amaliyotda qo‘llanib kelingan. U
bozor munosabatlarini to‘laligicha belgilab bera olmaydi. Chunki mulk shakllari,
xalq xo‘jaligi tarkibi o‘zgardi.
Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan, ishlab chiqarish
markazlashgan rejalashtirish, resurslarni markazlashgan taqsimoti uni yadrosini
tashkil qiladi.
Bu tizimda faqat moddiy ishlab chiqarish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan
xizmat ko‘rsatish sohalari hisobga olingan.
Aholiga xizmat ko‘rsatish, bank, moliyaviy xizmat ko‘rsatish, meditsina
xizmati, ma’rifat-fan, madaniyat va shu kabilar ikkilamchi, yalpi milliy daromad
yaratishda qatnashishmaydi, deb hisoblangan. Natijada ularni daromadi
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topmagan.
Bu esa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni chet el bilan solishtirish imkonini
bermaydi. Unda davlatning moliyaviy ahvolini, pul muomalasi va kredit holatini,
ishbilarmonlik, vositachilik singari bozor tarkibini belgilovchi iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini yo‘qligi, statistik metodlarda yuz berayotgan o‘zgarishlarni yetarli
darajada kuzatilmasligi natijasida, iqtisodiy va siyosiy islohot jarayonnining
borishini va natijalarini tizimli tahlil qilish imkoniyatini og‘irlashtiradi, ijtimoiy va
iqtisodiy boshqaruvning samaradorligini pasaytiradi.
XXB – yalpi statistik kuzatishga asoslangani uchun yangi (barcha mayda
xo‘jaliklarni) vujudga kelgan xo‘jaliklarni bu uslub orqali amaliy jihatdan hisobga
olib bo‘lmaydi. Chunki, u katta mablag‘ talab qiladi.
XXB asosan davlat boshqaruv organlari, tarmoq, vazirliklarni va idoralarni
boshqaruv vazifasini bajarishga qaratilgan faoliyatlarini axborot bilan ta’minlagan.
Endi ishbilarmonlarni, olimlarni, assotsiatsiyalarni va fondlarni, aholini va
chet ellik iste’molchilarni (investorlari va h.k.) statistik axborot bilan ta’minlash
zarur.
Jahonning 150 dan ortiq mamlakatalrida «Milliy hisoblar tizimi» (MhT)
amaliyotda qo‘llanib kelinayapti.
MІT – yaxlit jamlama iqtisodiy-statistik ko‘rsatkichlar to‘plami bo‘lib,
www.sies.uz
Page 83 of 356
84
tayyor mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, yalpi MD-ni yaratish,
taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol jarayonlarini o‘zida mujassamlashtirgan
hisobot va statistika tizimidir. Bunda ishlab chiqarish bilan bir xil uslubda xizmat
ham MD yaratishda hisobga olinadi va o‘rganadi.
1993 yili BMT-ning statistika komissiyasi tomonidan MhT ishlab chiqilgan.
Statistika insoniyat jamiyati tarixida doimo jamiyatdagi tarmoqlar va
sohalardagi, regiondagi, korxonadagi hodisalar va jarayonlarni kuzatish (son va
sifat jihatidan) va tahlil qilish vazifasini bajarib kelgan.
Іozirgi zamonda statistika davlatni, biznesni va aholini axborot bilan
ta’minlovchi tizimga aylangan.
Statistik ma’lumotlar har xil darajadagi tashkilotlar, faoliyat sohalari uchun
zarurdir. Ular davlatga, xususiy korxonalarga, notijorat, nodavlat tashkilotlarga,
o‘quv yurtlariga, ilmiy tadqiqot muassasalariga va boshqalarga faoliyat yuritish
uchun eng muhim vositadir. Masalan: Davlat, statistik ma’lumotlar asosida zaruriy
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarga ta’luqli qarorlar qabul qiladi,
dasturlar ishlab chiqadi va h.k.
Bundan tashqari qonunda xo‘jalik sub’ektlari (korxonalar, tashkilotlar,
yuridik shaxslar)ning davlat statistika organlariga xo‘jalik faoliyatlarini belgilovchi
xo‘jalik hisobot ko‘rsatkichlarni aniq, mukammal va o‘z vaqtida yetkazishlari,
hisobot ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri va to‘laligini ta’min etishga mas’ul ekanliklari,
hisobot ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida bermaganliklari va noaniq berganliklari uchun
qonun oldida javobgarliklari belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunda davlat statistika
organlarining xo‘jalik birliklari oldidagi mas’uliyatlari ham belgilab qo‘yilgan.
Chunonchi, olingan axborotlarni yakka holda chop etmaslik va boshqa xo‘jalik
birliklariga bermaslik, bu axborotlarni faqat jamlama axborotlarni tayyorlashda
ishlatish, xo‘jalik birliklarining ishlab chiqarish quvvatlarini belgilovchi va tijorat
siri hisoblangan axborotlarni tarqatmaslik davlat tomonidan kafolatlanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, statistika axborotlarining hayotimizda bo‘layotgan
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni to‘la aks ettirishdan davlat bilan bir qatorda tovar
ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar (ishlab chiqaruvchilar)
www.sies.uz
Page 84 of 356
85
manfaatdordirlar. Chunki, ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlarini iqtisodiyotning
qaysi sohada rivojlantirishlarini, qanday tovar ishlab chiqarish va xizmat turlari
ko‘rsatish bo‘yicha iqtisodiy jihatdan manfaatliroq ekanligini, ichki va tashqi bozor
kon’yukturasini o‘rganishga oid axborotlarni statistika orqali bilib oladilar.
Statistika axborotlarining to‘laligi va mukammalligi ishlab chiqaruvchilarga va
aholiga mamlakatda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning yo‘nalishlari, moliya, pul,
kredit bozorida muhim axborotlar, mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari, uning
kuch qudrati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beradi.
Yuqorida keltirilgan qonunga muvofiq bozor iqtisodiyotiga mos yangi
makroiqtisodiy milliy schetlar tizimi (Milliy schetlar tizimi – MST) amaliyotga
joriy qilindi. Iste’mol baholari indeksi (oldingi ulgurji baholar indeksi o‘rniga) va
ishlab chiqaruvchilar bahosi indeksi metodologiyasi joriy qilindi. Baholar
statistikasi tashkil qilindi. Mehnat, ish haqi ,ishchi kuchi ko‘rsatkichlari bo‘yicha
statistika metodologiyasi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) takliflari asosida
tashkil qilindi. Uy xo‘jaligi byudjetini kuzatish dasturi ishlab chiqildi. Unda
aholining
daromadi
va
harajatlari
Jahon
banki
konsepsiyasi
asosida
tabaqalashtiriladi. Statistika amaliyotiga tashqi savdo va bojxona statistikasi,
noformal iqtisodiyotni hajmini hisobga olish va boshqalar joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida statistikani huquqiy asoslarini yanada
takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqib, o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
2002 yil sentyabrda «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi yangi qonunini qabul qildi.
Tayanch iboralar: Iqtisodiy ish, iqtisodiy xizmat, axborot, tahlil, bozor
kon’yukturasi, statistika, ko‘rsatkich.
Takrorlash uchun savollar.
1. Iqtisodiy ishni mazmunini yoriting?
2. Iqtisodiy xizmat nima va qanday vazifalar bajaradi?
3. Iqtisodiy tahlil mazmunini yoriting?
4. Iqtisodiy tahlil qanday vazifalar bajaradi?
5. Iqtisodiy tahlil usullariga tushuncha bering?
www.sies.uz
Page 85 of 356
86
6. Axborot nima?
7. qanday axborotlar turlari mavjud?
8. Axborotlar qanday alomatlar bo‘yicha tasniflanadi?
9. Ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz?
10. Єanday ko‘rsatkichlarni bilasiz?
11. O‘zbekiston Respublikasida axborotlari to‘g‘risida qanday tizim ishlatiladi?
Uni mazmunini yoritib bering?
12. Statistikani iqtisodiyotdagi ahamiyatini yoritib bering?
13. Statistika to‘g‘risida qabul qilingan qonunda qanday vazifalar qo‘yilgan?
14. Statistikani takomillashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirilgan?
Dostları ilə paylaş: |