Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/94
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#127562
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

 
 
5.1.3. Iqtisodiy axborotlar tushunchasi, 
turlari va ahamiyati 
Axborot qabul qiluvchiga uch xil tushunish filteri orqali yetkaziladi, ya’ni 
qabul qilish, tushunish va baholash. Shu nuqtai nazardan axborot, qaror qabul 
qilish yoki biron bir vazifani bajarish uchun foydali bo‘lgan, qabul qilingan
www.sies.uz
Page 78 of 356 


79
tushunilgan va baholangan yangi bilimlar qatoriga kiradi.
Axborotlar deganda boshqaruvchi va boshqaruvchilar, xo‘jalik sub’ektlari 
orasida sirkulyatsiya qilib turadigan, tabiat, jamiat va ijtimoiy hayotda ro‘y 
berayotgan jarayonlar, hodisalar, munosabatlar xususiyatlari to‘g‘risida boshqaruv 
qarorlari qabul qilish, texnik-iqtisodiy hisobotlarni asoslash uchun zarur bo‘lgan 
xabarlar majmuasini tushunamiz.
Axborotlar doirasi juda kengdir va uning har xil turlari mavjud. Tabiat 
to‘g‘risida, tarix to‘g‘risida, ijtimoiy hayot to‘g‘risida, siyosat to‘g‘risida, 
texnikaviy, iqtisodiy va hokazolar.
Axborotlar deganda boshqaruvchi va boshqariluvchilar, xo‘jalik sub’ektlari 
orasida sirkulyatsiya qilib turadigan, tabiat, jamiyat va ijtimoiy hayotda ro‘y 
berayotgan jarayonlar, hodisalar, munosabatlar xususiyatlari to‘g‘risida boshqaruv 
qarorlari qabul qilish, texnik-iqtisodiy hisobotlarni asoslash uchun zarur bo‘gan 
xabarlar majmuasini tushunamiz.
Iqtisodiy axborotlarga tushuncha berib o‘tamiz. qisqacha qilib aytganda 
iqtisodiy axborotlarda iqtisodiy jarayon va hodisalarning son va sifat tomonlari o‘z 
ifodasini topadi. Iqtisodiy axborotlarga keng ma’noda qaralsa quyidagilardan 
tarkib topadi: 

boshqaruvchi va boshqariluvchi ob’ektlar o‘rtasida aloqa vositasi sifatida 
ishlatiladi; 

barcha aloqador ob’ektlar, sub’ektlar orasida bir-biriga yuboriladigan 
xabarnoma sifatida ko‘rinadi; 

boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur bo‘lgan hodisalar, 
jarayonlar, munosabatlar va narsalarning xususiyati to‘g‘risidagi yangi bilimlar 
majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi; 

hodisalar va jarayonlarni o‘ziga xos xususiyatlaridan darak beruvchi xabarnoma 
sifatida tasavvur qilinadi; 
www.sies.uz
Page 79 of 356 


80

iqtisodiy usul va uslublarni ishga solish, fan predmetini o‘rganish va tadqiq 
qilish hamda xulosalarini namoyon qilish uchun dastak bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy ma’lumotlar iqtisodiyotda 
ahamiyati katta, keng ma’noda ishlatiladi, ishlatilish doirasi ham keng.
Konkret qilib ta’rif berilsa, iqtisodiy axborotlarda jamiyatda sodir 
bo‘layotgan barcha iqtisodiy ishlarning son va sifat jihatlari (hajmi, mazmuni) o‘z 
ifodasini topadi.
Iqtisodiy axborotlarni tasnifi 5.1.3.1-chizmada ifodalangan.
Iqtisodiy axborotlar to‘g‘risida xabarlar ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi.
O‘rganiladigan hodisa, jarayon, ob’ekt yoki predmetlarni son va sifat 
jihatlarini, hajmini, mazmunini namoyon qiluvchi vositalar ko‘rsatkichlardir.
Ko‘rsatkichlar natural, qiymat, absolyut va nisbiy o‘lchov birliklarda 
namoyon bo‘ladi. Ko‘rsatkichlar to‘g‘risida tegishli boblarda so‘z yuritiladi.
Iqtisodiy axborotlarni namoyon bo‘lishi belgilangan yoki qabul qilingan 
hujjatlar orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy axborotlarni rasmiylashtirish belgilangan shakldagi hujjat va 
blankalar orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin