56
dasturlarini ishlab chiqadilar.
2.2.3. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlarini aniqlaydilar.
2.3 O‘zbekiston Respublikasida kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab –
quvvatlash fondlari ularga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
v kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya
loyihalarni moliyaviy ta’minlash;
v ustav sarmoyasida ishtirok etish;
v maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnik jihatdan
ko‘maklashish;
v infrastrukturani rivojlantirishga ko‘maklashish;
v olinayotgan kreditlar uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar
berish yo‘li hamda qo‘llab – quvvatlashning
boshqa shakllari bilan
kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishni
rag‘batlantirish uchun shart sharoit hosil qiladi.
2.4 Kichik va xususiy tadbirkorlikni axborot soxasida quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha qo‘llab – quvvatlanadi.
Davlat boshqaruv organlari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini
iqtisodiy, huquqiy, statistika, ishlab chiqarish texnologiyaga oid va samarali
faoliyat yuritish uchun kerakli boshqa axborotlar bilan ta’minlash chora –
tadbirlarini ishlab chiqaradilar va amalga oshiradilar.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga axborot xizmati ko‘rsatish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi.
www.sies.uz
Page 56 of 356
57
2.5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ishlab chiqarish – texnologiya
jihatidan qo‘llab – quvvatlash
Davlat boshqaruv organlari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari
zamonaviy uskuna texnologiyalar olishiga, texnoparklar, lizing korxonalari, biznes
– inkubatorlar, ishlab chiqarish - texnologiya markazlari va infrastrukturaning
boshqa ob’ektlari tarmog‘ini barpo etishga yordam
berish yuzasidan tadbirlar
ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydilar, ixtisoslashgan ulgurji
bozorlar, yarmarkalar barpo etish va tashkil etishda yordamlashadilar.
2.6. Єishloqdagi kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga energiya
ta’minoti manbaini ishlatishga beriladigan imtiyozlar.
Energiya ta’minoti manbaidan foydalanishda qishloq xo‘jalik ishlab
chiqaruvchilari uchun belgilangan imtiyozli ta’riflar qishloqdagi kichik va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlariga ham taaluqlidir.
2.7. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini imtiyozli kreditlash.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda, qarz oluvchining qarzni to‘lashga
qodirligini va tavakkal
qilish darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini imtiyozli kreditlashni maxsus
fondlar, ixtisoslashtirilgan agentliklarning sug‘urta polisi asosida amalga
oshiradilar.
2.8. Kichik va xususiy tadbirkorlikni sug‘urta yo‘li bilan himoya qilish.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini sug‘urtalashni sug‘urta
tashkilotlari amalga oshiradilar.
Tadbirkorlik tavakkalchilaridan hamda kreditlar qoplanmaganligi uchun
qarzdorni javobgarlikdan imtiyozli shartlarda sug‘urta yo‘li bilan himoya qilish
ixtisoslashtirilgan sug‘urta agentliklari va boshqa sug‘urta tashkilotlari tomonidan
www.sies.uz
Page 57 of 356
58
ta’minlanadi.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini sug‘urta
qilishni amalga
oshirayotgan sug‘urta tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
imtiyozlardan foydalanadilar.
3.4. Tadbirkorlik faoliyati samaradorligi mezoni va ko‘rsatkichlari.
«Samaradorlik» so‘zi natija degan ma’noni bildiradi. Iqtisodiyotda
ijtimoiy
– iqtisodiy samaradorlikni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Tadbirkorlikning
ijtimoiy – itisodiy samaradorligida uning pirovard maqsad darajasi ifodalanadi.
Tadbirkorlikning maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin:
Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi faoliyat natijasini
taqqoslash orqali aniqlanadi.
Tadbirkorlikning ijtimoiy samaradorligi bir tomondan, uning a’zolarini ijtimoiy
holati darajasi (daromadi, salomatligi, madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirish (ijtimoiy himoyasi));
Ikkinchi tomondan, faoliyat natijasida «U» maqsadni bajarishda o‘z ifodasini
topadi.
Amaliyotda tadbirkorlikning samaradorligini aniqlash uchun rentabellik,
mehnat
unumdorligi, mablag‘larning aylanish tezligi, harajatlarni yoki kapitalni
qoplash muddati kabi ko‘rsatkichlar ishlatiladi.
Ushbular bilan bir qatorda tadbirkorlikni iqtisodiy samaradorligini tahlil
qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Tadbirkorlikning iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari quyidagi 3.4.1.
Тадбирк орлик маºсади
Dostları ilə paylaş: