Tavakkal tanlangan natural son 0 dan katta bo`lmasa, uni ga karr
VARIANT № 1
Tavakkal tanlangan natural son 20 dan katta bo`lmasa, uni 5 ga karrali bo`lish ehtimolini toping.
Ikkita o`yin soqqasi tashlandi. Aqalli bitta soqqada 5 ochko tushishi ehtimoli topilsin.
Yosh bola Z, S, T, U, O harfli kartochkalarni o`ynab o`tiribdi. Bola shu harflarni tasodifan bir qatorga qo`yganda “USTOZ” so`zining yozilish ehtimoli qancha ?
3-masaladagi so`zni bo`g`inlarga alohida ajratib, har bir qismidan tavakkal bittadan harf olinganda, ulardan ham tasodifan bitta harf olinsa, u unli bo`lish ehtimolini toping.
4-masalada olingan unli harf birinchi bo`g`indan bo`lish ehtimolini toping.
Agar har bir tajribada A hodisaning ro`y berish ehtimoli 0,5 ga teng bo`lsa, 8 ta bog`liqsiz tajribalarning 6 tasida u hodisaning ro`y berish ehtimolini toping.
Agar D(x)=0,6, D(y)=2 ga teng bo`lsa, tasodifiy miqdorning dispersiyasi D(z) VARIANT № 2
I M O R A T so`zidan tavakkaliga bitta harf tanlansa, u unli bo`lish ehtimoli topilsin.
Student 30 ta savoldan 20 tasiga tayyorlandi. Berilgan uchala savolga javob bera olish ehtimoli topilsin.
Yosh bola 9 ta M, Y, K, P, T, U, E, O, R harfli kartochkalarni o`ynab o`tiribdi. Bola shu harflarni tasodifan bir qatorga qo`yganda “KOMPYUTER” so`zini yozilish ehtimolini toping.
3-masaladagi yozilgan so`zni bo`g`inlarga ajratib, har bir bo`g`indan bittadan kartochka tavakkal olinib, yangi to`plam tuziladi. Agar bu to`plamdan tavakkal bitta kartochka olinsa, unda qanday ehtimollik bilan unli harf bo`ladi ?
4-masaladagi harf unli bo`lsa, qanday ehtimollik bilan u birinchi bo`g`indan bo`ladi ?
Agar A hodisaning har bir sinovda ro`y berish ehtimoli 0,8 ga teng bo`lsa, bu hodisaning 5 ta tajribada 3 marta ro`y berish ehtimolini toping.
Agar M(x)=2, M(y)=6 bo`lsa, z=3x+6y uchun M(z) topilsin.
VARIANT № 3
Agar A hodisaga qarama-qarshi hodisaning imkoniyati bo`lsa, u holda P(A) ehtimollik qancha bo`ladi ?
Tanga uch marta tashlansa, faqat bir marta gerb tomon tushish ehtimoli topilsin.
Yosh bola E, K, N, O, T, T, SH harfli kartochkalarni o`ynab o`tiribdi. Bola shu harflarni tasodifan bir qatorga qo`yganda “TOSHKENT” so`zining yozilish ehtimoli qancha ?
3-masalada yozilgan “TOSHKENT” so`zini bo`g`inlarga ajratib, har bir bo`g`indan tavakkal qilib, bittadan harflarni olib to`p qiling. Agar bu to`pdan bitta kartochka olsak, qanday ehtimollik bilan u unli bo`ladi.
4-masalada unli chiqqan bo`lsa, u qanday ehtimollik bilan birinchi bo`g`indan bo`ladi.
Agar A hodisaning ro`y berish ehtimolini har bir tajribada 0,55 ga teng bo`lsa, 5 ta tajribaning 3 tasida u hodisaning ro`y berish ehtimoli topilsin.
Agar D(x)=3, D(y)=5 bo`lsa, uchun D(z) topilsin.
VARIANT № 4
Agar tug`ilgan 1000 chaqaloqning 517 tasi o`g`il bola bo`lsa, o`g`il bola tug`ilishining nisbiy chastotasi topilsin.
Ikkita tangani tashlaganda har ikkalasida ham gerb chiqish ehtimoli qanday bo`ladi ?
Yosh bola B, O, O, R, U, X harfli kartochkalarni o`ynab o`tiribdi. Bola shu harflarni tasodifan bir qatorga qo`yganda “BUXORO” so`zining yozilish ehtimolini toping.
3-masaladagi “BUXORO” so`zi bo`g`inlarga ajratilib, har bir bo`g`indan bittadan kartochka olib, to`plab, u to`pdan ixtiyoriy olingan kartochkada unli harf bo`lish ehtimolini toping.
4-masalada unli harf chiqqan bo`lsa, u qanday ehtimollik bilan oxirgi bo`g`indan bo`ladi.
Agar A hodisaning har bir tajribada ro`y berish ehtimoli 0,65 ga teng bo`lsa, 5 tasi hodisaning 2 tasida u hodisaning ro`y berish ehtimolini toping.