Reja: fe’lning grammatik kategoriyalari. FUNKSIONAL VA MODAL SHAKLLARI fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllari



Yüklə 72,59 Kb.
səhifə1/2
tarix08.11.2023
ölçüsü72,59 Kb.
#131393
  1   2
Fe\'l so\'z turkumi~


MAVZU: FE’LNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI.
FUNKSIONAL VA MODAL SHAKLLARI.

REJA: 1.FE’LNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI. 2.FUNKSIONAL VA MODAL SHAKLLARI 3. FE’LNING HARAKAT TABIATINI KO‘RSATUVCHI SHAKLLARI

IBRAT Har kuni hech kim o’qimagan nimanidir o’qing. Har kuni hech kim o’ylamagan nimanidir o’ylang. Yakdillik miya uchun xavfli. Kristofer Morli


Fe’l leksik-grammatik xususiyatiga ko‘ra
Mustaqil fe’l
Nomustaqil fe’l
Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari faqat shu turkumga xos grammatik shakllar sistemasi. Ular nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyalari. Fe’l kesimlik yoki nokesimlik vazifasida bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu shakldan birida bo‘lishi shart. Ular fe’l leksemaning lug‘aviy ma’nosini modifikatsiya qilish vazifasini bajaradi. Tasniflovchi shakllar orasida nisbat fe’l leksemani modifikatsiya qilish darajasi jihatidan boshqalaridan ustuvor. Shu boisdan nisbat fe’lni boshqa so‘z turkumidan ajratib turuvchi asosiy morfologik belgi. O‘zgalovchi, nisbatdan farqli o‘laroq, fe’lning nokesimlik vazifasi uchun xoslangan. O‘zgalovchi kategoriyasining umumlashgan grammatik ma’nosi – fe’lni kesim vazifasidan tashqarida boshqa, ya’ni hokim so‘z bilan bog‘lash vazifasini bajarishi.
Tarz ma’nosi fe’lda ifodalanishi ham, ifodalanmasligi ham mumkin. Masalan, (o‘qidi) fe’lida u nol darajada bo‘lsa, (o‘qib chiqdi) so‘zshaklida namoyon bo‘lgan. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakli haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Biroq bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakli bilan kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismi bo‘lgan tasdiq-inkor kategoriyasini farqlash lozim. Tasdiq-inkor kesim vazifasida keluvchi barcha so‘z uchun xos bo‘lsa, bo‘lishli-bo‘lishsizlik kesimdan boshqa vazifadagi fe’lning barchasi uchun xos bo‘lgan grammatik hodisa. Boshqacha aytganda, bo‘lishli-bo‘lishsizlik fe’lning nokesimlik, tasdiq-inkor esa barcha mustaqil so‘zning kesimlik shaklidan biri.
Nisbat kategoriyasi haqida umumiy tushuncha. Nisbat kategoriyasi harakatning sub’ekt (bajaruvchi)ga munosabatini ifodalaydi. Bu munosabat maxsus grammatik shakl bilan yuzaga chiqadi. Masalan, Shoir she’r yozdi gapida ega bevosita ish-harakatning bajaruvchisi bo‘lib, bajaruvchi va harakat munosabati nol shaklli aniq nisbat bilan ifodalangan; o‘qituvchi bolaga kitobni o‘qitdi gapida harakatning bevosita va bilvosita bajaruvchisi (o‘qituvchi bilvosita, bola esa bevosita bajaruvchi) farqlangan. Dovul chalindi gapida harakat bajaruvchisi noaniq, majhul. Demak, nisbati o‘zgarishi bilan fe’lning bajaruvchisida ham o‘zgarish yuz beradi. Nisbat kategoriyasi fe’lning bo‘sh sub’ekt valentligini to‘ldirib, muayyanlashtrib uni nutqqa moslaydi.
Hozirgi o‘zbek tilida fe’l nisbatining beshta ko‘rinishi ajratiladi: aniq nisbat, o‘zlik nisbati, orttirma nisbat, birgalik nisbati, majhul nisbat.
Aniq nisbat. Bu nisbatda sub’ektga munosabat nol shakl orqali ifodalanadi va shakl UGMsi «harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligini bildirish»dir: (bildi), (ko‘rdi), (so‘radi), (aytdi), (qaytdi) kabi. Bu nisbatdagi fe’l o‘timli (oldi) yoki o‘timsiz (uxladi) bo‘lishi mumkin.

Yüklə 72,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin