2 - bob. Bozor iqtisodiyoti shakllantirish sharoitida savdo.
2.1.Tovar ayriboshlashning mohiyati.
2.1.1. Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash.
2.1.2. Bozor iqtisodiyoti, uning qoidalari,
bozor tushunchasi, funksiyalari va
elementlari.
2.1.3. Bozorning turlari.
2.1.4. Bozor sub’ektlari.
2.1.1. Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash.
Insoniyat taraqqiyotini negizini ijtimoiy mehnat taqsimoti belgilaydi. Ijtimoiy
mehnat taqsimoti insonning yashash ehtiyojidan kelib chiqadi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida tovar ishlab chiqarish bilan bir qatorda
tovar ayriboshlash vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarish insoniyatni taraqqiyot
tarixi bilan chambarchas bog‘liq.
Tovar ayriboshlashni ob’ekti ishlab chiqarish uchun
va insonlar ehtiyojini
qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boylik bo‘lib hisoblanadi. Mahsulotlarni
ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazish moddiy va iqtisodiy mazmunga
asoslanganligi sababli tovar almashuvi jarayoni 2 xil shartga javob berishi shart:
birinchidan, insonni qandaydir ehtiyojini qondira bilishi (sifat
nuqtai
nazaridan shaklan va mazmunan har xil bo‘lishi mumkin);
ikkinchidan, almashuv ob’ekti boshqa ob’ektga ekvivalent bo‘lishi, ya’ni
iqtisodiy nuqtai nazardan, teng bo‘lishi kerak.
Mana shu xususiyatlar natijasida xo‘jalik mahsulotlari bir – biri bilan
solishtiriladi. Ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoj qondiriladi. Ular kerakligi
(zarurligi) natijasida boshqa mahsulotlar
bilan ayriboshlanadi, ularni solishtirish
www.sies.uz
Page 21 of 356
imkoniyati vujudga keladi, «T-T» shaklida.
Іar qanday mahsulot insonga zarur bo‘lganligi sababli ishlab chiqariladi.
Iste’mol kuchiga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli boshqa mahsulot bilan
almashtirilishi mumkin bo‘ladi.
Ushbulardan
kelib chiqib, tovar – mehnat mahsuloti bo‘lib, o‘z ehtiyoji
uchun emas, sotish uchun ishlab chiqarilgan, insoniyatni
biron bir ehtiyojini
qondiradigan mahsulotdir. U iste’mol qiymatiga va qiymatga ega bo‘ladi.
Boshlang‘ich davrda oddiy tovar ayriboshlash (T-T) amalda ishlatilgan.
Ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlanishi natijasida faqat ayriboshlash, ya’ni sotish
uchun
ishlab chiqarish shakllanib, tovar ayriboshlash uchun umumiy bo‘lgan
ekvivalent – pul vujudga kelgan. Pulni vujudga kelishi natijasida oddiy tovar
ayriboshlash (T-T) tovar – pul muomalasiga (T- P -T) aylanadi va tovar – pul
muomalasi vujudga kelgan.
Tovar – pul muomalasi, bu ishlab chiqaruvchilar
orasidagi va ishlab
chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatdir.
Taraqqiyot natijasida ayriboshlash doimiy ijtimoiy jarayonga aylangan (T –P
– T; P – T – P…).
Oddiy tovar ayriboshlashda (T-T) oldi – sotdi jarayoni ajralmas bo‘lgan,
keyinchalik pul vujudga kelishi bilan bu jarayon zamon va makonda ajraldi, ya’ni
bu jarayon T – P; P –T; P –T – P; T – P – T; P –P kabilarga bo‘linadi.
Tovar ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish – iste’mol jarayonidan takror
ishlab chiqarish jarayoniga aylanib,
ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va
iste’mol fazalari vujudga kelgan.
Shunday qilib, ayriboshlash jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.
Takror ishlab chiqarish jarayoni esa quyidagicha ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: