Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/94
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#127562
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

П – Т --------
И Ч - Т 

 - П 
1
 
 
м е ³н а т
 в о с и т а л а р и
 
б у е р д а
: И Ч – и ш л а б
 ч и є а р и ш
 ; 
«1» - я р а т и л г а н
 є ў ш и м ч а
 ºи й м а т
.
www.sies.uz
Page 23 of 356 


2.1.2. Bozor iqtisodiyoti, uning qoidalari, bozor tushunchasi, funksiyalari va 
elementlari. 
Tovar ayriboshlash jarayoni bozorda amalga oshiriladi. Bozor esa o‘z vaqtida 
bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlaridan biri hisoblanadi. Bozorda ikki xil 
kategoriyadagi sub’ekt uchrashadi, biri sotish niyatida bozorga taklif bilan chiqadi, 
ikkinchisi sotib olish niyatida bozorga talab bilan chiqadi.
Bozorda sotib oluvchi (talab) va sotuvchi (taklif) o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabat ro‘yobga chiqadi. 
Bozor deganda oddiy tilda oldi – sotdi jarayoni amalga oshiriladigan joy 
tushuniladi. 
«Bozor» desa bizlarni ko‘z oldimizga qaynab
yotgan dehqon yoki chayqov 
bozori keladi. Lekin bu tarif haqiqiy bozorni to‘la anglatmaydi. 
Ilmiy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan ilmiy asarlarda, o‘quv va ommabop 
adabiyotlarda bozor to‘g‘risida har xil tushunchalar mavjud. 
P. Samuelsonning «Ekonomika» asarida bozorni – «… bozorlar jamiyatni va 
savdo ishlab chiqarish faoliyatini bog‘lovchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi», 
deb ta’riflaydi
1

F. Kotler bozorni «Mavjud va potensial tovar sotib oluvchilar majmuasi», deb 
ta’riflaydi
2

K. R. Makkonel va S. L. Bryular bozorni mahsulot va xizmatni sotuvchi va 
sotib oluvchilarni qo‘shuvchi mexanizm deb atashadi
3

A.S. Usmanov bozorga shunday ta’rif beradi: «Bozor tushunchasi keng 
ma’noda – bu tovar ayriboshlash sohasi deb, tovar ayriboshlash bor ekan, bozor ham 
mavjud»
4
deydi. 
N. Tuxliyevni fikricha, «Bozor tovar ishlab chiqarish qonunlari asosida tashkil 
qilingan ayriboshlash, tovar va pul muomalasi munosabatlarining yig‘indisi, ishlab 
1
С а м у э л
ь с о н
П., «Э к о н о м и к
а» Т., INAO, «А Л Г О Н
» В Н И И С И
, 1992, с.36. 
2
К о т л е р
Ф. «О с н о в ы
мар к е т и н г
а». М., П р о г р е с с
, 1990 с. 54 
3
Мак к о н е л л
К.р., Б р ю
С. А. Э к о н о м и к с
: п р и н ц и п ы
, п р о б л е
м ы и п о л и т и к
а. М., р е с п у б л и к
а. 1992.т.1.с.77.
4
У с м о н о в
А.С. Нау ч н ы е
о с н о в ы
р е г у л и р у е м ы х
р ы н о ч н ы х
о т н о ш е н и й
. То ш к е н т
: PLSHTLI «Ў з и н ф о р
аг п р о м
». 1992.с.30. 
www.sies.uz
Page 24 of 356 


chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘indir
1
» 
A. Soliyev va A. Usmonovlar bozorga quyidagicha ta’rif beradi: «bozor o‘ziga 
xos ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar jarayoni bo‘lib, unda tovarlar va xizmatlar 
ayriboshlanadi va ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar manfaatlari to‘qnashadi 
va bir – biri bilan kelishadi
2
» 
«Eng yaxshisi bozorni haridorlar va sotuvchilarga narxlarni ayriboshlashga 
imkoniyat beradigan tizimdir, deb ta’riflasak bo‘ladi», deb E. Sariqov va E. 
Mamatovlar ta’kidlaydilar
3

Bozorga berilgan bunday bir – biridan farqlanadigan tariflarni ko‘plab misolni 
keltirish mumkin. 
Bozorni ilmiy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan ta’riflarini bozorga ta’rif 
berish borasida chet el va respublikamiz olimlari o‘rtasida yagona fikrga 
kelmaganligini ta’kidlab o‘tish bilan maqsadimiz terminlarni, ta’riflarni to‘g‘ri 
aniqlashni ilmiy va amaliy ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatib o‘tishdan iboratdir. 
Ilmiy jihatdan bir xil narsaga har xil tushunchalar, tariflar berish ko‘p hollarda 
noto‘g‘ri tasavvurga olib kelishi, natijada uni mohiyatini to‘g‘ri ochib 
berolmaslikka olib kelishi mumkin. 
Amaliy nuqtai nazardan bu hol mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro tushunishni 
qiyinlashishiga, o‘quv adabiyotlarini yaratishda tushunmovchiliklarga olib kelishi 
ehtimoldan holi emas. 
Bizning fikrimizcha, bozor tushunchasini birinchidan, uni iqtisodiyotning 
xo‘jalik sub’ekti nuqtai nazardan va ikkinchidan nazariy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai 
nazardan ta’riflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Bozor – bozor iqtisodiyotining xo‘jalik sub’ekti sifatida, haridor va
sotuvchilar to‘qnash turuvchi va kelishtiruvchi xo‘jalik ob’ektidir (joy, korxona, 
firma, birja, savdo, xizmat shaxobchalari va h.k.o.) 
Nazariy va ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan bozor tushunchasiga 
almashuv jarayonida sodir bo‘ladigan, bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalaridan 
1
Тў х л и
е в Н. Б о з о р г
а ў т и ш н и н г
машаººат л и
й ў л и
. То ш к е н т
: «Ў з б е к и с т о н
»,1999. 13 б. 
2
С о л и е в
А., У смо н о в
А. Мар к е т и н г
., То ш к е н т
, «Ў ºи т у в ч и
». 1997.9 б. 
3
Сар и ºо в
Э, Мамат о в
М. «И ºт и
с о д и ё т
ва б и з н
ес», То ш к
ен т, «Шарº». 1997. 22 б. 
www.sies.uz
Page 25 of 356 


kelib chiqadigan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqish zarur. 
Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyotining sub’ekti sifatida tovar – pul 
muomalasiga bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni namoyon bo‘lishini taminlaydi. 
Bozorning mohiyati, barcha xo‘jalik sub’ektlari (bozor sub’ektlari – uy, oila
xo‘jaligi, 
ishlab 
chiqarish, 
davlat), 
inson 
va 
jamiyatdagi 
ayriboshlash 
munosabatlarining majmuasini anglatadi. 
Єisqa qilib aytganda, bozor – bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalarga 
asoslangan ayriboshlash jarayonida haridor va sotuvchi o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlar tizimidir. 
Bozorda–butun jamiyatdagi ko‘p qirrali iqtisodiy munosabatlar, ya’ni ishlab 
chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va iste’mol jarayonida vujudga keladigan, alohida 
prinsiplarga asoslangan munosabatlar namoyon bo‘ladi. 
Kengroq ma’noda bozor – bu bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalariga
asoslangan ayriboshlash ya’ni, oldi – sotdi jarayonidagi iqtisodiy faoliyatning shakl 
va turlari bo‘lib, u ishlab chiqaruvchi, tovar yetkazuvchilarni (taklif vakillari) bir 
tomondan va iste’molchilar, haridorlarni (talab vakillari) ikkinchi tomondan birga 
to‘qnashtirish va kelishtirish jarayonini ta’minlaydigan bozor iqtisodiyotining 
sub’ektidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, avval bozor iqtisodiyoti tushunchasi, uning 
qonunlari va qoidalariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Bozor iqtisodiyoti insoniyat 
taraqqiyotidagi iqtisodiy tizimni bir modeli bo‘lib hisoblanadi. Masalan inson 
taraqqiyotida kuzatilgan iqtisodiy tizimlarga, natural xo‘jalik (ibtido jamiyati), 
feodal tizimi, harbiy tizim, ma’muriy tizim, (sotsializm), bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan tizimlarni kiritish mumkin. 
Іar qanday iqtisodiy tizim o‘zida shunday mexanizmni namoyonlashtirdiki, 
unda tabiiy resurslar, ishchi kuchi, texnologiya, tadbirkorlik va boshqaruv 
mahoratlari mujassamlashgan bo‘lishi kerak. 
Iqtisodiy tizimni bosh maqsadi moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish va taqsimlash orqali insoniyat ehtiyojlarini ko‘ra bilish va qondirish
bo‘lib hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun insoniyat o‘z taraqqiyotida eng 
www.sies.uz
Page 26 of 356 


samarali iqtisodiy tizim modelini yaratishga intilib kelgan. 
Іozirgi kunda butun jahon tan olgan, eng samarali iqtisodiy tizim modeli – bu 
bozor iqtisodiyoti modeli hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti har xil davlatlarda ularning shart – sharoitlaridan kelib 
chiqib har xil bo‘lishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotini har xil modellari 
mavjud.
Masalan: AЄSH, Yaponiya, Shvesiya, Tursiya, Rossiya, O‘zbekiston va h.k. 
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar – pul muomalasi munosabatlariga va o‘zining 
qonun – qoidalariga asoslangan ijtimoiy – iqtisodiy tizim modelidir.
Bozor iqtisodiyoti o‘ziga xos qonun va qoidalarga egadir. 
Bozor iqtisodiyotiga ta’luqli iqtisodiy qonunlar to‘g‘risidagi iqtisodchi 
olimning fikriga to‘xtalib o‘tamiz. 
Rossiya iqtisodchi olimlar jamoasi tomonidan, professor Rayzberk B.A. 
raxbarligida chop etilgan «Kurs ekonomiki» darsligida (M. «INFARM», 1997. 74 -
96 betlar) iqtisodiyotni qonuniyatlari (qonunlari) to‘g‘risida fikr yuritilib 
quyidagilar bozor iqtisodiyotiga mos qonunlar sifatida keltirgan. Ehtiyojni yuksalib 
borishi qonuni; resurslarni chegaralanganligi qoidasi; ishlab chiqarish imkoniyatlari 
chegarasi va almashtirilgan harajatlarni ortib borish qonuni (bu yerda 
«almashtirilgan»degan so‘z «vmenennix» so‘zini tarjimasi sifatida muallif 
tomonidan ishlatilmoqda va bu yerda bir tovarni ishlab chiqarishni ikkinchisi bilan 
almashtirishga bog‘liq bo‘lgan harajatlar nazarda tutilmoqda); daromadlarni kamayib 
borish qonuni; doiradagi (chegarali) foydalilikni kamayib borishi qonuni; 
foydalilikni maksimallashtirish qoidasi (bu yerda «Foydalilik» mahsulot (tovar yoki 
xizmat) ni inson ehtiyojini qondira olish salohiyati (qobiliyati) nazarda tutiladi); 
talab qonuni; taklif qonuni; pul muomalasi qonuni; Engel qonuni – shaxsiy iste’mol 
tarkibini daromadga bog‘liqligi. 
A.O‘lmasov va N.To‘xliyevlar «Bozor iqtisodiyoti» lug‘at – ma’lumotnomada 
(Toshkent. qomuslar bosh tahririyati. 1991) bozor iqtisodiyoti qonunlariga talab va 
taklif qonuni va pul muomalasi qonunini kiritish bilan chegaralangan. 
A.O‘lmasov va A.Vahobovlarning «Iqtisodiyot nazariyasi» Oliy o‘quv yurtlari 
www.sies.uz
Page 27 of 356 


uchun darsligi (Toshkent. «Sharq», 2006) qonunlarini umumiqtisodiy va ayrim 
iqtisodiy tizimlarga xos maxsus qonunlarga ajratilib, birinchisiga – mehnat 
taqsimoti, jamg‘arish, mehnat unumdorligini oshib borishi, ehtiyojlarning yuksalish 
qonunlari, ikkinchi tipiga – talab qonuni, taklif qonuni, me’yoriy naflik qonuni, 
raqobat qonunlari keltiriladi. Ikkinchi tipdagi qonunlar bozor iqtisodiyotiga mos 
qonunlar deb ta’kidlanadi.
SH. Shodmonov, R. Alimov va T. Jo‘rayevlarning «Iqtisodiyot nazariyasi» 
darsligida (Toshkent. «Moliya». 2002, 276.) Iqtisodiy qonunlarni 3 guruxga bo‘lib, 
ularga:

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin