100
- boshqarishni takomillashtirish;
- raqobat vaziyatlarining tahlili;
- korxona tarkiblarining resurslari, ularning samaradorligi kibilarni aniqlash,
belgilash.
5.2.5. Prognozlash va rejalashtirish usullari
hamda ko‘rsatkichlari
Metod grekcha «methodos» so‘zidan olingan bo‘lib «nimagadir yo‘l», bilish
usulubi, jamiyat va tabiat hodisalarini tadqiqot qilish usuli ma’nosini bildiradi.
Rejalashtirish jarayonida balans usuli (moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari
balansi), normallashtirish usuli, solishtirish indeks usuli, grafiklar, texnik-iqtisodiy
hisoblar,
sotsiologik tadqiqot, statistik guruhlash, iqtisodiy matematik usullar,
ekspert baholash usuli kabilardan keng foydalaniladi.
Rejalashtirishda ko‘rsatkichlar tizimidan keng foydalaniladi. Ular qatoriga
natural
va qiymat; absolyut va nisbiy; son va sifat ko‘rsatkichlarini kiritish
mumkin.
Sonli ko‘rsatkichlar absolyut miqdorda ifodalanib ishlab chiqarish hajmini
(dona, tonna, m.k.m., Kl.vt., shartli banka): ishchilar soni; ish haqi fondi; daromad
hajmi; foyda summasi kabilarni ifodalaydi.
Sifat ko‘rsatkichlari nisbiy miqdorlarda hisoblanadi
va korxona faoliyatini
samaradorligini o‘lchov birligi sifatida ko‘proq ishlatiladi. Bu ko‘rsatkichlar
protsent, indeks, koeffitsiyent kabilarda o‘z aksini topadi.
Іajmiy ko‘rsatkichlar asosan ishlab chiqarish hajmini, ayrim
ko‘rsatkichlarni absolyut miqdorini ifodalaydi (zahiralar miqdori, ishlab chiqarish
www.sies.uz
Page 100 of 356
101
hajmi, resurslar summasi va h.k.).
Solishtirma
ko‘rsatkichlar
nisbiy
miqdorlarda
o‘lchanib
(sifat
ko‘rsatkichlarni bir turi), solishtirma og‘irlikni, solishtirma birlikni ko‘rsatadi.
Masalan: ishlab chiaqrishni umumiy hajmida mahsulotni bir turini hissasi; umumiy
ishchi-xizmatchilar ichida ishchilarning hissasi kabilar.
Savdo korxonalarida
tovar aylanishi hajmi, assortimenti (so‘m); tovar
zahiralari hajmi va assortimenti (so‘m); tovarlarni kelishi hajmi va assortimenti
(so‘m). Bu uchala ko‘rsatkichlarni assortiment bo‘yicha miqdori natural
ko‘rsatkichlarda (dona, metr, tonna va h.k.)
hisobga olinadi, tahlil qilinadi va
rejalashtiriladi.
Muomala harajatalri summasi, tarkibi, moddalari bo‘yicha (so‘m, %).
Mehnat va ish haqi ko‘rsatkichlari.
Daromad va foyda rentabellik ko‘rsatkichlari.
Asosiy va aylanma fondlarni ishlatish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Kapital mablag‘lar, kredit, soliq va to‘lovlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar
kabilar.
Tayanch iboralar: Prognoz, prognozlashtirish, reja, rejalashtirish,
biznes
reja, metodologiya, usul, indikativ, mutonosib, ilmiylilik,
uzluksizlik, optimallik,
moslanuvchanlik, strategik nazorat,taktik, tezkor, lokal-tafsilotlashtirish, g‘oya,
maqsad, sifat ko‘rsatkichlari, xajmiy ko‘rsatkichlar, solishtirma ko‘rsatkichlar.
Takrorlash uchun savollar.
1. Prognoz, prognozlashtirish nimalarni anglatadi?
2. Reja va rejalashtirishni mazmunini yoriting?
3. Prognozlashtirish bilan rejalashtirishning farqini ayting?
4. Rejalarni turlarini ayting?
5. Rejalashtirish metodologiyasini tushintirib bering?
6. Rejalashtirish qoidalarini ayting?
7. Rejalashtirishda qanday usullardan foydalaniladi?
8. Prognozlash va rejalashtirishga qanday talablar qo‘yiladi?
www.sies.uz
Page 101 of 356