Ii bob. Elektron sxema simulyatorlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə1/3
tarix11.10.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#129971
  1   2   3
2-ma\'ruza


II BOB. Elektron sxema simulyatorlari

Reja


  1. Elektron sxema simulyatorlarining ommabob turlari.

  2. Ma’lumotlar o‘zgartiruvchi standart sxemalar va ularning simulyatsiya jarayonlari

  3. Multisim dasturiy ta’minoti va undan foydalanish.



2.1 §. Elektron sxema simulyatorlarining ommabob turlari.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ta'lim sohasida yangi vosita va usullarni yaratish imkonini beradi. Bu masalani hal qilishda komputerda laboratoriya amaliyotlarini yaratish eng muhim va murakkab hisoblanadi.
Hozirgi kungacha о'quv laboratoriyalarida asosan an’anaviy о‘lchov asboblari qo‘llanib kelinar edi. Endi virtual o'lchov asboblari yordamida yaratilgan komputerdagi о‘lchov asboblaridan foydalanish talab etilmoqda. О‘quv laboratoriyasidagi virtual asbob (VA) - qo'shimcha maxsus dasturiy ta’minot va turli o'lchov modullari, masalan, ko'p funksional kirish - chiqish platasi bilan ta'minlangan komputerdir. VA o'lchanayotgan axborotni yig'ish, qayta ishlash va aks ettirishni avtomatlashtirish imkonini beradi, foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega, uning dasturiy va apparat vositalari esa an’anaviy o'lchov vositalariga xos bo'lgan vazifalami amalga oshirish imkonini beradi, natijalami monitor ekranida foydalanuvchiga qulay shaklda aks ettiradi.
Hozirgi kunda maxsus dasturiy ta ’minot sifatida National Instruments kompaniyasining MULTISIM amaliy dasturiy paketi eng mos va qulay hisoblanadi.
O'lchov jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha yaratilayotgan zamonaviy apparat vositalarining deyarli barchasi MULTISIM drayverlari bilan mos keladi. Mazkur muhitda ilovalar yaratish visual vositalar yordamida amalga oshiriladi va dasturlash bo'yicha maxsus bilimga ega bo 'lish talab qilinmaydi.
Multisim – bu qisqa vaqt ichida qurilmalarni ishlab chiqishga imkon beradigan sxemalarning interaktiv emulyatori hisoblanadi. Multisim o‘z ichiga Multicap naqlini kiritgan, bu esa sxemalarni dasturiy tavsiflash va undan keyin darhol sinash uchun ideal vosita bo‘ladi. Multisim shuningdek, ishlab chiqish va sinash vositalari bilan chuqur integratsiya qilish uchun National Instruments tomonidan ishlab chiqilgan LabVIEW va Signal Express bilan o‘zaro moslashtirilgan.
Multisim to‘plami Windows standart interfeysidan foydalanadi. Interfeysning yuqori sezgirligi va soddaligi uni qo‘llash uchun ancha yengillik beradi.
Multisim bitta ishlab chiqish muhitida sxemani ishlab chiqish, sxemani sinash va emulatsiya uchun imkoniyat yaratadi.
Odatdagi SPICE tahlilidan tashqari Multisim foydalanuvchilar uchun sxemaga virtual asboblarni ulashga imkon beradi. Bu real voqealarni imitatsiya yordamida natijalarni sodda va tezkor ko‘rish usuli hisoblanadi.
Zaruriyat bo‘lganda yuqori murakkablikda tahlil qilish uchun Multisim tahlilning turli funksiyalarini taqdim etadi. Multisim tarkibiga Grapher – ko‘rish va ma’lumotlarni tahlil qilish uchun kuchli vosita kiritilgan.
O‘tkazgichlar rangini o‘zgartirish imkoniyati sxemani o‘zlashtirish uchun ancha qulaylik yaratadi. Turli ranglar yordamida grafikani ham tasvirlash mumkin, bu esa bir necha bog‘liqliklarni bir vaqtda tadqiq qilishda juda qulaydir.



2.1.-rasm. Multisim dasturiy ta’minoti ishchi oynasi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin