Ii bob. O`Quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishning mazmuni, metodi, shakl va vositalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə18/32
tarix02.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#137091
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Magitrlik dissertasiyasi Adash

2.3-§. O`quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishning didaktik ta`minoti.
Didaktik ta'minot deganda psixologiya, pedagogika, valeologiya, informatika va boshqa fanlar talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan xilma-xil o'quv axborotlarining didaktik maqsad va vazifalariga ko'ra o'zaro aloqador majmui.
Didaktik ta'minot deganda shaxsning axboriy madaniyatini shakllantirish uchun didaktika, psixologiya, ergonomika, informatika va boshqa fan sohalarining muvafaqqiyatlariga asoslangan holda tashkil etilgan o'quv axborotlari majmuasi tushuniladi.
Didaktik ta'minot quyidagi ko'rsatkichlar bilan baholanadi:
1) nazorat topshiriqlari, test savollari bankining mavjudligi;
2) o‘quv fani bo'yicha didaktik materiallarning mavjudligi: audio-video materiallar, kompyuter dasturlari, jadval, slaydlar, tarqatma materiallar.
3) referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlari mavzulari.
Didaktik ta'minot o‘quv kursini o‘zlashtirish uchun axborotlarning to'liqligi va yetarli hajmda bo‘lishi, pedagog va o'quvchilarning birgalikdagi intellektual-emotsional o'zaro harakati mazmuni va usullarining variativligi, interfaollik, dialoglik, muammolilik, amaliy yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan axborotlarning originalligi va tartibga solinganligi bilan xarakterlanadi. U ta'lim oluvchining axborotlarni o'zlashtirish jarayonini tashkil etish, nazorat qilish va korreksiyalash maqsadida foydalaniladi va ta'lim oluvchi shaxsini shakllantirish va o'z-o'zini rivojlantirish vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Tadqiqotimiz davomida shu narsaga amin bo'ldikki, umumiy o`rta ta`lim maktablari o'quvchilarida sog'lom tafakkurni shakllantirishga yetarlicha axboriy-didaktik ta'minot yaratilmagan. O'quvchilarning deyarli ko'p vaqti oila davrasida va ta'lim muassasasida o'tadi. Shu sababli, oila va ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik shakllarini va ularning bo'sh vaqtlarini unumli tashkil etish maqsadida yosh va individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, sog'lom tafakkurni shakllantirish maxsus metodik kursi va amaliy-trening mashg'ulotlari dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Oila va ta'lim muassasasi hamkorligi asosida o'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi bosqichlariga asoslangan holda, har bir bosqichida qo'llaniladigan shakl, metod va vositalarni quyidagicha loyihalab olish zarur (2.3.1-jadval):

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin