2.3.1-jadval. O'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish texnologiyasining shakl, metod va vositalari
Bosqichlari
|
Motivatsion-diagnostik
|
Axborotli-kognitiv
|
Faoliyatli
|
Qadriyatli
|
Shakllari
|
Individual, guruhli, ommaviy, munozaralar, treninglar, anjumanlar, suhbatlar.
|
Individual, guruhli, ommaviy, o'quv mashg'ulotlari, tarbiyaviy soatlar, axborot soatlari, auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar, to‘garaklar, juftliklarda ishlash, treninglar
|
Individual, guruhli, ommaviy, ekskursiyalar, musobaqalar, konkurslar, tanlovlar, ijodiy ish topshiriqlari.
|
Individual, o'z-o'zini baholash, o'z-o'zini nazorat qilish, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini takomilashtirish, refleksiya
|
Metodlari
|
Muammoli tavsifdagi suhbat, o'yin tavsifidagi mashqlar, bahs-munozarali o’quv mashg'ulotlarini tashkil etish, erkin yozish, aqliy hujum, fikrlar hujumi, o'z-o'zini baholash
|
Ma'ruza, tushuntirish, o'rgatish, namuna ko'rsatish, reproduktiv obrazli suhbat, test (asosiy tushunchalar mazmuniga oid, tushunchali), tugallanmagan gaplar metodikasi
|
Mashq, namoyish etish, mushohadali tajriba, pedagogik vaziyatlar, real hayotiy vaziyatlar, musobaqa, rag'batlantirish, loyiha, o'yinli vaziyat, matn ustida ishlash, pedagogning suggestiv faoliyati.
|
Ijtimoiy voqelik, vaziyatlarni tahlil qilish va munosabat bildirish, rolli vaziyatlar, “Tanqidiy fikrlashni aniqlash” metodikasi”,
|
Vositalari
|
Badiiy adabiyot, o'qituvchi nutqi, radioeshittirishlar, videofilmlar, tarqatma materiallar.
|
Badiiy-ma'rifiy asarlar, slayd-prezentatsiya, texnik jihozlar, o'quv darsliklari, elektron qo'llanmalar
|
Videoroliklar, teleko'rsatuvlar, tarqatma materiallar
|
Radioeshittirishlar, teleko'rsatuvlar, jonli muloqotlar, jurnallarda chop etilgan maqolalar, insoniy munosabatlar tizimi.
|
O'quvchi-yoshlarda sog'lom tafakkurni shakllantirishning motivatsion bosqichi haqida gap ketganda eng avvalo, “motiv”, “motivlashtirish” tushunchalarining mazmun va mohiyatiga to'xtalib o'tish lozim.
Motivatsiya – motivlarning harakatlanish jarayoni, insonni asosiy faoliyatga undovchi motivlar yig‘indisi. Motiv esa fransuzchadan tarjima qilinganda, undovchi kuch, sabab degan ma'noni bildiradi23.
Motivatsion-diagnostik bosqichni amalga oshirishda biz o'quvchilar guruhida tadqiqot maqsadidan kelib chiqib suhbatlar, munozaralar uyushtirdik. Unda tahlil etish uchun nashriy va badiiy adabiyot materiallaridan hamda shaxs rivojlanishiga oid video lavhalardan foydalandik. Texnologiyaning mazkur bosqichida muammoli tavsifdagi suhbat, o'yin tavsifidagi mashqlar, bahs-munozarali o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish, erkin yozish, fikrlar hujumi, o'z-o'zini baholash kabi metod va usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |