Ijtimoiy fanlar


Jadidchilikning so‘ngi yillari Oʻzbekiston mustaqilligidan keyingi talqin



Yüklə 71,47 Kb.
səhifə11/12
tarix19.12.2022
ölçüsü71,47 Kb.
#121458
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ma\'naviyatshunoslik

2.2 Jadidchilikning so‘ngi yillari Oʻzbekiston mustaqilligidan keyingi talqin
Jadidchilik harakatining soʻnggi yillari faol siyosiy kurashlar bilan ajralib turmaydi. Bu davrda sovet rejimi turli siyosiy ishlar („Oʻn sakkizlar guruhi“, „Inogʻomovchilik“, „Qosimovchilik“, „Badriddinovchilik“ va boshqa) tuzib, milliy ziyolilarni ommaviy ravishda qatagʻon qilishga kirishdi. 1929-yil noyabrda Munavvarqori boshchiligidagi 38 kishining qamoqqa olinishi (keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan) bilan jadidchilik harakatiga kuchli zarba berildi. Jadidchilik harakati siyosiy maʼrifatparvarlikdan jadid taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga koʻtarila oldi. Bu harakat hamda firqa aʼzolari oʻz faoliyati va dasturiga koʻra, shoʻro adabiyotlarida aytilganidek, „bir hovuch boylar manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya vakillari“ emas, balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini oʻylab ish koʻrgan demokratik jarayonning namoyandalari edi.Turkistonda sovet xokimiyati zoʻravonlik yoʻli bilan oʻrnatilgach, jadidlarning bir qismi faol siyosiy xayotdan chetlashib, faqat badiiy ijod bilan shugʻullandi (Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy va boshqalar). Ayrim jadidlar sovet idoralari madaniy-maʼrifiy shohobchalarida mehnat qilishdi (Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori, Hamza, Saʼdullaxoʻja Tursunxoʻjayev, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov va boshqalar). Baʼzi jadidlar „mahalliy kommunistlar“ sifatida yuqori davlat va hukumat lavozimlarida ishlashni davom ettirdi (Fayzulla Xoʻjayev, Abdulqodir Muhiddinov, Nizomiddin Xoʻjayev va boshqalar). Ayrim jadidlar boʻlsa, Turkistondagi istiqlolchilik harakati saflariga borib qoʻshildi va xorijga muhojirlikka joʻnab ketdi (Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Sadriddinxon Sharifxoʻjayev, Abdulhamid Oripov va boshqalar). Jadidchilik harakatining barcha taniqli namoyandalari (Sadriddin Ayniydan tashqari) 30-yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirgʻin natijasida halok boʻldi. Jadidchilik harakatiga sovet davrida „millatchilik“, panturkizm, panislamizm tamgʻalari bosilib, qoralandi. Jadid adabiyotini oʻqish taqiqlandi.Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal harakat“ deb taʼrif berilgan. SSSR parchalanib ketganidan keyin jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomi qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini oʻrganishda dastlabki natijalarni qoʻlga kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Avloniyning 2 jildli, Behbudiy, AbdullaQodiriy, Sidqi Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Soʻfizodaning 1 jildli, shuningdek, Fayzull Xoʻjayev, Munavvarqori, Polvonniyoz hoji Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan „Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari“ (Toshkent, 1999) albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning faoliyati darslik va qoʻllanmalarga kiritildi. 1999-yil 16-18-sentabrda Toshkentda „Markaziy Osiyo 20-asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik, Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)“ mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazilib, unda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari toʻgʻrisida jahon ilm-fanida toʻplangan soʻnggi xulosalar yuzasidan oʻzbekistonlik hamkasblari bilan oʻzaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi eʼtirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi6.

Xulosa
Turkiston o'lkasi xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi ikki yo'nalishda kechdi. Birinchisi - qurolli kurash, qo'zg'olonlar yo'li bo'lib, 1892 yildagi Toshkentda yuz bergan «vabo qo'zg'oloni» (yoki «toshotar voqeasi»), 1898 yilda Andijon viloyatidagi Dukchi eshon(Muhammadali xalfa) jihodi, 1916 yil mardikor voqealari, keyinchalik, o'lkada bol' sheviklar hukmronligi o'm atilishga qarshi «bosmachilik» yoki qo'rboshilar harakati deb nom olgan milliy-ozodlik kurashi ushbu yo'nalishdagi mashhur voqealardandir. Ikkinchisi, m adaniy-m a'rifiy yo'nalish bo'lib, bu yo'lning asosiy maqsadi xalq madaniym a'rifiy saviyasini oshirish, milliy iqtisodni yangi izlardan yuksaltirish yo'li bilan, vaqti kelganda nihoyatda qudratli harbiy-siyosiy mavqega ega bo'lgan Rossiya hukumati bilan ba'zi kelishuv, murosayi madora usullari bilan Evropaning ilg'or idora usullarini o'zlashtirib, millatning haqiqiy ozodligini ta'm inlash edi. Bu ikki yo'l ba'zan bir-biri bilan yaqinlashar, ba'zan o'zaro ziddiyatga kirishar, ammo amalda bir-birini to'ldirib, quvvatlab boruvchi yo'nalishlar edi. M a'rifatchilik yo'li Milliy uyg'onish va Yangi davr ma'rifatchiligi - Qaramlik davri Turkiston o'lkasi xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi ikki yo 'nalishda kechdi. Birinchisi - qurolli kurash, qo'zg'olonlar yo'li bo'lib, ikkinchisi ma'rifatparvarlar va jadidlar harakatida yorqin namoyon bo'lgan madaniy-ma'rifiy yo'nalish edi. Ikkinchi yo'nalishning asosiy maqsadi xalq madaniyma'rifiy saviyasini oshirish, ma'naviyatini takomil toptirish, , milliy iqtisodni yangi izlardan yuksaltirish yo'li bilan, Evropaning ilg'or idora usullarini o'zlashtirib, millatning haqiqiy ozodligini ta'minlash bo'lib, “usuli ja d id ” maktablaridan boshlangan bu harakat XX asrning ikkinchi o n yilligidan butun mintaqada yalpi rivoj olib, Milliy Uyg'onish harakati darajasiga ko 'tarildi. Bu harakat vakillari Vatan mustaqilligi va xalq ma 'rifati yo 'lida butun kuchg'ayratlarini sarf etdilar, ularning aksariyati bu yo 'Ida jonlarini fido etib, o 'zlarining jo 'shqin va barakali siyosiy-ma 'rifiy faoliyatlari bilan millat xotirasida fidokorlik timsoli bo 'lib qoldilar.Ahmad Donish, Furqat, Feruz kabi XIX asr ikkinchi yarmida faoliyat ko'rsatgan yurt ulug'lari tashabbusi bilan boshlanib, XX asr boshida jadidlar harakatida yorqin namoyon bo'ldi. Har ikki yo'nalish ham XIX asr oxirida kichikroq ko'lam larda boshlangan bo'lsa, XX asm ing ikkinchi o'n yilligidan butun mintaqada yalpi rivoj olib, Milliy Uyg'onish harakati darajasiga ko'tarildi. Bir tarafdan Turkiya, Misr, eron, Xitoy kabi SHarq mamlakatlaridagi yangilanish to'lqini, ikkinchi tarafdan, Rossiya va Qavkazorti o 'lk a musulmonlarining ta'sirida Turkistonda YAngi davr nafasi shiddat bilan ufiira boshladi. Mahalliy ishbilar-monlar Evropa bilan savdosotiqni keng yo'lga qo'ydilar, yangicha tusdagi ishlab chiqarish korxonalari - paxta tozalash, yog' zavodlari qurila boshlandi. Bank tizimi joriy etildi. 1884 yilda Bog'chasaroyda nashr etilayotgan «Tarjumon» gazetasiga Turkis-tondan 200 kishi obuna bo'ldi, o'sha yillarda Toshkentda Saidg'ani Saidazimboy, S H arif-xo'ja qozi, Muhiddinxo'ja qozi kabi ilg'or fikrli kishilar mahalliy bolalar uchun yangicha (rustuzem atalmish) maktablar ochilishiga homiylik qildilar. 1901 yildan Qo'qon va Toshkentda, 1903 yildan Samarqanda G'aspirali IsmoilJadidchilik harakati - milliy mustaqillik uchun kurashning jadidlar olg'a surgan madaniy-ma'rifiy yo'nalishi bo'lib, bu yo'lning fidoiylari ishni “usuli jadid" maktablari ochish, ularga mos darslik va o'quv qo'llanmalar tayyorlab nashr etish, “darsxonai ibrat ” hisoblangan milliy teatr va milliy dramaturgiyani shakllantirishdan boshlab, asta-sekin keng ko lamli siyosiy va iqtisodiy mustaqillik uchun kurash “Turkiston muxtoriyati”, milliy ma'naviy merosdan ajralmagan holda yangi davr saviyasiga muvoflq ilm-fan asoslarini ishlab chiqish, ilg'or jahon ilmi darajasida fikrlovchi milliy ziyolilar qatlamini tarbiyalab etkazish vazifalarini barcha to'sqinliklar va qarshiliklarga qaramay dadillik va izchillik bilan amalga oshirib borishga erishdilar va ushbu sobitqadam intilishga butun borliqlarini baxsh etdilar. Ularning urinishlari behuda ketmadi, sho'rolar davrida ham millat fidoiylari qaramlik sharoitining butun murakkabliklariga qaramay, ushbu yo'lni imkon darajasida rivojlantirib bordilar, mustaqillik davriga kelib esa bu ulug' an'analar bor bo'yi bilan qad rostlab, jahoniy miqyos kasb etdi. O‘zbek ishlab chiqqan «usuli jadid» (yoki usuli savtiya, ya'ni savod chiqarishning tovush tizimi) asosidagi yangicha maktablar ish boshladilar. Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy Ajziy, Ashurali Z ohidiy, Lutfulla Olimiy, A bdurrauf Fitrat, Abdurashidxonov kabi ma'rifat fidoiylari maydonga kirib keldi. Yangicha tizimdagi maktablar uchun Ismoilbekning «X o'jayi sibyon» (Bolalar m uallim i) asaridan ibrat olib, Saidrasul Saidaziziy «Ustodi avval», «Adibi avval», Abdulla Avloniy «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» kabi o'quv qo'llanm alarini yaratdilar. Behbudiy, Fitrat, Ashurali Zohidiylar hisob, jug'rofiya, adabiyot, tarix fanlaridan darsliklar yoza boshladilar. “Usuli jadid” maktablari - Yangi davr ma'rifatchilari (jadidlar) ishlab chiqqan usuli savtiya, ya'ni savod chiqarishning tovush tizimi asosidagi yangicha maktablar. 1906 yildan «Taraqqiy», «Xurshid», 1914 yildan «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Farg'ona» va boshqa qator gazetalar, 1913 yildan muntazam ravishda Behbudiy muharrirligida «Oyina» jum ali nashr etila boshladi. YAngi ma'rifatchilar tomonidan Buxoroda 1908 yilda «Tarbiyat ul-atfol», Toshkentda 1911 yilda «Turon» jam iyati tuzildi. Shu yili yangicha tafakkurli islom ulamosi, mufti Behbudiy yangi davr o'zbek adabiyoti tarixida birinchi bo'lib «Padarkush yoxud o'qim agan bolaning holi» milliy fojiasini yaratdi va 1914 yilda Samarqand va Toshkentda bu ibratli tomosha sahna yuzini ko'rdi. Teatr tomoshasi yangi davr ma'rifatchilari tomonidan xalq ma'rifatini yuksaltirishning eng samarali usuli - ibrat maktabi sifatida hayotga keng joriy etila boshladi. 1914-1916 yillar orasida o'ndan oshiq dramatik asarlar Samarqand, Toshkent, Q o'qon shaharlaridagi teatr truppalari tomonidan sahnaga qo'yildi va xalq orasida shuhrat qozondi. Xoji Muin, Abdulla Badriy, Hamza, Fitrat, Cho'Ipon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy kabi yangi-yangi dramaturglar bu ishga bosh qo'shdilar. Turkistonda Milliy Uyg'onish harakatining ulug' etakchisi va bayroqdori bo'lgan M ahm udxo'ja Behbudiy faqat birinchi dramaturg bo'libgina qolmay, milliy teatr san'ati nazariyasining ham ilk asoschilaridan hisoblanadi. U o'z vaqtida Saidahmad Vasliy, Fazlulvahhob qori kabi teatr san'atini shar'an harom deb isbot qilmoqchi bo’ lgan eski ulamolaming chiqishlariga javoban islomiy manbalar va mantiqiy dalillarga tayanib, teatr san'atining «darsxonai ibrat» va shar'an savob ekanligini isbot qilib berdi. Rossiya imperatori Nikolay lining mustamlaka o'lkalar mahalliy aholisini mardikorlikka jalb qilish haqidagi 1916 yil 25 iyunda chiqargan farmoni butun o'lkada istibdodga qarshi umumxalq qo'zg'oloni boshlanib ketishiga sabab bo'ldi. Tosh, tayoq, ketmon, panshaha kabi qo'liga tushgan narsa bilan yurt qonini so'rib yotganlarga qarshi g'alayonga ko'tarilgan aholi juda og'ir qurbonlar berdi. Podshoh amri bilan 3 mingdan oshiq kishi sudga berilib, 347 kishi osib o'ldirishga hukm qilindi. Jadidlar ushbu stixiyali harakatga boshlanishidan qarshi bo'ldilar, ular g'alayonlarga yo'l qo'ym aslik, qurolsiz aholining qo'lida zamonaviy qurol-yarog' bilan yuqori harbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan mustamlakachi jazo qo'shinlariga ro'baro' bo'lm asligi uchun butun imkoniyatlarini ishga solib urindilar. CHunki ulaming aqidasiga ko'ra mavjud sharoitda jaholat, isyon yo'li bilan millat o'z maqsadlariga erisha olishi mumkin emas, faqat tinch islohotlar va m a'rifat bilan ijobiy natijalami qo'lga kiritish mumkin edi. Jadidlar dushmanning makkor o'yinlarini chuqur tushunar edilar. Fitrat yozadi: «Zotan qurol kuchi bilan bir millatni yo'q etmoq qulay, bor etmak mumkin emasdir. Qurol kuchi bilan hech bir jamoatni madaniyat sari jo'natib bo'lm aydi.»l 1916 yilgacha asosan ma'rifatchilik yo'nalishida faoliyat ko'rsatgan jadidlar, 1916- 1922 yillarda zamon talabidan kelib chiqib, siyosiy hayotda ham etakchi maqomga ko'tarildilar. Turkiston muxtoriyatini oyoqqa qo'yish yo'lidagi urinishlarda ular oldingi qatorlarda bo'ldilar. Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho'lpon, So'fizoda, Hamza Hakim zoda va boshqalar yaratgan ajoyib asarlar xalqimizning boqiy mulkiga aylangan bo'lsa, M unaw arqori, G 'ozi Yunus, Salimxon Tillaxonov, Ubaydulla Asadullaxo'jaev,Sadriddin Maxsum, To'raqul Jonuzoqovlarning siyosiy-ma'rifiy faoliyatlari Vatan mustaqilligi va xalq ma'rifati yo'lidagi fidokorlik timsoli bo'lib qoldi.


Yüklə 71,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin