Kirish Mustaqil ishi mavzusining dolzarbligi: Milliy tariximiz muhim hodisadir. U bir kunda yoxud, bir asrda shakllanib qolmaydi. Balki shu xalqning hayot yo‘li davomida takomil jarayonlarida shakllanib, rivojlanib boradi. Hozirgi globallashuv, turli fanlararo integrasiyalashuv jarayonlari kuchayib borayotgan shart-sharoitida milliy maʼnaviyatimiz takomil bosqichlarini oʻrganish muhim ahamiyatga egadir. Maʼnaviyat yuksalish va taraqqiyot omilidir. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganlaridek “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi – maʼnaviyatdir”1.
“Yangi Oʻzbekiston” taraqqiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar bilan birga, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ham muhim ahamiyatga egadir. Birinchi Prizident I.A.Karimov aytganidek: “Maʼnaviyat-insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxt-saodat boʻlmaydi”2.
Mustaqillik bizga oʻz tariximizga, madaniy meros va qadriyatlarimizga xolis, sogʻlom nazar bilan qarash, ularni har tomonlama chuqur ilmiy oʻrganish, asrab-avaylash, ijodiy rivojlantirish imkoniyatlarini berdi.Mustaqillik sharofati bilan, olam ahliga mashhur koʻplab ajdodlarimiz ijodiy merosi ilmiy oʻrganildi, ular haqidagi tarixiy adolat tiklandi.
Milliy maʼnaviyat hamada milliy o‘zlik bitmas-tuganmas xazinadir. Uning tizimidagi umumbashariylikka esh qadriyatlar hazrat insonlikka xos xususiyatlarni odamzot qalbi va ongiga singdiradi. Kishida vatanparvarlik, insonparvarlik, mardlik, shijoat, bagʻrikenglik, mehr-oqibat, ota-onaga, keksalarga, ayol zotiga hurmat, vafo, muhabbat, sadoqat, doʻstlik, hamkorlik, hamjihatlik, sahovat, himmat, adolat, diyonat, rahm-shavfqat, xayr-ehson, eʼtiqod, poklik, halollik, toʻgʻrilik, rostgoʻylik, shukur, qanoat, ishonch, bardosh, vazminlik, xushxulqlik, muloyimlik, latiflik, iffat, hayo, qadr, kamtarlik, tejamkorlik, mehmondoʻstlik, ilm-maʼrifatli boʻlish, komil boʻlish kabilarni shakllantiradi.
Milliy maʼnaviyatimiz takomil bosqichlarini oʻrganish milliy maʼnaviyatimiz tarixi va nazariyasini chuqur ilmiy anglashimizda, “Yangi Oʻzbekiston” taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishimizda, barkamol inson shaxsini tarbiyalashda muhim ahamiya kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, oʻrganilayotgan mavzuning dolzarbligi:
–birinchidan, milliy maʼnaviyatimiz takomil bosqichlarini oʻrganish boy maʼnaviy merosi ilmiy tadqiq qilishda, yuksak maʼnaviyatli va maʼrifatli jamiyat bunyod qilishimizda, uning bunyodkorlarini barkamollik, komillik ruhida tarbiyalashimizdagi hissasi va taʼsiri imkoniyatlarini funksional tahlil qilish;
–ikkinchidan, jamiyatimiz kishilari, ayniqsa yoshlar maʼnaviyatini shakllantirishda, milliy maʼnaviyatimiz qadriyatlarning subʼektiv omil sifatidagi taʼsir imkoniyatlarini ilmiy asoslash;
–uchinchidan, yuksak maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlarni oʻzida ifodalagan milliy maʼnaviyatimizning inson maʼnaviy tafakkurga aloqadorligi, sababiy bogʻlanish va taqozolanganligini oʻrganish;
–toʻrtinchidan, milliy maʼnaviyatimiz qadriyatlarni milliy va umuminsoniy uygʻunlashuv xarakteri, qonuniyatlarini tahlil qilish;
–beshinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonlaridan shakllangan va kamol topgan milliy maʼnaviyatimiz qadriyatlarning hozirgi davrda maʼnaviyat rivojlantirish bilan bogʻliq muammolarni echishdagi ijtimoiy-siyosiy, gʻoyaviy-mafkuraviy rolini koʻrsatish;
–oltinchidan, barkamol inson maʼnaviyatini shakllantiruvchi va yuksaltiruvchi omillar tizimida milliy maʼnaviyatimiz qadriyatlardan yanada samaraliy foydalanishning amaliy usullarini izlab topish, ragʻbatlantirish masalalarini ilmiy asosda hal qilish zaruriyati bilan belgilanadi.