Mustaqil ishi mavzusining obʼekti: milliy uyg‘onish davrining tarixiy takomil bosqichlari, uni dinamikasi xarakterini ilmiy oʻrganishning zamonaviy usullari.
Mustaqil ishi mavzusining predmeti: milliy uyg‘onish davri bosqichlarini oʻrganish, tahlil qilish orqali “Yangi Oʻzbekiston” yuksaltirish bilan bogʻliq muammoni hal qilishdagi rolini asoslashdan iborat.
Mustaqil ishning maqsadi: milliy uyg‘onish davri takomil bosqichlarida ortirilgan umumbashariylikka xos jihatlarning hozirgi sharoitdagi ahamiyati, inson kamoloti, jamiyat taraqqiyoti rolining amaliy ahamiyatini tadqiq etishdan iborat.
Mustaqil ishning vazifalari: - milliy uyg‘onish davrini takomil bosqichlaridagi qadriyatlarning jamiyatimiz kishilari ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishdagi aloqadorlik asoslarini yangicha falsafiy tamoyillar asosida tahlil qilish;
- milliy uyg‘onish davrida maʼnaviyatimiz takomi bosqichlarida ilgari surilgan maʼnaviy-maʼrifiy gʻoyalarning hozirgi davrdagi amaliy ahamiyatini tasniflash;
- milliy maʼnaviyatimiz sarchashmalarining bugungi gʻoyaviy tarbiyada tutgan oʻrnini ilmiy tahlil etish.
- milliy davlatchiligimizdagi komil inson maʼnaviy borligʻi haqidagi gʻoyalarni barkamol avlodni tarbiyalashdagi rolini koʻrsatish;
-yoshlar ongi va turmush tarziga milliy uyg‘onish davrini singdirishda milliy maʼnaviy qadriyatlarning oʻrnini tahlil qilish;
- milliy uyg‘onish davrini takomil bosqichlarini oʻrganish usullarini samaradorligini oshirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va boshqalar.
Mustaqil ish mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi (tahlili): milliy uyg‘onish davrini takomil bosqichlarini koʻp qirrali funksional xususiyatlarga ega boʻlgani holda uni ilmiy bilish va anglashga intilish moziydan hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Chunki uning tizimda xalqimizning butun boshli tarixiy taraqqiyot jarayonlarida ortigan oʻlmas qadriyatlari oʻz mujassamini topgan. Shu boisdan, bu beho boylikdan oʻz davrining kishilari, allomalari juda unumli foydalgani ham ayni haqiqatdir. Axir, Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” (1903), Munavvarqorining “Adibi avval” (1907), Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” (1912) darsliklari va ma‘rifatchilikning yangi to‘lqinida 1913-1915 yillarda “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”, “Buxoroi sharif”, “Turon”, 1919- yilda esa “El bayrog‘i”, “Kengash”, “Xurriyat”, “Ulug‘ Turkiston” gazetalari, “Oyina” jurnali kabi ommaviy axborot vositalari va boshqalar o‘z-o‘zidan paydo boʻlib qolmagan balki umumbashariylikni oʻzida ifodalagan shu maʼnaviy zaminda vujudga kelgan.