Ilk o`rta asrlarda o`rta osiyoda tarixiy bilimlar taraqqiyoti reja


Tarixiy bilimlar rivojlanishida yangi mazmun, yangi shaklda pragmatizmning kuchayishi



Yüklə 23,21 Kb.
səhifə5/6
tarix31.12.2021
ölçüsü23,21 Kb.
#112613
1   2   3   4   5   6
Ilk o`rta asrlarda o`rta osiyoda tarixiy bilimlar taraqqiyoti re

5. Tarixiy bilimlar rivojlanishida yangi mazmun, yangi shaklda pragmatizmning kuchayishi.

O`rta Osiyodan etishib chiqqan olimlar tomonidan jahon ilm xazinasiga qo`shilgan hissaning naqadar buuykligi tarixchilar tomonidan qayd etilgan, tarixshunoslar tomonidan esa muntazam targ`ib qilib kelinadi. Hozirgi bizga ma`lum «arab raqamlari» aslida Muhammad Muso Xorazmiy tomonidan hind tsifralari asosida ishlab chiqilgan bo`lib, Rim papasi Sil’vester II (999-1003 yillar) buyrug`i bilan Ovrupo mamlakatlarida joriy etiladi. Bu davrgacha o`ta noqulay rim raqamlari qo`llanilar edi. Sil’vester yoshligida Ispaniyada ta`lim olgan, arab tilini bilgan zamonasining o`qimishli vakili edi. Dastlabki Ovrupa universitetlarining faqat tibbiyot bo`limlarida matematika o`rganilgan. O`rta asrlarda ko`pchilik shifokorlar matematik ham bo`lganlar. Ibn Sino nomini tarjimonlar o`z tillarida Aben Sena deb yozadilar. Bu nom oddiy tilda Aven Sina shaklida qo`llanilib, lotin transkriptsiyasida Avitsenna bo`lgan. Bizning tushunchamizdagi shifoxonalar Ovrupada faqat 1500-yillarda tashkil topadi. Ular bemorlarni Ibn Sino va ar-Roziy usullari bilan davolaydilar. «Al-Qonun», 1500-yilgacha hali kitob bosish ishi endigina amalga oshirila boshlagan davrda 16 marta chop etiladi. Bu XVII asr oxirigacha Ovrupada yagona qo`llanma va darslik sifatida qo`llanilgan.

O`rta Osiyo olimlarining ilmiy taraqqiyotidagi xizmatlarini hozirgi zamon tarixshunosligi fani nuqtai nazaridan tahlil qilish barobarida ularning ijodiy merosini falsafiy-metodologik nuqtai nazardan o`rganish ham dolzarb vazifa. Aslida bu ham ana shu merosni istifodaga kiritishning yana bir yo`lidir. O`rta Osiyo olimlari uynon, hind olimlari erishgan natijalarni o`zlashtirish barobarida, fanni butunlay yangicha yondashuvlar, original g`oyalar bilan boyitgani borasida dalillar etarli.

Shuningdek O`rta Osiyo hududlarining tarixiy-geografik tavsifiga oid asarlarda tarixdagi ob`ektiv taraqqiyot qonunlarini ochib bermasdan, voqealarni faqat tashqi bog`lanishi va izchilligiga qarab tasvirlovchi (pragmatizm) oqimi ham mavjud bo`lgan.



Bu yo`nalishning ham o`ziga xos murakkabliklari mavjud. U nafaqat Sharq olimlari asarlarini chuqur o`rganib chiqishni, ayni paytda G`arb falsafasining o`rta asrlardan to bugungi kungacha bo`lgan rivoji davomida ko`tarilgan g`oyalarning genezisi bilan tanishishni va qiyosiy tahlil qilishni talab etadi. Bu esa o`z navbatida oliy o`quv uyrtlari uchun tarixshunoslik darsliklarini nashr qilishni talab etadi. Bunday o`quv qo`llanmalarda O`rta Osiyo mumtoz fani natijalarini hozirgi zamon nuqtai nazaridan baholashimiz kerak bo`ladi.

Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin