24.03.2023, 19:42
2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/ru/docs/-3244217#-3244922
4/10
11. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada olingan ilmiy xulosalardan fanda
foydalanilganligi, amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa, iqtisodiyot tarmoqlari va
ijtimoiy-siyosiy sohaning dolzarb muammolari yechimlari
hamda ilmiy natijalaridan
amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilishi
lozim.
Dissertatsiya natijalarining fanga,
amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan
joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar Ilmiy kengashda muhokama
etilib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy
kengashlari tomonidan ko‘rib
chiqilgan, ma’qullangan va ularning rahbarlari tomonidan
tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
12. Ilmiy ma’ruza shaklida faqat fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun
tayyorlangan dissertatsiyani yoqlashga ruxsat beriladi.
Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya izlanuvchi bajargan ilmiy ishlar va asarlarda e’lon
qilingan, ushbu fan tarmog‘ining mutaxassislariga ma’lum bo‘lgan fan va amaliyot uchun
katta ahamiyatga molik natijalari umumlashtirilgan bayonidan iborat bo‘lib,
doktorlik
dissertatsiyasi avtoreferatining ikki barobar hajmida rasmiylashtiriladi.
Ilmiy ishning ahamiyati, ilmiy ma’ruza shaklida dissertatsiyani himoya qilishning
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar izlanuvchining asosiy tadqiqotlari o‘tkazilgan
muassasa tomonidan beriladi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiyani himoya qilish uchun
OAK Rayosatining ruxsati bo‘lishi zarur.
13. Dissertatsiya mavzusi respublika fan va texnologiyalari
rivojlanishining ustuvor
yo‘nalishlari bilan bog‘liq hamda jahon ilmiy-texnologik taraqqiyoti tendensiyalariga muvofiq
dolzarb bo‘lishi lozim.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dissertatsiya mavzusi ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli
qarori
(ro‘yxat raqami
2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-
4/0051-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli
qaroriga
(ro‘yxat raqami 2894-3,
19.04.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y.,
10/21/2894-3/0345-son)
Dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o‘zgartirishlar kiritilishi
mumkin.
14. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi,
kamida to‘rtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan
shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 100 varaqdan (varaqning oldi va orqa
tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
va ilovalar
ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi).
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi,
kamida uchta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan
shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 60 varaqdan (varaqning oldi va orqa
tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar
ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi).
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30
foizga oshirilishi
mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dissertatsiyaning titul varag‘i va dissertatsiya avtoreferati muqovasining orqa tomonida
bitta ilmiy rahbar (konsultant) ko‘rsatiladi.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli
qarori
(ro‘yxat raqami 2894-3,
19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Zarur hollarda OAK ruxsati bilan ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant ham
ko‘rsatilishi mumkin, ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar uchun OAK ruxsati
talab etilmaydi.
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli
qarori
(ro‘yxat raqami 2894-
3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-
son)
Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan so‘ng
dissertatsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin emas.
15. Dissertatsiya tadqiqotida zamonaviy talablarga javob beradigan adabiyotlardan
foydalanish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: