Ilmiy nutq texnikasi. Ilmiy uslub tili xususiyatlari. Ilmiy uslub standartlari


Ilmiy matnning lisoniy xususiyatlari



Yüklə 106 Kb.
səhifə3/5
tarix05.06.2023
ölçüsü106 Kb.
#127817
1   2   3   4   5
Ilmiy nutq texnikasi. Ilmiy uslub tili xususiyatlari. Ilmiy uslu

Ilmiy matnning lisoniy xususiyatlari
Ilmiy ishning uslubini aniqlashda, avvalambor, materialni bayon etish uslubiga asoslanish lozim. Bunga til vositalarni tanlash va ularni nutqda faoliyatda qo‘llanishiga bog‘liqdir. Mazkur nuqtai nazardan ilmiy matn tilining bir qator xususiyatlari ajratiladi.
Ilmiy matnda bayon etish uslubi formal–mantiqiy, jamoaviy bo‘lib, asosan mulohazalardan iboratdir. Bu mulohazalarning maqsadi borliq, voqelik dalillarini o‘rganish natijalarida aniqlangan haqiqatlarni isbotlashdir. Bunda bitta holat dastlabkidan kelib chiqib, keyingi holatni anglashga tayyorlashi lozim. Ilmiy bayon emotsional hissiy idrokka emas, mantiqiy idrokka qaratiladi, shuning uchun bu yerda hissiy ekspressiv vositalar bosh rolni o‘ynamaydi, ular yordamchi vazifani bajaradi.
Ilmiy matnning asosida umumistehmoldagi leksikadan tashqari atamalar, mavhum ma‘noga ega so‘zlar, yordamchi so‘zlar va gap, uning qismlari o‘rtasidagi mantiqiy aloqalarni ta‘minlab beruvchi so‘zlar ham ko‘p iishlatiladi. Aksincha, sinonimlar, ko‘chma ma‘noli va uslubiy bo‘qdor so‘zlarning qo‘llanishi kuzatilmayadi. Ilmiy matnda quyidagilarni farqlash lozim:
a) atama leksikasi (umumilmiy va maxsus);
b) umumilmiy leksika;
d) ilmiy fikrni shakllantiruvchi so‘zlar.
Umumilmiy atamalar umumiy tilda ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin, ammo ilmiy tilda ular bir ma’nolidir. Maxsus so‘zlar esa ham umumiy ham ilmiy tilda bir ma’noga ega. Ilmiy fikrni shakllantiruvchi so‘zlar – bog‘lovchilar, bog‘lovchi so‘zlar, ravish, kelishik – ot konstruktsiyalar, kirish so‘z, so‘z birikma va gaplari, shaxssiz va shaxsi noaniq gaplardir. Ular quyidagilarga bo‘linadi:
1) mantiqiy kontekstni kirituvchi;
2) axborotni obyektivlik darajasiga tavsif beruvchi. Bundan tashqari aniqlashtiruvchi so‘zlar ham ajratiladi – cheklovchi, kuchaytiruvchi, ajratuvchi yuklama va ravishlar, asosiy ma’no yuklamasiga ega dominantso‘zlar yoki tayanch so‘zlar. Tilning leksik tasviriy ifodalash vositalaridan ilmiy matn uchun qiyoslash eng ko‘p qo‘llaniladigan vositadir.



Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin