MAVZULAR BO‘YICHA GLOSSARI
Fan – (arab. san’at, mahorat; erkin kasb; ilm, bilim; tarmoq) tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof-muhitga tahsir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi. Yoki shunday bilimlar tizimining alohida tarmog‘i, yo‘nalishlari, sohalari.
Gipoteza – (yun. hypothesis — taxmin, faraz) hali tajribada sinalmagan, isbot qilinmagan ilmiy taxmin, faraz.
Illyustratsiya – (lot. illustration-ko‘rgazmali tasvir, jonli ifoda)1. Kitob, jurnal, gazeta va shu kabilardagi matnni, asar mazmunini tushunishga xizmat qiladigan rasm, surat. 2. Namunaviy misol, dalil.
Ilm – (arab. — bilim; fan; nazariya) 1. O‘qish-o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot. 2. Ish-faoliyatning ilm bilan bog‘liq sohasi; tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tizimi; fan. 3. Ish-faoliyatning ma’lum bir sohasiga oid bilim, ta’limot, malaka.
Induksiya – Ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo‘yicha, oldin ko‘p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o‘rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi.
Kartoteka – (yun. kartis — papirus bargi + theke — ombor; quti) ma’lum bir narsaga, sohaga oid ma’lumotlar yozilgan va tartibga solingan kartochkalar majmui.
Nutqiy kompetensiya – tinglab tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalari vositasida ta’lim oluvchida shakllantirilgan til materiallarini amaliy qo‘llash layoqati.
Postulat (ta’kid) – (lot. postulatum - talab) biror ilmiy nazariyada isbotsiz qabul qilinadigan, lekin biron asosi bo‘lgan Prinsip yoki qoida.
Prinsip – (lot. principium — asos, negiz; ibtido) biror nazariya, taʼlimot, dunyoqarash va sh. k. ning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh g‘oya, qonun-qoida.
Qisqartma – 1. Qisqartirilgan, muxtasar matn. 2. So‘zning ma’lum shaklda qisqartib berilgan ifodasi — shartli qisqartmalar. 3. Matnning qisqartirilgan yeri, qismi; qisqartish.
Dostları ilə paylaş: |