Individual loyiha ishi


I bob. INTERFAOL TA’LIMNING MAQSADI, VAZIFASI VA TURLARI



Yüklə 213,62 Kb.
səhifə2/12
tarix03.12.2023
ölçüsü213,62 Kb.
#138060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Komiljon TEMIROV (Loyihas ishi)

I bob. INTERFAOL TA’LIMNING MAQSADI, VAZIFASI VA TURLARI.

1.1. Bilim olishning olti pog‘onasi yoki «BLUM» taksonomiyasi.


Keyingi paytlarda jamiyatimizda har bir inson uning boshlang‘ich bilim darajasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, istalgan sohada bilim olishga haqli deb topildi va uning kelajakda davlat muassasalarida yaxshi mansab egallashi maqsadida ta’lim muassasalariga jalb qilish odat bo‘lib qoldi. O‘quv muassasalariga faqatgina bir necha fandan testlar topshirgan holda kirishni tashkil qilish ham o‘quvchilaming dunyoqarashi va bilimlarinmg chegaralangan hamda bir tomonlama bo‘lishiga sabab bo’layapti. Chunki, maktabva texnikumlarda ko‘pgina fanlar chetga surilib, ularda faqatgina test topshiriladigan fanlar bo‘yicha chuqur ta’lim berilishi, test javoblarini ularning mohiyatiga etmasdan yodda saqlashga harakat qilinishi bitiruvchilar bilimining sayoz va bir tomonlama bo‘lishiga olib kelayapti.
Agar kirish imtihonlari barcha fanlar bo‘yicha integral usulda tashkil qilinsa, ya’ni bir qism fanlardan test orqali, boshqalaridan og‘zaki savol-javoblar vositasida, yana boshqalaridan yozma usulda qabul qilinib, ularning natijasi umumlashtirilsa, chuqur bilimli va fikrlash doirasi keng bo’lgan abiturientlargina o‘quv muassasasiga kirishar edi va yuqoridagi salbiy holatlar yuz bermas edi, albatta. Bu mamlakat kelajagi bilan uzviy bog‘liq strategik masala bo‘lgani uchun ham ta’kidlamasdan boshqa ilojimiz yo‘q. Bundan tashqari, ta’lim berish jarayonida asosiy diqqat- e’tibor ta’lim muassasalarida qanday fanlardan dars berish, qanday ta’lim standartlariga rioya qilish va qanday kitoblardan foydalanishga qaratildi, xolos.
Bu tezis o‘z- o‘zidan o‘qituvchining jamiyatdagi mavqeini juda ham pasaytirib, o‘quvchilarning ungavbo‘lgan hurmat va e’tiboriga sezilarli darajada putur yetkazadi. Natija ham darhol ayon bo'ladi- malakali o‘qituvchi bo‘lishga intilish yo'qolib, bu sohada yetuk mutaxassis bo‘ladiganlar soni keskin kamayadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim berish sifatini ancha pasaytiradi. Lekin bu tezis hozirgi katta tezlik bilan rivojlanayotgan hayotga aslo mos kelmaydi va uni mamlakatimizdagi uyg'onishhamda jadal rivojlanish davriga mos bo‘lgan quyidagi tezis bilan almashtirish maqsadga va tafakkurga muvofiqdir:
«Malakali о'qituvchini tayyorlash juda murakkab va qimmat turadigan faoliyat turi bo‘lib, о‘quv jarayonining ijodiy, yaratuvchi va yurituvchi kuchidir. Har bir о‘qituvchini juda ham qimmatli insoniy zaxira sifatida hisoblab, uning jamiyatdagi mavqeini imkon darajasida kо'tarish mamlakatning uzoq muddatli strategik maqsadlariga aynan mos keladi».
Haqiqatan ham, o‘quvchilarga ta’lim berish va malakali o'qituvchi bo‘lish juda murakkab hamda ko‘p mehnat talab qiladigan faoliyat turidir. Bizning jamiyatda o‘qituvchilik professional ish turi hisoblanib, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ular biror bir sohaning professional mutaxassisi va malakali eksperti hisoblanib, o‘quvchi- talabalarga kerakli bilimlami egallashlariga hamda malakali mutaxassis bo‘lishlarigayordam beradilar.
Zamonaviy o'qituvchilar tibbiyot, texnika, iqtisodiyot va boshqa soha mutaxassislariga o‘xshab, o‘ziga xos qoida va standartlar asosida ishlaydilar. Boshqa tomondan nazar solganda, o‘qituvchilik ham o‘ziga xos san’at darajasida bo’lishi kerak. Shuning uchun ham har qanday o‘qituvchi o‘quvchi-talabalarga biror-bir fan yoki mavzu bo‘yicha ta’lim berayotganida uning «Qanday qilib, qaysi usullar orqali bilim olish jarayonini faollashtirish mumkin?» —degan haqqoniy savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. Hamma zamonlarning va mamlakatlarining olim hamda yetakchi mutaxassislari bu haqda ko‘p yillardan buyon bosh qotirib kelishgani hech kimga sir emas. Bularning iehida eng inqilobiy va ijobiy fikmi, fikrimizcha, insonlaming bilim olish jarayonini o'rganish bo‘yicha yirik G’arb mutaxassisi Blum bildirgan va o‘zining mashhur faol bilim olish tizimi konsepsiyasini islilab chiqqan. Bu tuzilma ko'pincha «Bilim olishning olti pog‘onasi yoki Blum taksonomiyasi» deb ataladi.

Yüklə 213,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin