Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə39/40
tarix01.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131003
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish

Insert usuli (texnikasi)
Insert – samarali o’qish va fikrlash uchun matnda belgilashning interfaol tizimi. Insert – bu o’zlashtirishning vazifalarini yechish va o’quv materialini mustahkamlash kitob bilan ishlashning o’quv malakalarini rivojlantirish uchun foydalaniladigan o’qitish usulidir.
Matnda belgilash tizimi
√ - “men bilaman” deganini tasdiqlovchi belgi;
+ - yangi axborot belgisi;

  • - “men bilganlarimga zid” belgisi;

? – “meni o’ylantirib qo’ydi, bu bo’yicha menga qo’shimcha axborot kerak” belgisi.
Insert usuli qo’llanilgan o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ishlar bosqichi va mazmuni

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

1-bosqich
Tayyorgarlik

Dars maqsadini aniqlaydi, uning natijalari, o’quvchilar faoliyatini baholash mezonlarini shakillantiradi, kerakli o’quv materiallarini tayyorlaydi.




2-bosqich
Kirish

Darsning maqsadi, vazifalari, uning natijalari, o’quvchilar faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

Yozib oladilar

3-bosqich
Asosiy

Mavzu bo’yicha mavjud bilimlarni faollashtiradi: aqliy hujum usuli yordamida quyidagi savolga javob berishlarini taklif etadi: “Siz…shu to’g’risida nimalarni bilasiz?” Doskada alohida so’z yoki so’z birikmasi ko’rinishida yozishni tashkillashtiradi. Olingan axborotlarni toifalar bo’yicha tizimlashtirishni taklif etadi. Buning uchun:
1)Toifali jadval tuzilmasini jamoaviy muhikamasini tashkillashtiradi;
Doskada jadval chizishni va unga jamoaviy yoki alohida olingan axborotlarni kiritishni taklif etadi.
Hosil qilingan bilimlarni umumlashtiradi: quyidagi savolga javob berishlarini taklif qiladi: “Siz qanday yangiliklarni bilishni hohlar edingiz?”, “Sizga …shu to’g’risidagi bilimlar nima uchun kerak?”
Matnni tarqatadi, uni o’qib chiqishni va Insert usulidan foydalanib, matn chetida belgilar qo’yishni taklif etadi.
Ishning borishini kuzatadi. Ishning o’zaro tekshiruvini o’tkazish va o’qish paytida paydo bo’lgan savollarga javob berishni taklif etadi. Natijalar taqdimotini boshlanishini e’lon qiladi.

Savollarga javob beradilar.
Jadvalni yechishda ishtirok etadilar. Unga axborotlar kiritadilar. Savollarga javob beradilar. Juftlikda ishlaydilar; o’rganilgan material bo’yicha fikr almashadilar. Muhikama vaqtida tanlab olingan axborotlarga asoslanib, guruhli jadvallar tuzadilar. Guruh sardorlari natijalar taqdimotini o’tkazadilar. Bunda ular e’tiborni asosiy axborotga qaratadilar, o’qish davomida paydo bo’lgan savollarni aytadilar.

4-bosqich
Yakuniy

Olingan axborotni umumlashtiradi va sharhlaydi. Paydo bo’lgan savolarga javob beradi, muhim qo’shimcha axborotni beradi. Tahlil qiladi va baholaydi.





Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin