1
5
deb yuritiladi.
Qo`sh qutbli koordinata tizimi.
Qo`sh qutbli koordinata tizimi kuzatish punktiga
bog`langan
tovush vositalari, radiotexnik kuzatishlar
yordamida nishonni belgilash,
minalashtirilgan maydon chegarasini aniqlashda qo`llaniladi. Qo`sh qutbli kordinata
biror nuqta( M) ning ikki nuqta ( M va A nuqtalarga ) ga nisbatan o`rni qutbiy nuqtalar
(A va V) dan o`rni aniqlanayotgan nuqtagacha bo`lgan chiziqlar (AM va VM ) uzunligi
(θ
1
va θ
2
) yoki AV chiziq bilan AM va VM chiziqlar orasidagi burchaklar (qiymatlari yordamida aniqlanadi.
Bundan tashqari, M nuqtaning o`rnini AM va VM
chiziqlar yo`nalishining mo`ljallash burchaklari (α
1
va α
2
) bilan ham aniqlash mumkin
(7-rasm).
a)
b)
7-rasm.
a-qutbli koordinata sistemasi, b-qo`shkutbli koordinata sistemasi
.
Zonali to`g`riburchakli koordinatalar sistemasi.
Er sirtini tekislikda tasvirlash uchun
avval yerning tabiiy shaklidan uning matematik shakli sifatida qabul qilingan aylanish
ellipsoidi yoki shar sirtida qabul qilingan aylanish ellipsoidi yoki shar sirtiga o`tiladi,
keyin esa yerning matematik sirti tekislikda tasvirlanadi. Gauss proekstiyasi yordasida
yersirtining nuqtalarini geografik koordinatalari bilan ularning tekislikdagi to`g`ri
burchakli koordinatalari tasviri orasida bog`liqlik o`rnatiladi.
Bu sistema ko`pincha yersirtini topografik kartalarda tasvirlashda qo`llaniladi.
Bunda yerellipsoidi Grinvich meridianidan boshlab 6
0
yoki 3
0
lik zonalarga bo`linadi.
Zonalar ko`ndalang stilindr sirtiga o`qiy meridianlari urinma qilib proekstiyalanadi va
tekislikka yoyiladi (8-rasm).