Institusional iqtisodiyot


Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 42,04 Kb.
səhifə4/5
tarix08.12.2023
ölçüsü42,04 Kb.
#138454
1   2   3   4   5
1-dars. “Institusional iqtisodiyot” faninign predmeti, mazmuni va tamoyillari. (4)

1.4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi keyingi davr neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Bosqichlarning nomlanishidagi o‘xshashlilikka qaramay, institutlar tahlilida prinsipial jihatdan turli konsepsiyalar mavjud. Birinchi nomlanish neoklassikaning qat’iy negizini o‘zgarishsiz qoldiradi. Institutlar tahliliga yangi unsurni kiritish neoklassika nazariyasining «himoya qobig‘i» to‘g‘risidagi fikrlarga tuzatishlar kiritish hisobidan yuz beradi. Aynan shuning uchun neoinstitutsional iqtisodiyot «iqtisodiy imperializm»*ga misol sifatida keltiriladi: an’anaviy mikroiqtisodiy quroldan voz kechmagan holda «imperialistlar» ilgari neoklassik nazariyaga tashqi bo‘lgan omillar – mafkura, xatti-harakat normalari, qonunlar, oila va hokazolarni tushuntirishga intilishadi. Ikkinchi nomlanish, aksincha, institutlarning neoklassikaning ilgarigi qoidalari bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi nazariyasini yaratishga urinishni aks ettiradi.
Ronald Kouz «Firmaning tabiati» (1937) «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) kabi maqolalarida birinchi bor neoinstitutsionalizmning tadqiqot dasturini shakllantirgan edi. Ushbu dasturda neoklassik nazariyaning “himoya qobig‘i”ga quyidagi o‘zgarishlar kiritilgan.
Birinchidan, xususiy mulk bilan bir qatorda mulkchilikning jamoaviy, davlat, aksiyadorlik shakllari tahlil qilinadi va ularning bozorda bitimlarni ta’minlashdagi qiyosiy samaradorligi taqqoslanadi. Ya’ni, mulkchilik shakllari va shartnoma shakllarining keng doirasi ko‘rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga oshiriladi Mulkchilik huquqlari nazariyasi (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va optimal shartnoma nazariyasi (J.Stiglits, Y.Maknil)ning tadqiqot dasturi ana shunday. Bu yerda mulkchilik huquqlarining o‘rnatilishi va samarali himoyalanishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat nazariyasi, ijtimoiy tanlov nazariyasi (J.Byukenen, G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo‘lgan konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa, konstitutsiyaviy iqtisodiyotning vazifasi neoklassika, «eski» institutsionalizmning tarkibiy qismi hisoblangan «tartib nazariyasi» hamda “ijtimoiy tanlov” unsurlarini uyg‘unlashtirishdan iborat.
Ikkinchidan, neoklassik modelga axborot xarajatlari, ya’ni bitim to‘g‘risidagi va bozordagi vaziyat to‘g‘risidagi axborotni qidirish va olish bilan bog‘liq xarajatlar tushunchasi kiritiladi. Axborot nazariyasi (J.Stigler) neoinstitutsionalizm rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda transaksiya xarajatlari mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta’kidlandi. Transaksiya xarajatlari nazariyasi (R.Kouz, O.Uilyamson) uchun markaziy bo‘lgan ushbu atama zamirida bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha xarajatlar tushuniladi. Transaksiya xarajatlari nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini qo‘llash natijasida Yangi iqtisodiy tarix (D.Nort) deb nomlangan tarixiy tahlil paydo bo‘ldi.
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich o‘yinlar nazariyasi (J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi umumiy muvozanat modeliga nisbatan bildirgan tanqidiy xulosasi bilan boshlandi.
Aynan o‘yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot modellarining tilini shakllantirdi. O‘yinlar nazariyasi quyidagi taxminlarga asoslanadi:
a) bir necha muvozanat nuqtalari mavjud bo‘lishi mumkin;
b) muvozanat nuqtalari Pareto bo‘yicha optimum nuqtalariga mos kelishi shart emas;
v) muvozanat umuman mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Xulosa
XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy tadqiqotlar ko‘lami yanada kengaydi va chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining yirik yo‘nalishlari shakllandi. Ular uch yo‘nalishdan: neoklassika, institutsionalizm va keynschilikdan iborat. Klassik nazariyaning marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik nazariya sifatida namoyon bo‘ldi.
Institutsionalizmning tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan barpo etiladigan va o‘zaro hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy me’yorlar va qoidalar turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik yondashuvga nisbatan yangi nazariya bo‘lib, u bozor munosabatlari tahlilining yangi sohasidir. Individlar va institutlarning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilishda metodologik individualizm va xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Ular institutlar yoki individlarning birlamchiligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi.
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishida o‘zaro o‘xshash nomdagi neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Birinchi bosqichda mulkchilik huquqlari (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich), optimal shartnoma, konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg), ijtimoiy tanlov (J.Byukenen, G.Tallok), transaksiya xarajatlari (R.Kouz, O.Uilyamson), axborot (J.Stigler) nazariyalari, ikkinchi bosqichga o‘yinlar nazariyasi (J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh), G.Saymonning to‘liqsiz ratsionallik nazariyasi kiritilgan. D.Nort tadqiqotlarida individlarning institutsional doiralarni o‘zgartirishga qodirligi ta’kidlanadi. Yangi institutsional iqtisodiyotning eng yoyiq ko‘rinishdagi dasturi kelishuvlar iqtisodiyoti (L.Tevano, O.Favro, A.Orlean, R.Buaye)dir. Uni tahlil qilish markazida kelishuvlar turadi. Kelishuvlar individlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning umumiy doiralari sifatida qabul qilinadi.

Yüklə 42,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin