Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə114/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Kelishik sinonimiyasi
1. Kelganiga xursand bo’ldik – kelganidan xursand bo’ldik. Ushbu gaplar sinonimligini yuzaga keltiruvchi vositani ko’rsating.
A) ko‘makchilar B) kelishiklar C) ohang D) kelishik va ko‘makchilar
2. O‘rin-payt va tushum kelishigi sinonim bo‘lib kelgan qatorni toping.
A) bu kelishiklar sinonim bo‘la olmaydi B) Kelganiga xursand bo’ldik – kelganidan xursand bo’ldik. C) Choyni piyolada ichdi – choyni piyola bilan ichdi. D) Karvon dashtda kezib yuribdi – Karvon dashtni kezib yuribdi.
3. Kelishiklar sinonimiyasiga oid qaysi fikr noto’g’ri?
A) jo‘nalish kelishigi chiqish kelishigi bilan sinonim bo‘lib keladi B) o‘rin-payt kelishigi tushum kelishigi bilan sinonim bo‘lib keladi C) chiqish kelishigi tushum kelishigi bilan sinonim bo‘lib keladi D) barcha fikrlar to‘g‘ri
4. Kelishik va ko‘makchi sinonim bo‘lib kelgan qatorni toping.
A) Karvon dashtda kezib yuribdi – Karvon dashtni kezib yuribdi. B) Mehmon choydan bir ho‘pladi – mehmon choyni bir ho‘pladi. C) Kitobni siz uchun oldim – kitobni sizga oldim. D) Tong bilan safarga jo‘naymiz – tong chog’i safarga jo‘naymiz
5. Qaysi kelishiklarni o’zaro sinonim sifatida qo‘llab bo‘lmaydi?
A) jo‘nalish va chiqish B) qaratqich va tushum C) o‘rin-payt va tushum D) chiqish va tushum
6. Quyidagi gaplarning qaysi birida kelishik qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) Solih maxdum hamon Ra’nodan koyib kelardi. B) Odamlar oqimi maktabga burilyapti. C) Solihboyday salbiy obrazlarga nafratlanamiz. D) Odamning hayoti hamisha bir daryodek bo‘lishi kerak.
7. Rahmatli bobom o‘sha yili ham, keyingi paytlarda ham xurjun ... ikki ko‘ziga ikki ko‘za ... solib, tepalikka suv tashigani-tashigan edi. Mazkur gapda nuqtalar o‘rniga qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘yiladi?
A) -ning -ni B) -ni, -da C) -ni, -ni D) -da, -dan
Shaxs-son va zamon qo‘shimchalari sinonimiyasi
1. Qaysi qo‘shimchalar o‘zaro sinonim sifatida qo‘llana olmaydi?
A) kelishiklar qo‘shimchalari B) so‘z yasovchi qo‘shimchalar C) shaxs-son va zamon qo‘shimchalari D) berilganlarning barchasi sinonim bo‘lishi mumkin
2. I shaxs birlik o‘rnida I shaxs ko‘plik qo‘shimchasi qo’llangan qatorni toping.
A) Qani, bolalar, yozamiz. B) Biz ham tushunadigan odammiz. C) Sabr qil, Mirsalim sabr. D) Ha, o‘zlari, keldilarmi?
3. Beparvo ham bo‘lma, otingni qamchila, oldini ol! – shunday mulohazalardan keyin Mirsalim Qodir bilan uchrashish, uning qo‘yniga tasodifan asta qo‘l solib ko‘rish fikriga keldi. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan fe’llar qaysi shaxs ma’nosini ifodalagan?
A) I shaxs birlik B) II shaxs ko‘plik C) II shaxs birlik D) III shaxs birlik
4. O‘tgan zamon fe’l shakli hozirgi zamonni ifodalash uchun qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Oyimxonim chaqiradilar B) Hamma shu yerda. Faqat sizni kutishadi. C) Mana, bir oydirki, Tursunoy dalada tunab, astoydil ishlayapti. D) Urush to‘zoni Buxorodan olisda qo‘zg‘alib bosilganidan buyon uzoq yillar o‘tdi. Ammo jangga farzandlarini yuborgan Buxoro hamon o‘rtanar, hamon qurbonlar alamini chekar edi.
5. Shunaqa narsa bilan ham hazil qiladimi odam. Ushbu gapda qaysi shaxs ma’nosi ifodalangan?
A) III shaxs birlik B) III shaxs ko‘plik C) II shaxs birlik D) II shaxs ko‘plik
6. Quyidagi gaplardan qaysi birida shaxs ko‘chmagan?
A) “U ta’zim qildi. Safo keldilar, kelsinlar!” – dedi Gulshanga. B) Faqat seni kutishadi. C) Ha, o‘zlari? Keldilarmi? D) Ko‘nglingiz qanday choy tilasa, hojingiz muhayyo qiladi.
7. Zamoni ko‘chgan gap berilgan qatorni toping.
A) Hamma shu yerda. Faqat sizni kutishadi. B) Shunaqa narsa bilan ham hazil qiladimi odam. C) Sabr qil, Mirsalim, sabr. D) Alimardonning o‘ylanib turganini o‘zicha tushundi.
8. Mana, bir oydirki, Tursunoy dalada tunab, astoydil ishlayapti. Ushbu gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan?
A) hozirgi zamon B) o‘tgan zamon C) kelasi zamon D) hozirgi – kelasi zamon

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin