Egali va egasiz gaplar 1. Qaysi qatorda egali gap berilgan?
A) Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi. B) Jo‘jani kuzda sanaydilar. C) Topshiriqni o‘z vaqtida bajarishi kerak. D) Yo’lda biroz to’xtashga to’g’ri kelib qoldi.
2. Keltirilgan gaplardan egasiz gapni aniqlang.
A) Shaftolizor bog‘larni ko‘rdim. B) Bugungi ishni ertaga qo‘yma. C) Derazadan ko‘chaga tikilaman. D) Topshiriqni o‘z vaqtida bajarish kerak.
3. Qaysi gap tarkibida ega qo‘llangan?
A) Birovni, ayniqsa, ayolni so‘kish gunohdir. B) Manzilga mana shu yo‘ldan boriladi. C) Yaqin kunlarda yakuniy test topshiramiz. D) Topshiriqni o‘z vaqtida va puxta bajarishdi.
Egasi yashiringan gaplar 1. Egasi yashiringan gap berilmagan qatorni toping.
A) Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. B) Yaqin kunlarda yakuniy test sinovlaridan o‘tamiz. C) Bu yerda o’rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. D) Ko‘p o‘tmay tandir kabobni ochish marosimini boshlashdi.
2. Egasi umumlashgan gapning kesimi qaysi shaxsda bo‘ladi?
A) II shaxsda B) II, III shaxsda C) I, II shaxs birlikda D) III shaxsda
3. Shaxsi ma'lum gapni toping.
A) Eshik ochiq bo’lsa ham, so’rab kir. B) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi. C) Hayotni go'zalliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. D) Keksalikni ko'prikka tashbeh qiladilar.
4. Qaysi qatorda egasi yashiringan gap berilgan?
A) Topshiriqni o‘z vaqtida bajaring. B) Ko‘nglida armon qolmasin deb, chilyosin ham qildirishga to‘g‘ri keldi. C) Hovliga orqa eshikdan chiqiladi. D) To‘garakka borish kerak.
Egasiz gaplar. Shaxsi noma’lum gap 1. Shaxsi noma’lum gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Bahor. Kunlar iliqlashgan. B) Sog‘ligingiz yaxshimi? C) Yo’lda biroz to’xtashga to’g’ri kelib qoldi. D) Uy ichida odam ko‘p edi.
2. Egasiz gaplarda…
A) ega yashiringan bo’ladi B) ega umuman bo’lmaydi C) ega kesimning shaxs-son shakllaridan ma’lum bo’lib turadi D) ega umumlashgan bo’ladi
3. Qaysi qatorda egasiz gap berilgan?
A) Sayrga chiqishdi. B) Bu yerda o‘rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. C) Uning tez-tez darsga kelmay qolishi hammani taajjublantirdi. D) Bu kitobni Anvardan olgan bo‘lsang kerak.
4. Shaxsi noma’lum gap qo'llangan qatorni aniqlang.
A) Qo'rqoq hamma narsadan mahrum bo'ldi. B) O'tgan narsa hamisha totli. C) Yetmish go'zallikning biri – mehnat. D) Toshdan gavharni farq qilish kerak.
5. Egasiz gaplar qanday turlarga bo‘linadi?
A) shaxsi umumlashgan, shaxsi noma’lum gap B) shaxsi noma’lum gap, atov gap, so‘z gap C) shaxsi topilmas, shaxsi noma’lum gap D) bir bosh bo‘lakli gap, ikki bosh bo‘lakli gap