Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari 1. Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar hamda bog‘lamasiz va bog‘lamali ot kesimlar…
A) nomustaqil kesimlar B) istak gaplarning kesimlari C) mustaqil kesimlar D) murakkab kesimlar
2. Tilimizdagi qaysi shakl nomustaqil kesim shakli hisoblanadi?
A) fe’lning shart mayli B) fe’lning harakat nomi shakli C) fe’lning istak mayli D) edi, ekan, emish to‘liqsiz fe’llari
3. Nomustaqil kesim shakli qo‘llangan gapni toping.
A) Qani til bo‘lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa! B) Bu katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi. C) Mehnat qilsang, baxting ochiladi. D) Qani hamma xotin sizday bo‘lsa.
4. Quyidagi shakllardan qaysi birlari nomustaqil kesim shaklini yasashga xizmat qiladi?
1. ko‘makchi fe‘l shakllari; 2. to‘liqsiz fe‘l shakllari; 3. buyruq mayli shakllari; 4. shart mayli shakllari
A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 4 D) 3, 4
4-DARS. SODDA GAP SINTAKSISI (davomi). IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR. (66-85-betlar)
Reja:
1. Ega va uning ifodalanishi.
2. Egali va egasiz gaplar.
3. Egasi yashiringan gaplar.
4. Egasiz gaplar. Shaxsi noma’lum gap.
5. Atov gaplar.
6. So‘z-gaplar.
7. Yoyiq atov va so‘z gaplar.
8. Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar.
9. Hol haqida umumiy ma’lumot.
10. Payt holi va o‘rin holi.
11. Ravish holi va daraja-miqdor holi.
12. Sabab holi va maqsad holi.
Ega va uning ifodalanishi 1. Ega haqida keltirilgan to‘g‘ri ta’rifni aniqlang.
A) Gap kesimining qo‘shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lakka ega deyiladi. B) Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi. C) Egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin. D) Barcha javoblar to‘g‘ri.
2. Ega qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanishi mumkin?
A) ot, olmosh, ravish B) son, sifatdosh, sifat C) harakat nomi, taqlid so‘z, modal so‘z D) A, B, C
3. Olmosh bilan ifodalangan ega qatnashgan gapni aniqlang.
A) O‘zingni er bilsang, o‘zgani she’r bil. B) Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. C) Mening opam ham talaba. D) Menga aytilgan gap yoqmadi.
4. Son bilan ifodalangan ega qatnashgan gapni toping.
A) Men – mana shu minglarning biriman. B) Sen – bizni ozod etuvchisan. C) Ikkalasi ham chiqib ketishdi. D) Bizning sinfimiz sakkizinchi.
5. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz – do‘stini. Ushbu gapda ega qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
A) ravish B) olmosh C) sifat D) ot
6. Qaysi gapda ega sifatdosh bilan ifodalangan?
A) O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar. B) Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. C) Qimirlagan qir oshar. D) A va C
7. Ravish bilan ifodalangan ega berilgan gapni toping.
A) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi. B) Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz – do‘stini. C) Aziz o‘sha kitobni tezda o‘qib tugatdi. D) Ravish bilan ifodalangan ega berilmagan.
8. Qaysi qatordagi gapda ega harakat nomi bilan ifodalangan?
A) Maqsadim – o‘qimoq. B) O‘qish jafoli, keti vafoli. C) O‘qishga borishim kerak. D) Shu vaqt yugurishga madorim yo‘q edi.
9. Taqlid so‘z bilan ifodalangan ega qatnashgan gapni ko‘rsating.
A) Qars ikki qo‘ldan chiqadi. B) Shamolning g‘ir-g‘iridan ko‘nglim yayradi. C) Otlarning dupur-dupurini eshitib uyg‘ondim. D) Men g‘ala-g‘ovur ovozdan esankirab qoldim.
10. Bor so‘zlaydi, yo‘q ko‘zlaydi. Ushbu gapda ega qanday so‘z bilan ifodalangan.?
A) taqlid so‘z B) modal so‘z C) ravish D) ushbu gapda ega ishtirok etmagan
11. Sifatdosh bilan ifodalangan ega qatnashgan gapni toping.
A) Birlashgan Arab Amirligida bo‘lib qaytishdi. B) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. C) Bobom o‘qiganni juda hurmat qiladi. D) Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin.
12. Ega taqlid so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang.
A) Shamolning g‘ir-g‘iridan ko‘nglim yayradi. B) Qo‘shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi. C) Men g‘ala-g‘ovur ovozdan esankirab qoldim. D) Qushlarning chug‘ur-chug‘uri xayolimni buzib yubordi.
13. Ega ot bilan ifodalangan gap berilgan qatorni toping.
A) Ular Azizni so‘roqqa tutdilar. B) O‘qish jafoli, keti vafoli. C) Milt-milt yonib turgan chiroq bir ozdan so‘ng o‘chdi. D) U Toshkentda turadigan uzoqroq qarindoshlarining qizi edi.
14. Qaysi qatordagi gapda harakat nomi bilan ifodalangan ega berilgan?
A) O‘sha paytlar ham o‘qishga ishtiyoqim kuchli edi. B) Yugurish sportning bir turidir. C) O‘qishdan maqsadim ilmli bo‘lish. D) Maqsadim – o‘qimoq.
15. Qaysi qatordagi gapda olmosh ega vazifasida qo‘llangan?
A) Senga aytgan edim, quloq solmading. B) U yerda bo‘lganmisiz? C) U Toshkentda turadigan uzoqroq qarindoshlarining qizi edi. D) Ularni baxtli ko‘rib, dilim quvnadi.
16. Kengaygan sifatdoshli birikma bilan ifodalangan ega berilgan qatorni aniqlang.
A) Qush sayrashi orom berar dillarga. B) Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan bo‘lsa bas, uni tuzatar ekan. C) Musobaqada birinchi o‘rinni olganlar to‘rga chiqishdi. D) Bu xabarni eshitgan Gulruhning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi.