Investitsiyalar va baholash


-rasm. Harakatlar strategiyasi tamoyillari



Yüklə 64,02 Kb.
səhifə3/5
tarix26.10.2022
ölçüsü64,02 Kb.
#118638
1   2   3   4   5
Kurs ishi

1-rasm. Harakatlar strategiyasi tamoyillari
Harakatlar strategiyasidagi birinchi tamoyil: Davlat va jamiyat qurilishi
tizimini takomillashtirish. Ya’ni davlatning ishlash tizimini yangilash va yanada yaxshilash, jamiyat faoliyatini rivojlantirish. Ushbu tamoyilni qo’yishdan maqsad Davlat tiziminidagi salbiy holatlar – korrupsiya, tanish-bilishchilik kabi holatlarni kamaytirish va butunlay yo’qotish, jamiyatda irqiy, mulkiy, diniy va boshqa sabablar tufayli sodir bo’ladigan bo’linishlarni yo’qotish orqali jamiyatda tartibni saqlash hamda jamiyatni davlatga bo’lgan ishonchini kuchaytirish hisoblanadi.
Harakatlar strategiyasining ikkinchi tamoyili: Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish hisoblanadi. Bu tamoyil davlatda qonun barcha boshqa qoidalardan ustunligini ta’minlash, sud tizimida adolatni ta’minlash, insonlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Bu tamoyilni amalga oshirish orqali davlatni insonlarni fikrlari emas, balki qonun boshqarishiga, sudda adolatli hukm chiqarishni ta’minlash orqali aholini hukumatga bo’lgan ishonchini oshirishga, insonlarni huquqlarini poymol qilinishini oldini olishga erishiladi.
Harakatlar strategiyasining uchinchi tamoyili: Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish. Ushbu tamoyil mamlakatimizda iqtisodiyotni barcha yo’nalishlarini rivojlantirish va iqtisodiyotda xususiy korxona va tadbirkorlikni o’rnini kuchaytirish orqali iqtisodiyotni yanada liberallashtirishni nazaarda tutadi. Iqtisodiyotni rivojlanishi esa davlatn xalqaro nufuzini oshishiga va aholini turmush tarsi yanada yaxshilanishiga olib keladi. Iqtisodiyotda liberalizmni ta’minlanishi esa davlatning ichki bozorida monopoliyani yo’qolishiga va YaIMni oshishini ta;minlaydi. Bundan tashqari mamlakatada xususiy tadbirkorlik rivojlanishi mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatining yaxshilashi va narx-navoning bir me’yorda bo’lishini ham ta’minlaydi.
Harakatlar strategiyasining to’rtinchi tamoyili: Ijtimoiy sohani rivojlantirish. Bu tamoyil o’z oldiga aholining ijtimoiy ehtiyojlarini, ya’ni uy-joyga, ta’limga, tibbiy hizmatga va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan. Bu sohalar jamiyatni rivojlantirishda eng muhim tamoyil hisoblanadi. Ta’lim tizimini isloh qilish orqali iqtisodiyotda eng zarur bo’lgan kadrlarni sifati va soni oshadi, tibbiyotni rivojlantirish esa aholi orasida yuqumli va xavfli kasalliklarni tarqalishini oldini oladi.
Harakatlar strategiyasining beshinchi tamoyili: Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat. Bu tamoyil strategiyadagi eng keng qamrovli soha hisoblanadi. Unda davlatimizning ichki va tashqi siyosatida adolatli va manfaatli siyosat yuritish ko’zda tutilgan. Ichki siyosatda aholi o’rtasida diniy, irqiy va fuqarolik erkinliklarini ta’minlash, fuqarolar o’rtasida tartibni saqlash nazarda tutiladi. Tashqi siyosatda esa hozirgi shiddatli zamonda dunyo xaritasida ro’y berayotgan davlatlaro tushunmovchiliklarga neytral tomondan qarash, tashqi siyosatda betaraflikni saqlash va siyosiy muammolarni tinch yo’l bilan hal qilish nazarda tutiladi.


Yüklə 64,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin